• Shpindel aylanish tezligi
  • Jismoniy disklar soni
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet36/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Formatlangan sig‘im (formatted capacity) Gigabayt (Megabayt) o‘lchanadi va saqlangan foydali axborotning hajmini, ya’ni barcha foydalaniladigan sektorlarning ma’lumotlar maydoni yig‘indisini ifodalaydi.
    Formatlanmagan sig‘im (unformatted capacity) xizmat axboroti (sektorlar sarlavhasi, ma’lumotlar maydonining nazorat kodlari) bilan birga diskning barcha treklariga yoziladigan maksimal bitlar sonini ifodalaydi.
    Formatlangan va formatlanmagan sig‘imlarning o‘zaro nisbati trek formati (sektor o‘lchami) bilan aniqlanadi. Amalda faqat disk sektorining standart o‘lchami (512 bayt) uchun ko‘rsatiladigan formatlangan sig‘im qiziqtiradi, ba’zida esa foydalaniladigan sektorlar soni ko‘rsatiladi.
    Shpindel aylanish tezligi (spindle speed) minutiga necha marotaba aylanishi (Revolutions Per Minute, RPM) bilan o‘lchanadi va qisman unumdorlik (ichki tezlik) to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. Keng qo‘llanilgan qattiq disklar uchun bir necha yillar oldin 3600 ayl/min qiymati standart bo‘lgan; hozir odatiy tezlik 4500 va 5400 ayl/min, yanada yuqorisi esa 7200 ayl/min hisoblanadi. Unumdorligi juda muhim bo‘lgan joylarda 10 000 va 15 000 ayl/min tezlikdagi disklardan foydalaniladi.
    Interfeys (interface) jamlagichning ulanish usulini ifodalaydi. Joylashtirilgan kontrollerli jamlagichlar uchun ATA va SCSI (parallel va ketma-ket) interfeyslar tarqalgan, tashqi qurilmalar uchun USB, FireWire va Fibre Channel shinalaridan hamda LPT-portga ulanishdan foydalaniladi.
    Ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
    Jismoniy disklar soni (disks) yoki ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladigan ishchi yuzalari (data surfaces). Balandligi katta bo‘lmagan zamonaviy jamlagichlar o‘qish/yozish moslamasi blokini yengillashtirish uchun kam sonli (1–3) disklarga ega.
    O‘qish/yozish jismoniy kallaklarining soni (read/write heads) ishchi yuzalar soni bilan mos keladi. O‘qish/yozish moslamasi va ishchi yuzalar soni ikkilangan disklar sonidan ham kam bo‘lishi mumkin.

    Download 472,07 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.