|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 45/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgFAT32 fayl tizimi katta hajmli disklarga mo‘ljallangan FAT16 tizimining takomillashtirilgan versiyasini ifodalaydi. Fayllarni saqlash ning tashkil qilish tamoyili xuddi shunday. Asosiy farqi: FAT jadvalida yozish o‘lchami 1 bit emas, 32 bitni tashkil qiladi. Klasterlar soni 4 milliardga yetishi mumkin, bu o‘z navbatida zamonaviy disklar uchun uning o‘lchamini kichraytirish va unumsiz yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Mantiqiy diskning mumkin bo‘lgan hajmi (4 Tbayt gacha) ham sezilarli darajada oshadi.
Salbiy tarafi FAT jadvali hajmining majburiy kattalashishi va u bilan ishlashning murakkablashishi hisoblanadi.
NTFS fayl tizimi. NTFS fayl tizimi (NTFile System – Windows NT fayl tizimi) Windows NT operatsion tizimi uchun yaratilgan. NTFS tizimida bo‘limning umumiy hajmiga jiddiy cheklanishlar yo‘q. Unda klaster o‘lchami va bo‘lim o‘lchami o‘zaro bog‘langan emas. Hajm jihatdan eng katta qattiq diskda klaster sektorga, ya’ni 512 baytga teng bo‘lishi mumkin.
NTFS tizimi FAT jadvali o‘rniga MFT (MasterFile Table – fayllarning umumiy jadvali) jadvalidan foydalanadi. Uni fayl sifatida qabul qilish mumkin. U o‘ziga qo‘yilgan murojaatni qo‘shgan holda mantiqiy disk fayllarining to‘liq katalogini o‘z ichiga oladi. MFT jadvali qayd qilingan o‘lcham yozuviga bo‘lingan (odatda 1 Kbayt). Har bir shunday yozuv alohida faylga to‘g‘ri keladi. MFT jadvali uchun disk boshidan hisoblangan maydonning qayd qilingan bo‘lagi (12%) ajratilgan. Diskning bu qismiga begona axborotlar yozilishi ta’qiqlangan. Shu sababli MFT jadvali qismlanishdan himoyalangan.
Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi fayllar bevosita MFT jadvalida xizmat ma’lumotlaridan so‘ng, ya’ni blok oxirida saqlanadi. Faylning MFT jadvaliga sig‘magan tarkibi ma’lumotlar oqimi ko‘rinishida taqdim etilgan. Ma’lumotlar oqimi joylashuvi haqidagi axborot, shuningdek, ushbu faylga tegishli bo‘lgan MFT yozuvida saqlanadi (3.7-rasm).
-
3.7-rasm. NTFS tizimdagi fayl ma’lumotlariga kirish.
NTFS tizimi tarkibida bir necha oqimlar bo‘lgan fayllardan foydalanish imkonini beradi. Mana shu oqimlardan biri asosiy hisoblanadi. Masalan, diskga boshqa fayl tizimidagi fayl nusxal anganda, faqat asosiy oqim qayta yoziladi. Lekin agar faqat NTFS tizimidan foydalanilgan bo‘lsa, fayl qo‘shimcha ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|