|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 29/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgNazorat savollari
Mikroprotsessor qanday vazifani bajaradi va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Mikroprotsessorning qanday turdagi arxitekturalari mavjud?
Protsessor ishlashining asosiy bosqichlari haqida nimalar bilasiz?
Intel mikroprotsessorlari haqida tushincha bering?
4.2.Mavzu:Protsessor va kullerni o‘rnatish
Re ja:
Protsessorlarning ishlash prinsipi
Protsessorlarni identifikatsiya qilish, tanlash va o'rnatish
Protsessor va kullerni o‘rnatish
Protsessorlarning ishlash prinsipi
Protsessor shaxsiy kompyuterning asosiy elementi hisoblanadi. U to'g'ridan to'g'ri yoki bevosita shaxsiy kompyuterda sodir bo'ladigan jarayonlarni va barcha qurilmalarni boshqaradi. Protsessor bir necha million tranzistorlarni o'z tarkibiga oluvchi kremniy kristalli ko'rinishidagi kichik qurilma hisoblanadi. Bunday protsessorlar sekundiga yuz millionlab buyruqlarni bajarishi mumkin.
Protsessor quyidagilardan tashkil topgan:
— arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun arifmetikmantiqiy qurilma (AMQ);
— protsessorning ishlashini va tashqi qurilmalar bilan ma'lumot almashish ish tartibini boshqarish bloki;
— ichki umumiy vazifali registrlar (UV R) ko'rinishida operativ xotira rolini bajaradigan protsessor ichki xotirasi (kesh-xotira).
Markaziy protsessorlarning asosiy vazifasi xotiradan buyruqlarni tanlash (buyruqlarni o'qish), bajariladigan operatsiyaning turini aniqlash (buyruqlarni deshifratsiyalash), xotiradan ma'lumotlarni tanlash (operandlarni o'qish), buyruqlarning bajarilishi (ijro etilishi), olinadigan natijalarni xotiraga kiritish hisoblanadi.Shunday qilib, protsessorning ishlashi, asosan, quyidagi beshta asosiy bosqichlardan iborat:
— buyruqni o'qish;
— buyruqni deshifratsiyalash;
— operandlarni o'qish;
— buyruqning bajarilishi;
— natijalarning yozilishi.
Ikki yadroli protsessorlarning ishlash prinsipi. Amalda ikki yadroli protsessorlarning ishlash prinsipi o'rnatilgan ikkita alohida protsessorlar ishidan farq qilmaydi. Uning afzalligi shundaki, ikkita protsessor o'rnatish uchun mo'ljallangan ona platalardan foydalanishga zarurat qolmaydi. Ko'p yadroli protsessorlar ko'p oqimli ma'lumotlarga (masalan, kompyuter o'yinlaridagi video va tovush ma'lumotlari) parallel ravishda ishlov beradi.
Ko'p yadroli protsessorlarning birinchi arxitekturasi „lntel Sore" modelida amalga oshirilgan. 4.4-rasmda bu protsessor ikki yadrosining konfunksiyasi keltirilgan va bir sikl ishlov berishning bajarilish bosqichlari bayon etilgan. Rasmdan ko'rinib turibdiki, yadrolarning funksiyalari bir xil. Bu arxitekturaning ajralib turadigan O'ziga xos xususiyatlari hisoblanadi:
— 14 ta bosqichli konveyer yordamida to'rttagacha buyruqlarning dinamik bajarilishi;
— ichki registrlar va kesh-xotirani intellektual boshqarish (1.2 kesh-xotirani protsessorning har ikkala yadrolari bilan birgalikda ishlatish);
— multimedia buyruqlarining yaxshilangan qayta ishlanishi, protsessorning bir sikli davomida multimediali ishlov berishning ko'plab 128 bitli tarkibiy buyruqlarining bajarilishi.
Arxitekturaning amaliy ishlatilishiga misol bo'lib 4.5-rasmda tasvirlangan „lntel Sore 2" protsessorining struktura sxemasi xizmat qilishi mumkin. Tasvirlangan sxemada avvalgi rasmda ko'rib chiqilgan dastur bajarilishining mantiqiy o'ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan.
lntel Sore 2" protsessori L2 kesh-xotiraga yuklashni ta'minlaydigan tizim shinasi (System Bus) orqali kompyuterning boshqa komponentlari bilan o'zaro aloqa qiladi. Ishlatiladigan dasturning buyruqlari L2 dan o'qiladi, translatsiyalanadi va taqsimlashlarni oldindan aytish va buyruqlarning kelish tartiblarini o'zgartirish maqsadida dastlabki dekodlashdan (Pre Decode) o'tadi. Keyin buyruqlar Ll keshga (Instruction Queue) beriladi, bu yerda ulardan yangidan shakllantirilgan navbat tashkil etiladi, so'ng dekoderga (Decode) uzatiladi. Dekodlash natijasida buyruqlar konveyerli bajarilishning mos pog'onalari uchun mikrooperatsiyalarga o'zgartiriladi. Har bir buyruqning mikroinstruksiyalari saqlanadi. Dekodlash va mikroinstruksiyalar kodlari shakllantirilganidan keyin, bajarilish bosqichi boshlanadi.
Dastlab qo'shimcha registrlarni qayta nomlash, taqsimlash (Rename) va mikrooperatsiyalarning mos qayta tartiblash (Re Order Buffer), mikrooperatsiyalarni parallel bajarilishini ta'minlash uchun ularning kelish tartibini o'zgartirish amalga oshiriladi. Bajaruvchi bloklar bo'yicha mikroinstruksiyalarni rejalashtirish va taqsimlashni rejalashtirgich (Scheduler) bajaradi, mikrooperatsiya natijasida funksional qurilmalar beshta portlaridan biriga beriladi. Ikki port orqali (arifmetik-mantiqiy qurilma — A), ya'ni har bir portlar bo'yicha doimiy xotiradan (Flood Point Unit-F) ma'lumotlarni yozish (Store-S) va o'qish (Leod-L) uchun mo'ljallangan bajaruvchi bloklarga yuklash amalga oshiriladi.
Rasmda tasvirlangan eng pastki blok LI kesh-ma'lumotlarga va operativ xotiradagi ma'lumotlarga murojaat etishni ishlatish uchun mo'ljallangan (D-Cache, D-TLB). D-TLB bog'lamasi (Translation Look Side Buffer) xotira sahifalarining virtual manzillarini fizik manzillarga translatsiyalash uchun mo'ljallangan.
Protsessorning tuzilish sxemasida mikroinstruksiyalar va mos ma'lumotlar ko'rsatilgan beshta portlar orqali beriladigan bajaruvchi bloklar ko'rsatilmagan. Bajaruvchi qurilmalarda mikrooperatsiyalarning bevosita bajarilishi jarayoni konveyerning keyingi darajalarida amalga oshadi, bu yerda o'qish, dekodlash, buyruqlarni tartiblashtirish pog'onalari va mos mikroinstruk siyalar ko'rsatilgan. Ishlov berish konveyerining keyingi bos- qichlarida operandlarni o'qish (D-Cache va B-TLB), ishlov berish operatsiyalarining bajarilishi va Ll xotiraga natijalarni yozish bo'lib o'tadi. Intel Core arxitekturasida konveyerning samarali uzunligi 14 ta pog'onani tashkil etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|