• Havo transporti
  • Mavzu: Dunyodagi eng katta havo kemalari haqida malumot. (Top 10)




    Download 1.16 Mb.
    bet1/4
    Sana09.03.2024
    Hajmi1.16 Mb.
    #169368
      1   2   3   4
    Bog'liq
    havo kemalari
    karapuzova-01, 5-Mustaqil ish tarix, portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI , 1 mavzu, kampyuter tarmoqlari 2 amaliy ish, Javoblar Kotelnikov teoremasi-fayllar.org, Meyliyev M signal 1-2-3-amaliy ish, Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, O’rnatilgan tizimlar fanidan Laboratoriya ishi -fayllar.org, Mavzu;Optik tolalarnina, f4d3b861-6e7f-453d-90b9-e66adbdd65a3, Boshqaruv psixologiyasi-fayllar.org (1)

    Mavzu: Dunyodagi eng katta havo kemalari haqida malumot.
    (TOP 10)

    REJA:
    1. Havo kemalari haqida umumiy ma’lumot.


    2. Zamonaviy havo kemlari.
    3. Dunyodagi eng katta havo kemalari.
    4. Xulosa.
    5. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Havo yo’llarida muntazam va xavfsiz tashishlarning asosiy va hal qiluvchi shartlaridan biri aeroportlar va rivojlangan havo trassalari tarmog’ining mavjudligi bo’lib ular havo kemlari xavfsiz uchishi , harakatning zaruriy jadalligi ta’minlab berishga xizmat qiladi. Havo transporti, aviatsiya transorti — yoʻlovchilar, pochta va yuklarni havo yoʻllari orqali tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yoʻllari boʻlmagan manzillar bilan bevosita transport aloqasini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yaratadi.


    Dastlabki Havo transporti Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa va Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Fransiyada transport turi sifatida 1920—21 yillarda rivojlandi. Oʻzbekistonda birinchi havo yoʻli 1992-yil 12-mayda ochildi.
    1980-yilga kelib Oʻzbekiston havo transporti havo yoʻllarining uz. 155 ming km dan ortiq boʻldi (shu jumladan, mahalliy havo yoʻllari uz. 60,1 ming km ni tashkil etdi).
    Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, 1992-yil 28-yanvarda sobiq Ittifoq Fuqaro aviatsiyasi vazirligi tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi negizida "Oʻzbekiston havo yullari" milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
    Havo transporti Oʻzbekiston iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, mamlakatning tashqi dunyo bilan xalqaro, iqtisodiy, diplomatik, madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Fargʻona, Navoiy shaharlarida zamonaviy jihozlangan aerovokzal (aeroport)lar ishlaydi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand, Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi muntazam holda 20 ta xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Yevropa, Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH davlatlari shaharlarida uning 44 ta vakolatxonalari ochilgan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya tarmogʻiga 1 mlrd. 200 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi va rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi.
    Barcha xalqaro reyslar "Boing" 767/757, A-310, Yu-85 rusumli samolyotlarda bajariladi. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompani-yasi Yevropadagi yirik "Erbas Indast-ri", AQShning "Boing" kompaniyalari, Rossiyaning "Ilyushin" konstruk-torlik byurosi, Germaniya, Fransiya firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qiladi. Shunday hamkorlik natijasida 1993-yildan milliy avia-kompaniya sotib olgan "Erbas" A—310— 300 aerobuslari, "Boing" laynerlari xalqaro reyslarda yoʻlovchilarga xizmat qoʻrsata boshladi. 2004-yilda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy avia-kompaniyasi 3 ta "Boing 757" va "Bo-ing 767" samolyotlarini sotib oldi va Gʻarb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlari soni 16 taga yetdi.
    Respublika Havo transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi, yerdagi xizmat xodimlari "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining uchish oʻquvtexnika markazi (1943-yil 15-mayda tashkil etilgan), Toshkent aviatsiya institutit tayyorlanadi. 2003-yilda Oʻzbekiston Havo transportida 0,8 mln. yoʻlovchi, 5,9 ming t yuk tashildi, yoʻlovchi aylanmasi 3956,5 ming yoʻlovchi km ni, yuk aylanmasi 95,3 ming t km ni tashkil etdi.
    Chet mamlakatlarda Havo transporti AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlarda rivojlangan. Bu mamlakatlardagi aviakompaniyalarda 300 va undan ortiq yoʻlov-chiga moʻljallangan fuqaro samolyotlari, ogʻir yuk transport samolyotlari keng qoʻllanadi.
    Birinchi jahon urushi paytida Britaniyadan birinchi marta dunyodagi eng yirik samolyotlardan foydalanila boshlandi. Vaqt o'tishi bilan ingliz hukumati mobil kemalar yordamida chegaralarni himoya qilish ancha osonlashdi. Ikkinchi jahon urushi bilan Britaniyaliklar kruvaziyerlar sonida etakchilik qilishdi, lekin oxir-oqibat ular AQSh rahbariyatiga yutqazishdi. Hozirgi vaziyatga kelsak, albatta, samolyot tashuvchilar - bu kichik aviatsiya qo'shinini olib boruvchi jangovar birliklar emas, balki sizning tezkor ma'lumot almashish imkonini beradigan aloqa vositalari. Qurollikuchlar uchun asosiy talab mobillikdir, shuning uchun yuqori darajada harakatlanadigan harbiy birliklar ko'plab janglarda muhim rol o'ynaydi. Ammo, agar yadro almashuvi mavjud bo'lsa, dunyodagi eng katta samolyotlarni etkazib beruvchi asosiy maqsad bo'lib qoladi. Kuchli elektr stantsiyalari o'n yillar davomida ochiq dengizda qolish imkonini beradi


    Download 1.16 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dunyodagi eng katta havo kemalari haqida malumot. (Top 10)

    Download 1.16 Mb.