O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 0.75 Mb.
bet1/4
Sana04.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#69687
  1   2   3   4
Bog'liq
KURS ISHI AGROKIMYO



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
“Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishi
3- kurs sirtqi bo’lim talabasi Ravshanova maftunaning
“Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’g’itlar va o’g’itlarning tasnifi.

Toshkent- 2023


MUNDARIJA:

KIRISH.
I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI



    1. Mineral o’g’itlar.

    2. Og’itlarning tarkibi va turlari.

II BOB. ASOSIY QISM
2.1 Organik o'g'it.
2.2 O’g’itlarning tasnifi.
III BOB. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Oliy majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlarni, qulay investission muhitini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank moliya tizimini rivojlantirishni huquqiy jihatdan ta'minlash masalalari alohida o'rin egallagan.


Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta'minlashga yo'naltirilgan bir qator tadbirlar 2009- 2012 yillarga mo'ljallangan, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta'minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror o'sish su'ratlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini beradi.
Uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo'nalish, bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infra tuzilma kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molim loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarni kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtish masalasi ustuvor yo'nalishga aylanishi zarur. Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.
O'simlik tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi, lekin ularning 16 tasi hayot faoliyati uchun juda muhimdir. Chunonchi shunday elementlar qatoriga organagen deb ataluvchi: uglerod, kislorod, vodorod va azot elementlari kiradi. Bundan tashqari shu qator elementlarga fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurt bundan tashqari bor, molibden, mis, rux, kobalt, yod, marganes, temir kabi mikroelementlar kiradi. Har bir element o'simlikda o'z funksiyasini bajaradi va shuning uchun bir elementni ikkinchi element bilan alishtirb bo'lmaydi. Kaliy elementi yetishmay qolsa, o'simlikning o'sishi sekinlashadi, bargladi sarg'ayadi, mevasining shirinligi kamayadi, urug'i eza puch bo'lib qoladi.
Odatda kaliy o'g'itlari sifatida tabiiy kaliy tuzlari yoki kimyoviy ishlash natijasida olingan tuzlar qo'llaniladi. Ularga silvinit ( KCl•NaCl), kaliy xlorid KCl, Kaliy sulfat ( K2 SO4) kiradi. Kaliy sulfat yuqoridagi uchta kaliyli o'g'itlar ichida eng qimmatidir.
Ba'zi o'simliklarga ortiqcha xlor ioni zararli bo'lgani uchun kaliy sulfat ishlab chiqariladi va o'g'it sifatida qo'llaniladi. Tarkibida KCl bo'lgan o'g'itlar odatda tuproqqa kuzda sepiladi, chunki kuzgi yomg'ir va erigan qor suvlari xlor ionining bir qismini yuvib ketadi, kaliy ionlari esa tuproqda ushlanib qoladi.
Kaliy o'simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhim fiziologik rol o'ynaydi, azotning ammiyakli formada o'zlashtirilish sharoitini yaxshilaydi. O'simlikni kaliyli oziqlantirish - o'simlikning alohida organlarini rivojlantirishi uchun kuchli omil hisoblanadi. Kaliy hujayra vakuolasida shakar toplanishiga imkon yaratadi, bu esa o'simlikning qishga chidamliligini oshiradi, tomir tarmoqlarini rivojlanishini, hujayralarning qalinlashishiga imkon beradi. Kaliyning ortiqchasi hosilning ko'payishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan olganda mineral o'g'itlarni jumladan kaliyli o'g'itlarni ishlab chiqatish jarayonida kaliy tuzlarini mineral eritmalardan yetarli darajada ajratib olishga erishish tegishli sanoat korxonalari hamda ilmiy tadqiqot ishlarining markazida bo'lmog'i kerak.
Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mineral o'g'itlarning ahamiyati juda katta. O'simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar zarur. Ayniqsa ushbu elementlardan azot, fosfor va kaliyning ahamiyati juda muhimdir. O'simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilganda kimyoviy elementlar davriy jadvaldagi 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning ayrimlari o'simliklar uchun ko'proq, ayrimlari esa ozroq miqdorda talab etiladi. O'simlilar uchun koproq miqdorda talab etiladigan elementlar makroelementlar, ozroq miqdorda kerak bo'ladogan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi. Makroelementlarga esa uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, oltingugurt, magniy, kaliy va kalsiylarni, mikroelementlarga esa temir, marganes, bor, mis, rux, molibden va koboltlarnu kiritish munkun. Azot, fosfor va kaliy elementlari o'simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, ko'p miqdorda kerak bo'ladi. Shuning uchun bu elementlarni o'simliklar o'zlashtira oladigan moddalar ko'rinishida ko'proq ishlab chiqarish zarur.
O'simliklarda azot yetishmaganda o'sishi kechikadi, bargi och yashil bo'lib qoladi hatto sarg'ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o'simlilarning hosildorligini keskin kamaytiradi. Fosfor o'simliklar hayotida zarur bo'lgan oksidlanish qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan moddalar tarkibiga kirib o'simliklarning o'sishi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy o'simlikda sodir bo'ladigan fotosintez jarayonini uglevodlar to'qnashishini jadallashtiradi, o'simlik poyasini mustahkamlaydi. Kaliy yetishmasligi uning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kaliy yetishmaganda o'simlik zamburug' kasalligiga tezda chalinadi. Kaliyning ortiqchasi hosilning ko'payishiga olib keladi. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkunki kaliyli o'g'itlar o'simlik hayotida nihoyatda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham kaliyli o'g'itlarni ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish shu kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Kaliy elementi o'simliklarning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kaliyning KCl, KNO3 kabi birikmalari qishloq xo'jaligida mineral o'g'it sifatida ishlatiladi. Kaliyli o'g'it tarkibidagi oziqa elementi K2O bo'lib, u tozalanmagan kaliyli o'g'itlar, silvinit KCl• NaCl kainit MgSO4• KCl• 3H2O kabilar tarkibiga kiradi. Silvinit va kainit talqon holigacha maydalanib mineral o'g'it sifatida foydalaniladi. Bu o'g'itlarni ishlatishda o'simlik uchun zarar bo'lgan xlor ioni ham ajrab chiqishini hisobga olish zarur. Shuning uchun bu o'g'itlardan meyoridan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari konsentrlangan kaliyli o'g'itlar ham mavjud bo'lib, bu o'g'itlar kaliyning tabiiy birikmalarini qayta ishlash yo'li bilan oziqa elementlari boyitilgan bo'ladi. Kaliyxlorid tarkibida 52-60% K2O ozuqa elementi bo'ladi. Kaliy xlorid mineral o'g'itini olish uchun silvinit oldin maydalanib, so'ngra boyitiladi. Buning uchun KCl va NaCl ni eruvchanligi turlicha ekanligidan foydalaniladi. Silvinitdan kaliy xloridni flotatsiya usulida ajratib olish muhim usullardan biri hisoblanadi. Flotatsiya jarayonida boyitilgan ruda bo'tqasi orqali havo pufakchalari yuboriladi. Namnanmaydigan mineral zarrachalari pufakchalarga yopishib yuzaga qalqib chiqadi va minerallashgan ko'pik ko'rinishida chiqarib tashlanadi, namlanadigan zarrachalar esa pulpa tubuga cho'kadi. Shu yol bilan ruda tarkibiga kiruvchi minerallarni flotatsiya usulida ajratish amalga oshiriladi.
Faqat ba'zi minerallargina tabiiy yomon namalsh hususiyatiga ega ularga oltingugurt, grafit, ozokerit, bor kislotasi, molibdenit va boshqalar kiradi. Qayd etilgan minerallar tabiiy flotatsiyalanish xususiyatiga ega.
Ammo kopchilik minerallar suv ta'sirida yaxshi namlanadi, shuning uchun tabiiy rudalarni boyitishda flotatsiya reagentlaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Kaliyli minerallarni flotatsiya usulida boyitish ham flotatsiya reagentlari yordamida amalga oshiriladi.
Ammo ko'pchilik minerallar suv ta'sirida yaxshi namlanadi, shuning uchun tabiiy rudalarni boyitishda flotatsiya reagentlaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Kaliyli minerallarni flotatsiya usulida boyitish ham flotatsiya reagentlari yordamida amalga oshiriladi. Flotoreagentlar ham organik birikmalardan iborat bo'lib ularning molekulalari geteropolyar struktura xususiyatiga ega bo'ladi. Ular anion va kation yig'uvchilarga bo'linadi. Anion yig'uvchilarga yog' kislotalar ularning sovunlari, alkilserefatlar va boshqalar kiradi. Kation yig'uvchilarga uglerod atomi 7 dan 20 tagacha bo'lgan birlamchi aminlar va boshqalar kiradi. Yig'uvchilarning ba'zi birlari bir vaqtning o'zida ko'plik hosil qiluvchi ham hisoblanadi. Kaliy xlorid tuzini flotatsiya usulida ajratib olingandan so'ng hosil bo'lgan eritma tarkibi minerallarga boy bo'ladi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi ana shu mineral eritma tarkibidagi kaliy xlorid hamda kaliy sulfat tuzlarining miqdorini aniqlash va ularni yana ishlab chiqarishga qaytarish to'g'risida tegishli tavsiyalar berishdan iborat.
Kaliy birikmalari tabiatda ko'plab miqdorda uchraydi. Bunday minerallarga silvin, silvinit, karnalit, kainit, shenit, langbeynit va boshqalar kiradi. Kaliy xlorid tuzini olish uchun asosiy xomashyo bolib silvinit minerali hisoblanadi.
Tyubegatan kaliy koni ish maydonu Gaurdak oltingugurt kombinatidan 35 km shimoliy sharqda va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani markazidan 50 km janubiy sharqda Kitob bekatidan 150 km masofada janubiy sharqda joylashgan.
Tyubekatan tuzilmasu uchta burmadan tashkil topgan: Kursantosh, qorachagat va aynan assimetrik tuzilishli Tyubegatadan. Konning shimoliy g'arbiy qismida yuzaga ohaktoshlar chiqadi ularda gips- angidrit qatlamlari yotadi. Yuqorida kaliy tuzlarining uch qatlamini o'z ichiga olgan galogen qatlami yotadi.
Kaliy xlorid tuzi silvinitdan flotatsiya usulida ajratib olinadi. Flotatsiya bu foydali qazilma boyliklarini boyitishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Flotatsiya tabiiy minerallarining suv bilan har xil darajada namlanishiga asoslangan. Ma'lumki modda zarrachalari o'zining suv bilan namlanishiga qarab ikki xil guruhga, ya'ni gidrofill hamda gidrofob zarrachalarga bo'linadi.
Flotatsiya jarayonini tezlatishda flotoreagentlardan ham foydalaniladi. Flotoreagentlar silvinit minerallidan kaliy xlorid tuzini ajratib olishda keng qo'llaniladi. Flotoreagentlar ham organik birikmalardan iborat bo'lib, ularning molekulalari geteropolyar struktura xususiyatiga ega. Ularning bu xususiyatlaridan mineral tuzlarni jumladan kaliy xlorid tuzinu ajratib olishda foydalanilad.
Kaliy xlorid tuzinu flotatsion usulda ajratib olinishi natijasida hosil bo'ladigab mineral eritmalar tarkibi har xil tuzlar aralashmasidan iborat bo'ladi. Ana shunday eritmalar tarkibini o'rganish, hamda ulardan kelgusida foydalanishni chora tadbirlarini ishlab chiqish ushbu bitiruv malaka ishining ilmiy asosini tashkil etadi.

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI


1.1Mineral o’g’itlar
Mineral o'g'itlar - bu deyarli butun davriy jadval, o'simliklar bilan oziqlanadigan va organik moddalarga qaraganda qishloq xo'jaligida tezroq va kengroq ijobiy ta'sir ko'rsatadigan moddalar. Mineral o'g'itlarning asosiy turlarini va ularning xususiyatlarini ko'rib chiqing. Mineral o'g'itlarning tasnifi An'anaviy ravishda barcha mineral o'g'itlarni ikkita katta guruhga bo'lish mumkin:
-oddiy;
-murakkab.
Ushbu tasnifga ko'ra, oddiy o'g'itlar bir komponentga ega, murakkab o'g'itlar ikki yoki undan ko'p. Asosiy ozuqaga qarab, barcha mineral o'g'itlar quyidagilarga bo'linadi:
1. Azot- o'simliklarning tuproq qismini faol rivojlantirishga yordam berish. Azotli o'g'itlarning barcha turlari suvda yaxshi eriydi va bahorda qazishdan bir oy oldin tuproqqa qo'llaniladi. Ular 4 ta shaklga ega:

  • nitrat (natriy va kaltsiy nitrat);

  • ammoniy (ammiak sulfat);

  • amid (karbamid);

  • ammoniy nitrat (ammiakli selitra).

2. Fosforli- gullarni o'simliklarning boshlanishini sezilarli darajada tezlashtirish va ularga mevalarni bog'lash. Ular kuzda yoki erta bahorda qazish jarayonida kiritiladi. Bunday o'g'itlarning parchalanish davri bir yarim oydan ikki oygacha, ular suvda yomon eriydi. Fosfat mineral o'g'itlarining eng mashhur turlari quyidagilardir:



  • oddiy superfosfat;

  • ikki tomonlama superfosfat;

  • fosfat jinsi.

3. Kaliy- o'simliklarning mahsuldorligini oshirishga va kasalliklarga chidamliligini oshirishga hissa qo'shish, mevalarning ta'mini yaxshilash va saqlash muddatini oshirish. Barcha kaliyli o'g'itlar suvda yaxshi eriydi. Ular kamdan-kam hollarda sof shaklda qo'llaniladi, ko'pincha ular azot, fosfor va ba'zi iz elementlari bilan birlashtiriladi. Kaliyga asoslangan eng keng tarqalgan o'g'itlar.
Mineral o'g'itlar ozuqa moddalarining yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi va ba'zi hollarda ajralmas hisoblanadi. Tuproqdagi ozuqaviy moddalar darajasini kuzatib, ularni oz miqdorda qo'llash muhimdir. Bunday holda, mineral o'g'itlar bog'ning ekologiyasiga jiddiy zarar etkaza olmaydi. Kimyo sanoati mineral o'g'itlarni turli shakllarda ishlab chiqaradi, shuning uchun tarkibining murakkabligiga qarab, ular oddiy (bir tomonlama) va murakkab (murakkab) bo'linadi.
Bundan tashqari, o'simliklar cheklangan miqdorda foydalanadigan mikroelementlarni o'z ichiga olgan mikroo'g'itlar mavjud, ammo ularsiz butunlay qila olmaydi. Oddiy mineral o'g'itlar faol moddalardagi farqlarga ega, ya'ni. uning tarkibidagi asosiy ozuqa miqdori. Shuning uchun oddiy mineral o'g'itlar, o'z navbatida, azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlarga bo'linadi. Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. M.oʻ. 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan M.oʻ.ni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. M.oʻ. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. M.oʻ. ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, M.oʻ. bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash M.oʻ. zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan M.oʻ. (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. M.oʻ. qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi. M.oʻ.ning samaradorligi oʻsimlikning biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va boshqalarga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan M.oʻ. meʼyorini toʻgʻri belgilash M.oʻ.dan foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan belgilanadi. M.oʻ. usimlikning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan elementlar miqdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak. M.oʻ. yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. M.oʻ. ni notoʻgʻri qoʻllash biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin.
Mineral oʻgʻitlar tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi. Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% ugʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orkali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda koʻllanilgan NPK Mineral oʻgʻitlarning har bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini beradi. I.t. muassasalarining tekshirish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan. Jahonda 20-asrning 90-yillari boshida 150 mln.t. dan koʻproq M.oʻ. ishlab chiqarildi. AQSH, GFR, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda M.oʻ. ishlab chiqarish rivojlangan va ularni qoʻllash aholi jon boshiga 32– 80 kg va undan ortiq NPK ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda M.oʻ. 20-asrning 20-yillaridan qoʻllanila boshlagan. 2001-yilda Oʻzbekistonda 801 ming t (100% oziq modda hisobida) M.oʻ. ishlab chiqarildi (qarang Agrokimyoviy haritagramma, Azotli oʻgʻitlar, Kaliyli oʻgʻitlar, Mikrooʻgʻitlar, Fosforli oʻgʻitlar).
Tarkibida o'simliklar uchun zaruriy oziq elementlari boiadigan moddalar, asosan tuzlar mineral o ‘g ‘itlar deyiladi. Ular yuqori va barqaror hosil olish maqsadida tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqqa qo'shiladi. 
Makro va mikroo‘g‘itlar. 0 ‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun zarur boigan asosiy kimyoviy elementlar quyidagilardir (ular o'nta): С, О, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. 0 ‘simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, К va ba’zi boshqalari o‘simliklarga ko‘p miqdorlarda kerak boiadi. Shu sababli ular makroelementlar deyiladi, tarkibida shu elementlar bor o‘g‘itlar makroo‘g ‘itlar yoki odatdagi o‘g‘itlar deyiladi.
Lekin tirik organizmlarga yuqorida aytib o‘tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdorlarda (mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlar, tarkibida shunday elementlar bor o‘g‘itlar esa — mikroo‘g ‘itlar deyiladi. Hozir mikroo‘g‘itlarsiz — dalalarning vitaminlarisiz ish yuritib boimaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Download 0.75 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 0.75 Mb.