|
Mikroprotsessor xotirasining turlari va pog‘onalar sxemasi
|
bet | 8/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgMikroprotsessor xotirasining turlari va pog‘onalar sxemasi.
Birinchi pog‘ona – tezligi protsessorning taktlash chastotasi bilan tenglashtirilishi mumkin bo‘lgan, o‘ta tezkor xotira. Birinchi bosqich xotiralariga L1 kesh-xotirani hamda qo‘shimcha xotira qurilmasi sifatida qabul qilingan umumiy vazifali ichki registrlarni (IR) kiritish mumkin. Ushbu ikki xotira turi protsessorning kristaliga joylashtirilgan bo‘ladi.
Ikkinchi pog‘ona – bu an’anaviy tezkor (OZU) va doimiy xotira qurilmalaridir (DXQ). Doimiy xotiradan faqat axborotni o‘qish ish tartibida foydalaniladi va u standart dasturlarni, konstantalarni, funksiyalar jadvalini, ba’zida protsessorga joylashtirilgan fuksiyalarni amalga oshiruvchi mikrodasturlarni saqlaydi. Tezkor xotira joriy hisoblashlarning ma’lumotlarini va dasturlarini hamda joriy uzilishlarga ishlov beruvchi dasturlarni saqlaydi. Protsessor tezkor xotiradan ma’lumotlarni o‘qish va yozishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki birinchi bosqich xotirasi orqali amalga oshirishi mumkin. DXQ yoki TXQ sxemalari protsessor bilan bitta platada joylashtirilishi mumkin.
Uchinchi pog‘ona – tezligi bir-biridan farqlangan ichki va tashqi saqlash qurilmalari o‘rtasida axborot almashinuvini vaqtida axborotni oraliq o‘qish va saqlash uchun mo‘ljallangan buferli xotira qurilmalaridir. L2 xotira protsessor bilan bir blokda joylashtirilgan bo‘lib, yarimo‘tkazgichli integral sxema yoki disk hisoblanadi. Odatda, bu pog‘onani oraliqli saqlash vazifasini bajargani uchun ikkinchi pog‘ona kesh xotirasi deb ataladi.
Xotira qurilmalarining dastlabki uchta pog‘onasi protsessorning ichki xotirasi hisoblanadi. Oxirgi – to‘rtinchi pog‘onasi – bu tashqi xotira bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tashqi xotira qurilmalaridir (TXQ).
ShK ning asosiy xotirasi TXQ VA DXQ integral sxemalardan tashkil topgan. Tezkor xotira statik va dinamik turlarga bo‘linadi. Statik xotira nisbatan katta tezlikka ega, biroq narxi qimmat. Dinamik, xotirada yacheykalar mikrokondensatorlar zaryadlari to‘planadigan yarimo‘tkazgichlar asosida qurilgan.
Asosiy xotiraning boshqa elementi – bu doimiy xotiradir (DXQ). Xotiraning bu turi axborotni faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan. DXQning tuzilishi OXQ tuzilishiga o‘xshash, biroq axborot sig‘imi bo‘yicha anchagina kichik.
|
| |