|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali boshqaruv tamoyillari fanidan mustaqil ishi bajardi
|
bet | 3/5 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 58,73 Kb. | | #261319 |
Bog'liq Menejer xususiyatlari (1)2.1.2. Menejerlik va uning toifalari
Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
Menejmentning ma’nosi va mohiyatini yaxshi tushunish uchun uni ichki tushunchalar toifalari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari bilan birgalikda qarash maqsadga muvofiqtsir. Menejment tushunchasini umumiy va ko’proq shaxsiy tushuncha ko’rinishida faraz qilish mumkin, masalan: iqtisod, bozor, biznes, tadbirkorlik, menejment, marketing.
Umuman olganda, iqtisod deb, resurslarni tanlash usuliga va xo’jalikni to’g’ri olib borishga aytiladi.
Iqtisod asosini uning birlamchi bo’g’ini - korxona tashkil qiladi.
Bozor iktisodi - mehnat quroli xususiy mulk printsipida va ishlab chiqaruvchi - iste’molchilarning o’zaro munosabatlari asosida quriladi.
Erkin narx belgilash, mehnat bozori, kapital, tovarlar mavjudligi bu bozor iqtisodining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi, bu erda menejment sohalarini boshqarish va tashkil qilish vazifasini bajaradi.
Bozor iqtisodida ishlab chiqarish tizimining asosiy tarkibi sifatida firma xizmat qiladi.
Firma - bu iqtisodiy va ijtimoiy erkin xo’jalik yurituvchi sub’ektdir. Firma to’la xo’jalik hisobida ishlaydi va o’zining nomiga ega firmaning faoliyati barcha mulk turlari asosida amalga oshiriladi, ya’ni xususiy, shirkat, davlat, jamoa tashkilotlari. Firma sarmoyasi esa milliy va xorijiy, jismoniy shaxslar, xususiy, davlat yoki aralash kapitaldan tashkil bo’lishi mumkin.
Bozor iqtisodida keng tarqalgan terminlardan biri - bu korporatsiyadir. U lotincha so’z bo’lib birlashma, jamiyat ma’nosini bildiradi. Korporatsiya deb, bir nechta korxona, firma va tashkilotlarning birlashishiga aytiladi. Yuridik tilda korporatsiya umumiy faoliyat ko’rsatish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning birlashishini bildiradi.
Korporatsiya - bu katta yoki ulkan firmalardir. Hozirgi davrda barcha bozor iqtisodi taraqqiy topgan davlatlarda ishlab chiqarishning ko’pgina sohalarida bosh o’rinni egallaydi. Menejmentning boshqaruv faoliyati bozor iqtisodiyoti sharoitida firma va korporatsiyalarda amalga oshadi. Menejment hozirgi zamon adabiyotida keng tarqalgan termin bo’lib, “tashkilot” so’zi bilan ishlatiladi. Keng ma’noda u bir guruh umumiy faoliyat maqsadiga ega odamlarni bildiradi (ikki va undan ortiq). “Tashkilot” atamasi firma, korporatsiya, bank, institut, idora kabilarni anglatadi. Biznes va tadbirkorlik tushunchalari juda ko’p umumiylikka ega va amalda birini biri almashishi mumkin. Ammo ularning ma’nosi biroz boshqacharoq. Biznes qandaydir ishning tijorat amalini yoki alohida korxona siyosatini bajarishni bildirishi mumkin. “Biznes” so’zining ma’nosi tijorat, savdo, firma, ishbilarmonlik faoliyatini bildiradi.
Tadbirkorlik faoliyati - biznesning va iqtisodning turli-tuman sohalarida namoyon bo’ladi. Uning farqlanishidagi xususiyati aqlli faoliyati va chaqqon tashabbuskorligi, moddiy boylikka to’la yoki qisman ega bo’lib ularni o’z ishini, o’z biznesini tashkil qilish uchun ishlatadi.
Ko’rib chiqilgan tushunchalar tizimiga menejment rahbar mutaxassislarning alohida faoliyat turi sifatida va jamoa ishlarini boshqaruvini amalga oshirish kiradi.
Tadbirkor shaxsiy ishga ega, menejer esa ko’pincha xizmatchi hisoblanadi. Unga mehnati uchun mulk egasi haq to’laydi.
Menejer - bu tashkilot saviyasining har qanday darajasida xizmatchi hisoblanadi. U odamlar harakatini o’z maqsadiga erishishga yo’naltiradi.
Menejer odamlar guruhi birgalikda ishlagan erda bo’ladi. Kichik biznesda tadbirkor mulk egasi va menejer vazifasini birga qo’shib bajaradi. Aksincha korporatsiyalarda, yirik firmalarda boshqaruv saviyasidagi menejerlar korpusi bir vaqtda ko’pincha qisman mulk egasi ham hisoblanadilar. Keng ma’noda quyidagi uchta so’z, ya’ni biznesmen (ishbilarmon), tadbirkor va menejer o’zlarining ma’nolari bilan bir-birlariga o’xshaydilar. Bu faol faoliyat bilan shug’ullanuvchi odam bo’lib, u muvaffaqiyatga erishgan taqdirda yaxshi moddiy foyda keltiradi (daromad, foyda, yuqori oylik, dividendlar, mukofotlar va boshqalar).
Boshqaruv pog’onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo’linadi.
Yuqori pog’onadagi menejerlar.
O’rta pog’onadagi menejerlar.
Quyi pog’onadagi menejerlar.
Yuqori pog’onadagi menejerlar firma istiqbolini belgilash uning kelajagi uchun ahamiyatli chora tadbirlarni ishlab chikish bilan shugullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma andozasini ishlab chikadi va uni amalga oshiradi.
O’rta pog’onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati yangi tovarlarni o’zlashtirish texnologiyani qo’llash mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi.
Quyi pog’onadagi menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex bo’lim brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
To’g’ri, korxonani boshqarish mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. Shu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjer musiqa asboblarining egasi bo’lmasa ham uz ishini qilaverishini eslash o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish quruvchi menejer bajaradi.
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z ishining ustasi farang bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa menejerlar toifasi paydo bo’ladiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Ular g’oyat-murakkab, o’ta mas’uliyatli ish bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lgani uchun yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladilar:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali boshqaruv tamoyillari fanidan mustaqil ishi bajardi
|