|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali boshqaruv tamoyillari fanidan mustaqil ishi bajardi
|
bet | 1/5 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 58,73 Kb. | | #261319 |
Bog'liq Menejer xususiyatlari (1)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Boshqaruv tamoyillari fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: 641-20-guruh talabasi
Abduvalaiyev M
Menejer shaxsi va jihatlari
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer:
rahbar - boshqaruvchi;
rahbar - diplomat;
rahbar - murabbiy, tarbiyachi;
rahbar - inson;
rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo’tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
boshqaruv uslubi;
ish uslubi;
rahbarning ish uslubi.
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuasidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuasidir. Masalan:
mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
vazirlik, qo’mita, hokimiyatlarning ish uslubi;
sud, prokuraturalarning ish uslubi;
korxona, tsexlarning ish uslubi;
ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuo’tai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali boshqaruv tamoyillari fanidan mustaqil ishi bajardi
|