|
1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja
|
bet | 1/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 1
1-MAVZU: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari
Reja
O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy- tarixiy rivoji va jamiyatdagi o‘rni.
Pedagogik mahorat fanining maqsad va vazifalari
Pedagogik mahoratning o‘ziga xosligi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.
Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi, murabbiy va shogird masalalari. Sharq mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy, Unsurul Kaykovus, Sa’diy Sheroziy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husay Voiz Koshifiy va boshqalar)qarashlari
Antik davrdagi maktablar, Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlari. Yunon faylasuflari qarashlari (Suqrot, Demosfen, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil)
Yevropa olimlarining o‘qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi hamda o‘qituvchi mahoratining ta’lim-tarbiya jarayonidagi alohida o‘rni borasidagi qarashlari (Ya.A.Komenskiy, G.Pestalotstsi, A.Disterverg, Djon Lokk, A.I.Gertsen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko)
Tayanch tushunchalar: o‘qituvchi, muallim, pedagog, ijtimoiy-siyosiy-pedagogik-shaxsiy talablar, mahorat, pedagogik mahorat, tarkibiy qism, his etish madaniyati, muloqot madaniyati, baholash madaniyati, tashkiliy madaniyat, kreativlik. maktab, murabbiy, ustoz-shogird, tarbiyachi, ijodiy meros, o‘qitishga oid qarashlar.
1.O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy- tarixiy rivoji va jamiyatdagi o‘rni.
Tarbiya paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘qituvchilik - pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O‘qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli va o‘ta ma’suliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Jamiyat, fan va madaniyatning rivojlanishi ta’lim va tarbiya ishlarining qay yo‘sinda olib borilishiga bog‘liqdir. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. “…..ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish1, davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilimli va barkamol shaxs taqdiri bilan bog‘liqligini unutmagan holda, ushbu muammoni mahoratli, bilimli pedagoglar faoliyatiga tayanib yechish mumkinligini unutmasligimiz lozim. O‘qituvchi inson hayotini keskin mo‘jizaviy tarzda o‘zgartirishga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan kishilardan biridir. Bundan anglash mumkinki, ta’lim asnosida tarbiya beruvchi o‘qituvchilarga muhtojligimiz bor.
“So‘ngi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi”. Shu o‘rinda, “…inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish…”2 vazifasi dolzarblik kasb etadi. Bu taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim sohasidagi islohotlarni amaldagi ko‘rinishlarini tubdan takomillashtirish uchun pedagogika oliy ta’lim bitiruvchilarini zamon talablariga xos kompetensiyaga va bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlash, hamda muallimning qadri, obro‘si, sha’ni va uning mahoratini oshirish borasidagi ishlarni amalga oshirish lozim. Bo‘lajak o‘qituvchi muallim kim ekanligini, unga qo‘yiladigan majburiyat va ma’suliyat qay darajada bo‘lishini his qilmoqliklari shart. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablarning tobora murakkablashuvi bu kasb egasidan sabr-matonat talab etishini ta’kidlamoqda.
Oʻqituvchi, muallim — turli yoʻnalishdagi oʻrta umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Oliy maktab o‘qituvchilari “domla” deb yuritiladi, ular “oʻqituvchi-professor” tarzida umumlashma nom bilan ham ataladi. Shuningdek, o‘qituvchilarga nisbatan “muallim” yoki “pedagog” atamasi ham qoʻllaniladi3.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi” mavzusidagi muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi masalalar Xalq ta’limi tizimidagi muammolar va bu tizimni tubdan isloh qilish, o‘qituvchining obro‘sini birinchi darajaga chiqarish haqidagi fikrlari4 bejizga aytilmadi. Shunday ekan, o‘qituvchilarni tayyorlashda Oliy ta’lim muassasasi jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi. Barkamol avlodni har tomonlama yetuk tarbiyalashda o‘qituvchi quyidagi muayyan:
ijtimoiy
siyosiy
pedagogik
shaxsiy talablarga javob bera olishi lozim.
|
| |