Pedagogik mahorat fanining maqsad va vazifalari




Download 0,9 Mb.
bet3/22
Sana21.01.2024
Hajmi0,9 Mb.
#142450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
maruza 1

Pedagogik mahorat fanining maqsad va vazifalari



Pedagogik mahorat - bu pedagogik (oʼquv tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yoʼnaltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur boʼlgan faoliyatga moyillik uygʼotishdir.
“Pedagogik mahorat” fanining maqsadi pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash toʼgʼrisida tushuncha berishdan iborat.
Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi:
-pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish:
-pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni yechish:
-pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish koʼnikmalarini hosil qilish:
-egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish malakalarini hosil qilish:
-oʼz kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun shaxsiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalari bilan oʼqituvchi-tarbiyachi, talabalarni tanishtirish.

Pedagogik mahorat fanini o’zlashtirishda asosiy jihatlar:

  • pedagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, tadbirkor bo‘lishi;

  • milliy va umumiy ijodiy madaniyatni egallash;

  • vatanga sadoqatli va uni istiqboli uchun vijdonan mehnat qilishi;

  • pedagogika, psixologiya fanlarni nazariy asoslarini egallash va pedagogik mahoratni o‘zida shakllantiradigan, izlanuvchan bo‘lishi;

  • kasbga muhabbat sabr toqatli doimo maqsad sari intilishi shart.



Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Pedagogik mahorat” fanining maqsadi talabalarda pedagogik jarayonni mustaqil, yuqori saviyada tashkil etish va o‘z faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishish malakalarini shakllantirish bo‘lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal etish, bo‘lajak pedagog shaxsida ba’zi bir xislatlarni tarkib toptirish bilan bog‘liq:



  • insonparvarlik xislatlarini rivojlantirish;

  • kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondoshish xislatlarini tarkib toptirish;

  • pedagogik takt va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;

  • nutq texnikasini, o‘z tovushi va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish.

Mаhоrаt fаоliyatdа nаmоyon bo‘lаdi. Pеdаgоgikа fаnidа “pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsining turli tа’riflаri mаvjud:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik mahorat fanining maqsad va vazifalari

Download 0,9 Mb.