|
1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja
|
bet | 2/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 1Ijtimoiy sohada: Jamiyatda o‘z o‘rniga ega, ijtimoiy faol, tafakkurning kengligi hamda o‘z ortidan xalqni ergashtira olishi;
Gʼoyaviy sohada: Ilmiy dunyoqarash va eʼtiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollikka ega bo‘lishi;
Pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik, oʼzini tuta bilish kasbiy layoqatlilikka ega bo‘lishi;
Bilim sohasida: keng ilmiy saviya, maʼnaviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish. Pedagogik faoliyatida hodisalarni tahlil qilish va umulashtirish tajribasiga egaligi;
Bu esa, pedagogik malaka ekanligi, ya’ni egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning maʼlum turini egallab olish, yaxshi bajara olishi, uni qobiliyatga aylantirishi hamda amaliyotda qo‘llashi tushuniladi.
Bu boradagi ishlar sirasiga “Ta’lim to‘g‘risida” 5 gi Qonun va ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o‘qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Ta’lim – tarbiya — kelajak, hayot-mamaot masalasi. “Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz”6, — deydi prezident Sh.Mirziyoyev. Zeroki, o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‘lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir. O‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘zlangan rejalarni amalga oshirishda dastlabki tirgak vazifasini bajaradi.
Xoʼsh pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topgan?
Bu, fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarining yengishga qodir boʼlgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif boʼlgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga boʼlgan qobiliyat mujassamdir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch sarflab koʼproq natijalarga erishish imkonini beradi. Har bir mohir pedagogning umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bogʼliq boʼlib, mazkur masalalarni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch-gʼayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, toʼgʼrilik va halollikni, oʼtkir aql-idrokni bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi.
Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo‘lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog‘liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo‘qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo‘ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo‘lganligining o‘zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho‘qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. 1988 yil YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga “Makarenko yili” deb e’lon qilindi.
A.S.Makarenko bo‘lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: “Nima uchun oliy texnik o‘quv yurtlarida materiallar qarshiligi o‘qitiladi-yu, pedagogik o‘quv yurtlari tarbiya jarayonida, unga shaxsning qarshilik ko‘rsatishi haqidagi fan o‘qitilmaydi?”
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo‘lgan ilg‘or nazariyot va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili “Pedagogik mahorat asoslari” fani yaratildi va u barcha oliy pedagogika o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish prinsipining o‘ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog‘liq bo‘lgan bilimlarni tanlab, ularni o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o‘quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqarii, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o‘rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliyatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir.
Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan-texnika hamda amaliy faoliyaga qiziqish va istak hosil qila oladi.
O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutdan unumli foydalanishi zarur. O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim. O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
O‘qituvchi pedagogik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi.
O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. Va nihoyat o‘qituvchida o‘quvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo‘lishi lozim. Shunday qilib, pedagogik mahorat - o‘qituvchi shaxsiy va kasbiy sifatlarining oynasi bo‘lib, uning pedagogik-psixologik bilimlarining yig‘indisidir.
Yuksak pedagog mahorat egasi bo‘lishi uchun:
ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning kesishadigan o‘quv fanlari bilan bog‘liqligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi;
o‘quv - tarbiya jarayonini aniq tashkil qilish uchun asoslik pedagogik-psixologik, metodik ma’lumotga ega bo‘lishi;
o‘quvchini, jamoani “ko‘ra bilish”, bolalar qiziqishi, intilishlari, ularda uchraydigan qiyinchiliklarni tushuntirish va o‘z vaqtida anglay olishi, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter, xususiyati, qobiliyati, irodasini tushina bilish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, metod, vositalaridan habardor bo‘lish;
o‘z shaxsiy sifatlari (tovushi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va x.k.)ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi lozim
Shuni aytish kerakki, o‘qituvchi alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham o‘qituvchining professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. o‘qituvchilar tayyorlanadigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi. Hozirgi pedagogik mahorat fani o‘qituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan o‘qituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol davri o‘qituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.
|
| |