|
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik
|
bet | 9/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 1Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok yeta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantig‘ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko‘ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo‘nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o‘qituvchi uchun o‘ta muhim bo‘lgan uchta holat bilan bog‘langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
• odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda, madaniy muloqatda bo‘lish;
• fani sohasi bo‘yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o‘qitish mazmuniga tnoslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish;
• o‘quv axborotlarini boshqalarga bera olish.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to‘rtta komponenti bilan xarakterlanadi:
• shaxsga, insonga yo‘nalganlik;
• pedagogik voqelikni izchil idrok etish;
• fan sohasiga yo‘nalganlik;
• pedagogik texnologiyalarni egallash.
Hozirgi ta’lim sharoitida kasbiy-pedagogik bilimdonlik yana uch komponent bilan to‘ldiriladi:
• bilimdonlik, umuman, o‘z faoliyatini jahon pedagogik madaniyati darajasida ishlab chiqilgan tajribalar asosida tashkil yetish qobiliyati hamda unga va vatanimizdagi pedagogikaga integrasiyalasha olish;
• (o‘z safdoshi tajribasi va innovatsion tajribalar bilan o‘zaro samarali munosabat o‘rnatish qobiliyati;
• o‘z tajribalarini wnumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida namoyon bo‘ladi.
Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi.
Kreativlik - bu kasbiy hayot usuli, ko‘p qirrali ta’lim jarayoni va tizimining maqsadlari, mazmuni, texnologiyalari sathida yangi pedagogik voqelikni yaratish istagi va malakasidir. Kreativlik o‘qituvchiga innovatsion o‘zgarishlar oqimiga moslashib olishiga yordam beradi.
Har qanday darajadagi kasbiy bilimdon pedagogik refleksiyaga qodirdir.
Refleksiya - fikrlashning maxsus usuli bo‘lib, pedagogik voqelikka, tarixiy-pedagogik tajribaga, muayyan kasbiy mavqening tashuvchisi bo‘lgan o‘z shaxsiyatiga qayta nazar tashlashdir.
Yuqoridagi kasbiy-pedagogik bilimdonlikni tashkil yetuvchi barcha komponentlar murakkab tuzilmani hosil qilib, mutaxassisning «ideal modeli»ni shakllantira boradi va pirovard natijada zich birlashib ketadi hamda o‘qituvchi shaxsi faoliyati tavsifini belgilaydi.
Bilimdonlik faqat faoliyat jarayonida va faqat konkret kasb doirasida namoyon bo‘ladi va baholanadi.
Pedagogik muhitda o‘qituvchi faoliyatini baholashda, odatda, pedagogik madaniyat termini qo‘llanadi.
Pedagogik madaniyat kasbiy faoliyatning individual mazmuni bilan bog‘lanadi.
Pedagogik bilimdonlik o‘qituvchining yuksak natijalarga yerishishini ta’minlaydi.
Pedagogik madaniyat faoliyat va munosabatlarga estetik shakl beradi.
Pedagogik faoliyat pedagogik madaniyat tushunchasi tahlili omili bo‘ub xizmat qiladi.
|
| |