• Burxoniddin Zarnudjiy
  • Sohibqiron А mir Temur
  • 1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja




    Download 0,9 Mb.
    bet17/22
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #142450
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    maruza 1

    Az - Zamaxshariy (1075-1143) “Nozik iboralar” risolasida ilmu fan ahllari, o‘qituvchilarga nisbatan hurmat e’tiborning pasayib ketganidan kuyinib yozadi: “o‘ttan zamonlarda ilmu- fazilat sohiblari podshoxlardan o‘z og‘irliklariga barobar oltin hadya olardilar, asta-sekin zamonlar o‘tishi bilan ularning qiymatlari kamayib, itlaru-olmaxonlar ulardn afzal bo‘lib qoldi, ya’ni nodonlar oltinlardan ortiq ko‘riladigan bo‘lib qoldi”.
    Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (Shayx Sa’diy) (1184-1204) ta’lim-tarbiyada muallimlarning talabchanligi bilim va tarbiya berishda qatiqqo‘l bo‘lishning tarafdori bo‘ladi.
    Yubordi o‘g‘lini maktabga podsho,
    qilib qo‘yishga nyqpa taxtiga jo,
    Kumush ul taxtaga zardan bitib yod,
    “Ota mehridan afzal jabri ustoz”.
    “Guliston”da yana ustoz-shogird munosabatiga oid hikoyat keltiriladi: “Bir odam kurash san’atiga zo‘r mahorat qozondi, u 360 xiylani bilar va har kuni bir hiylani ishlatib kurashar edi. Shogirdlaridan biriga 359 xiylani o‘rgatdi. Ammo bir hiylani o‘rgatmadi: Ustozining hurmatini bilmagan shogird, ustozidan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu so‘z podshoga yoqmaydi. Ularni kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi hiylasini ishlatib shogirdini yengadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshoning nafratiga o‘chraydi.
    Burxoniddin Zarnudjiy (1150) “oʼqituvchiga taʼlim yoʼlida qoʼllanma” kitobining bir boʼlimi “oʼqituvchi, oʼrtoq, fanlarni tanlash haqida” deb nomlanadi. Unda oʼquvchiga quyidagicha maslahat beradi:
    “Oʼqituvchi tanlaganingizda eng avvalo bilimliligiga, eng oliyjanobiga va yana keksasiga toʼxtamoq kerak ... Muallim, ustozga nisbatan hurmatda boʼlish ifodasi shoʼqi shogird muallimdan oldin yurmasligi, uning oʼrniga borib oʼtirmasligi lozim”.
    Sohibqiron Аmir Temur (1336-1405) ham oʼz hukmronligi davrida ilm ahllari, muallim, mudarisslarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning oʼrnini muhim deb biladi. Koʼplab maktab, madrasalar ochadi, ularga muallim va mudarislar tayin etadi. Oʼzining ustozlarini ham juda qadrlaydi.

    Download 0,9 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja

    Download 0,9 Mb.