• K.D.Ushinskiy
  • 1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja




    Download 0,9 Mb.
    bet20/22
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #142450
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    maruza 1

    K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.
    K.D.Ushinskiy o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shunday deydi: “Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‘lgan o‘ttiz yoki qirqta o‘quvchining ongini butun dars davomida mashg‘ul qilib turish uchun o‘qituvchi o‘z so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ko‘p bosh qotirishi, serdiqqat bo‘lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan har bir kishi o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham etarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi”.
    K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijtimoiy qimmatga ega bo‘lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismi o‘qituvchining xarakteri va his-tuyg‘ularida, uning o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon bo‘luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir. Uning fikricha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida g‘oyatda keng qo‘llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktlarga ega bo‘lmasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi.
    Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o‘zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql bilan tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan..., – deb ta’kidlagan edi mashhur rus pedagogi 
    Download 0,9 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja

    Download 0,9 Mb.