|
Yevropa olimlarining o‘qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi hamda o‘qituvchi mahoratining ta’lim-tarbiya jarayonidagi alohida o‘rni borasidagi qarashlari
|
bet | 19/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 1Yevropa olimlarining o‘qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi hamda o‘qituvchi mahoratining ta’lim-tarbiya jarayonidagi alohida o‘rni borasidagi qarashlari (Ya.A.Komenskiy, G.Pestalotstsi, A.Disterverg, Djon Lokk, A.I.Gertsen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko)
Yevropa olimlarining oʼqituvchi va ularning kasbiy mahorati masalalari, taʼlim –tarbiya jarayonidagi oʼrni hamda qarashlari, kasbiy mahoratlarini takomillashtirish toʼgʼrisidagi muammolar Yevropa olimlari Ya.А.Komenskiy, Djon Lokk, G.Pestьlotstsi, А.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida oʼz ifodasini topganligi taʼkidlanadi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchilarning bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik “yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, o‘qituvchi o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
A.Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan.
Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‘tadillik, g‘ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus pedagog olimlari g‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining vorislari sifatida mazkur muammolarga o‘z mulohazalarini bildirganlar.
Jumladan, A.I.Gersen mulohazalariga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan munosabatda bo‘layotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i zarurki, unga har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbiga oid ilmiy mulohazalarida hech bir Qonun yoki programma, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati o‘rnini bosa olmaydi deb hisoblaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yevropa olimlarining o‘qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi hamda o‘qituvchi mahoratining ta’lim-tarbiya jarayonidagi alohida o‘rni borasidagi qarashlari
|