|
1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja
|
bet | 15/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 1Buyuk alloma Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchi ekanligini ta’kidlaydi. U o‘qituvchining qanday bo‘lish kerakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo‘l -yo‘riqlar beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‘lish;
berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bera olish;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berilishi;
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo‘lishiga erishishi lozim.
Abdurahmon Jomiy - “Iskandar xiradnomasi” asarida muallimlar haqida quyidagi fikrlar bildirilgan:
“Muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi”. U mullimning hayotdagi o‘rnini quyidagi baytda bayon qiladi:
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo‘lur bu jahon.
Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida ham muallimlar ishi ularga munosabat masalalariga keng o‘rin beriladi. U yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur deydi. Masalan: “Mahbub-ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqul, johil va ta’magirlarini: «Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarni jafo qiluvchidir», - deb yozadi. Shu bilan birga o‘qituvchining mehnatining og‘irligini holisona baholaydi:
“Uning ishi odam tugul, hatto devning ham qo‘lidan kelmaydi. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi. Lekin shunisi ham borki, bolalar orasida fahmi idroki ozlari bo‘ladi. Muallim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko‘p, agar shogird ulg‘aygach, podshohlik martabasiga erishsa ham o‘z muallimiga qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir xarf o‘qitmish rand ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Navoiy o‘qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni ham shunchalik oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi. “Mudarris kerakki g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa, yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa”.
O‘qituchi mehnatini hech qanday hazina bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
“Mahbub-ul qulub” didaktik asarida o‘qituvchi xalq oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo‘lishi kerakligini, u xalq g‘ami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo‘lishi lozimligini aytadi.
Mudarris eng sara kishi bo‘lishi, sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli, muruvvatli, odobli, vafoli, olijanob bo‘lishi kerak, deydi.
|
| |