• Yusuf Xos Xojib
  • 1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja




    Download 0,9 Mb.
    bet16/22
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #142450
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
    Bog'liq
    maruza 1

    Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505), (Xuroson) «Futuvatnomai Sultoniy yoxud javomardlik tariqati” asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to‘xtaladi. “Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi deb so‘rasalar, irodat ustiga deb javob bergin. Agar irodat nima deb so‘rasalar, samo va toatdir deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so‘rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog‘i bilan eshitish, chin kungli bilan qabo‘l qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir deb ayt.
    U shogirlikning 8 ta odobini ko‘rsatadi:
    1. Birinchi bo‘lib salom berish.
    2. Ustozning oldida oz gapirish.
    3. Boshni oldinga egib turish.
    4. Ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik.
    5. Gap so‘ramoqchi bo‘lsa oldin ustozdan ijozat olish.
    6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik.
    7. Ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik.
    8. O‘tirib turishda hurmat saqlash.
    Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko‘rsatadi. “Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo‘lmagan”.
    Kimki ustozsiz ish boshlagan bo‘lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo‘l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so‘ngra o‘zing ustoz bo‘l ... Agar komil inson kim deb so‘rasalar, u pok mazxabli, o‘z aybini ko‘radigan dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi.
    Mashhur olim Beruniy (973-1048) o‘qituvchiga o‘quvchini zeriktirmaslikni, o‘tiladigan mavzuni qiziqarli va ko‘rgazmali holda bo‘lishi lozimligini maslahat beradi. Beruniy Hindiston asarida esa olimlar ilm aqllarini hurmat qilishga chaqiradi. Bo‘larni kishilar ayniqsa, hukumdorlar hurmat qilsa, ularga o‘z o‘rnida baho bersa, ilmlar ko‘payadi, demak jamiyat iqbolli bo‘ladi, gullab yashnaydi.
    XI asrda yashab o‘tgan allomalardan biri Yusuf Xos Xojib (XI asr) ham o‘z ijodida ilm ahllarini ya’ni ustozlarni ulug‘laydi. “Qutadg‘u bilig” asarida ilm ahli ulug‘lanadi.
    Ularni hurmatlashga kishilarni chaqiradi.
    Tag‘in bir toifa donishmand, dono
    Ular ilmi elga mash’al doimo.
    E’zozla ularni to bor imkoning,
    Bilimlaring o‘rgan toki bor joning.
    Bo‘lardan haqiqat tayanch tirgagi,
    Bilimli diyonat asos o‘zagi
    Olimlar yo‘q esa edi dunyoda ,
    Emish ham kelarmu edi bu dunyoda
    Ular ilmi bo‘ldi xaloyiqqa nur,
    Yorisa bu nurdan kishi yo‘l topur.

    Download 0,9 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja

    Download 0,9 Mb.