• Shayx Muslixiddin Sa’diy Sheroziy
  • 1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja




    Download 0,9 Mb.
    bet14/22
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #142450
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
    Bog'liq
    maruza 1

    Unsul Maoliy Kaykovus “Qobusnoma” asarida javonmardlar egallashi lozim bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:

    “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir”,- deb ta’kidlaydi Kaykovus.
    U so‘zlarni to‘rt xilga bo‘ladi:
    birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi;
    ikkinchisi - aytiladigan va biladigan;
    uchinchisi - ham bilinadi, ham aytishga, bilishga zaruriyati yo‘q, ammo aytsa ham bo‘ladi;
    to‘rtinchisi - biladigan va zaruriyat bo‘lmasa aytilmaydigan.
    Kaykovus odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi:
    ­birinchi xil kishilar ko‘p narsani biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar bo‘lib, ularga bo‘ysunishi kerak, deydi;
    -ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat qiladi. Bular qobil kishilar bo‘lib, bularni o‘qitish va o‘rgatish kerak;
    ­uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, go‘yo uyquda yashagandek, ularni uyg‘otish kerak;
    ­to‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini ham tan olmaydi. Bular johil kishilar bo‘lib, ularni o‘qitish befoyda, ulardan qochish kerak, deydi.
    Shayx Muslixiddin Sa’diy Sheroziy (XIII asr) “Guliston” asarida o‘z davri mudarrislarini turli toifaga bo‘ladi:

    • Qattiqo‘l o‘qituvchilarni, “...basharasi tirishgan, tili zahar, yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko‘z. Uni ko‘rish bilan shogirdlarning kayfiyati uchar” shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar.

    • “Sodda, yaxshi va yumshoq ko‘ngilli odam. Unar-unmasga so‘zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so‘zlar og‘zidan chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko‘rgan bolalar murrabiyni mensimay qo‘ydilar”.

    Bayt: Ustod muallim bo‘lsa beozor
    Go‘dak el bozorda xarsang o‘ynar.
    Sa’diy Sheroziy qattiq qo‘llikni afzal ko‘rgan “Jabr ustod boz mehr padar” deb ta’kidlaydi, ya’ni o‘qituvchining jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini aytadi.

    Download 0,9 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja

    Download 0,9 Mb.