|
Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi, murabbiy va shogird masalalari. Sharq mutafakkirlari
|
bet | 12/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 14.Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi, murabbiy va shogird masalalari. Sharq mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy, Unsurul Kaykovus, Sa’diy Sheroziy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husay Voiz Koshifiy va boshqalar)qarashlari
Hozirgi kundagi zamonaviy oʼqituvchi-tarbiyachi faoliyati, uning mahorati masalalari, jamiyatdagi oʼrni, ustoz-shogirdlik munosabatlari haqida gapirishdan avval, ilk kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida ustoz - murabbiy- oʼqituvchi- tarbiyachi faoliyati masalalari xususida gapirish oʼrinli.
Manbalarda ibtidoiy jamoa tuzumi davrida bu borada jamiyatni yosh jihatidan 3 guruhga boʼlingani taʼkidlanadi:
1. Bolalar va oʼsmirlar.
2. Hayot va mehnatning toʼla qimmatli va toʼla huquqli ishtirokchilari.
3. Keksalar.
Yangi, tugʼilgan bolani jamoadagi keksa kishilar boqib, oʼstiradilar. Bola tegishli biologik yoshga toʼlib, baʼzi bir ijtimoiy tajriba mehnat qilishni oʼrganib, hayotiy bilim va malakalarni egallagandan soʼng toʼla qimmatli mehnatchilar guruhiga oʼtardi. Ibtidoiy jamiyatda bola oʼzining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib ular bilan kundalik muomalada boʼlib, tarbiyalanar va taʼlim olar edi. oʼgʼil bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ularning ishlarida qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Matriarxat oxirlarida oʼgʼil bolalar uchun alohida va qizlar uchun alohida tarbiya muassasalari - yoshlar uylari muassasalari paydo boʼldi. Bu yerda yoshlar urugʼ oqsoqollari rahbarligida yashashga mehnatga oʼtkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar.
Patriarxal urugʼchilik bosqichida chorvachilik, dehqonchilik, turli hunar kasblari paydo boʼldi. Shu bilan bogʼliq ravishda tarbiya ham murakkablashib, koʼp tomonlama va rejali boʼla bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan boʼldi. Ular bolalarga mehnat koʼnikma va malakalarini oʼrgatish bilan bir qatorda paydo boʼlib kelayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan bolalarni tanishtirar, yozishga oʼrgatar edilar. Ertaklar, oʼyin va raqslar, musiqa va ashula, butun xalq ogʼzaki ijodi xulqni, hatti-harakatni, xarakterning muayyan belgilarini tarbiyalashda katta rol oʼynaydi.
Tarixiy manbalarga koʼra bolalar savod maktablarida oʼqitilgan, bundan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy, jismoniy mashqlarga va hunarga oʼrgatilgan. Bolalar tarbiyasida oilaning ayniqsa, onalarning oʼrni ham katta boʼlgan, 5 yoshgacha asosan ayollar tarbiyalagan.
Qadimgi ajdodlarimiz yoshlarni vatanparvar, xalqparvar, sadoqatli, har qanday mashaqqatlarga bardoshli, jasur, kuchli, mard qilib tarbiyalashga eʼtibor berganlar. Tarixiy shaxslar bilan bogʼliq rivoyatlarda ham odamiylik, nazokat, aql-idrok, vafo-muhabbat, sadoqat, adolat kabilar ulugʼlanadi. Bunday hislatlarni tarbiyalash, shakllantirish esa oʼqituvchi ustozga yuklatilgan edi.
Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlarida taʼlim-tarbiya usullari. Ulamo va mudarrislar:
nasihat;
tushuntirish;
ragʼbatlantirish;
namuna koʼrsatish;
tanbeh berish;
taʼqiqlash;
majbur qilish;
poʼpisa qilish;
qoʼrqitish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi, murabbiy va shogird masalalari. Sharq mutafakkirlari
|