• 8.1. Laplas almashtirishi va uning xossalari.
  • 8.2. ARTni hisoblashda chastotali usul. Uzatish funksiyasi.
  • 8-Ma`ruza: Operatsion hisoblarning chiziqli avtomatik rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi




    Download 0.6 Mb.
    Sana16.03.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #174541
    Bog'liq
    8-Ma\'ruza ARN
    Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi

    8-Ma`ruza: Operatsion hisoblarning chiziqli avtomatik rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi.
    Reja:

    1. Laplas almashtirishi va uning xossalari.

    2. ARTni hisoblashda chastotali usul. Uzatish funksiyasi.

    TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
    ART ning sintezi va taxlili, Laplas almashtirishi, orginal differensiallash amali, orginal integral amali,o`xshashlik teoremasi, siljish teoremasi.
    8.1. Laplas almashtirishi va uning xossalari.
    Avtomatik rostlash tizimining tahlili faqat harakatdagi tizimlarga taalluqli. ART larning sintezi vazifalari yangi rostlash tizimlarini loyihalash davrida ko‘tariladi.ARTning tahlili tarkibiy elementlar bo‘yicha differensial tenglama tuzish, uni yechish va o‘tish jarayonining grafiklarini aniqlashdan iborat. Grafiklar amaldagi tizimning sifatini aniqlaydi.
    ARTning sintezi rostlash sifatining eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi tizim strukturasini aniqlash va tegishli tenglamalarni tuzishdan iborat.
    ARTning tahlili va sintezida, ko‘pincha, uzatish funksiyalaridan foydalaniladi, chunki ular differensial va integral tenglamalarga ko‘ra ancha qulay. Shuning uchun, rostlash tizimlarining tahlili va sintezi usullari, ko‘pincha, Laplas almashtirishi matematik apparatiga asoslangan.
    Laplas almashtirishi haqiqiy o‘zgaruvchili funksiyani (shu jumladan, vaqt funksiyasi) kompleks o ‘zgaruvchili funksiyaga o‘zgartiradi. Laplas almashtirishi differensial va integral tenglamalar o‘rniga algebraik tenglamalardan foydalanishga imkon beradi differensiallash va integrallash amallari ko‘paytirish va bo’lish amallari bilan almashtiriladi.
    Ma’lum f( t ) vaqt funksiyasi uchun Laplas almashtirishi quyidagicha yoziladi:

    Laplas almashtirishining asosiy xossalari quyida keltirilgan:

    1. Laplas almashtirishi chiziqli amaldir, shuning uchun, original yig‘indisi qo‘shiluvchilar sonidan qat’i nazar, ularning tasvirlar yig‘indisiga mos:


    4. Originalni integrallash amali tasvirning R operatorga bo‘linishi bilan teng:


    1. Agar haqiqiy o ‘zgaruvchi sohasida kechikish sodir boMsa, origin argumentining doimiy kattalikka siljishiga taa/irning e~PT ko‘paytirish amali mos keladi:


    7. O‘xshashlik teoremasi quyidagicha: t vaqt masshtabining doimiy qiy-matga o‘zgarishi tasvir va kompleks o‘zgaruvchining shu qiymatga bo‘linishi-ga mos:

    8.2. ARTni hisoblashda chastotali usul. Uzatish funksiyasi.
    Differensial tenglamalarning operator shaklida yozilishi vaqt sohasidan chastota sohasiga o'tishni yengillashtiradi. ARTni hisoblashda chastotali usul keng ishlatiladi.
    Differensial yoki integral tenglamalarini operatsion hisob yordamida yechishdan maqsad - algoritmi moddiy o ‘zgaruvchili funksiyani kompleks o‘zgaruvchili funksiyaga almashtirish, kompleks o‘zgaruvchili sohada yechim larni izlash va nihoyat, teskari, ya’ni topilgan yechimni kompleks o‘zgaruvchili sohadan moddiy o‘zgaruvchili sohaga almashtirishdan iborat.
    Boshlang‘ich shartlar nolga teng boiganda, differensial tenglamalarning operator shaklidagi yozilishi uning differensiallash amali R orqali ifodalangan simvol shaklida yozilishdir:

    Boshlang`ich shartlar nolga teng bo`lganda, chiqish kattaligining tasviri kirish kattaligi tasvirining nisbatidan iborat bo`lgan (11.7) ifoda tizimning uzatish funksiyasi deyiladi. Uzatish funksiyasi tizimning parametrlariga bog`liq bo`lib, kirish kattaligiga bog`liq emas. U tizimning dinamik xususiyatlarini aniqlaydi. Amalda ishni osonlashtirish maqsadida, har safar Laplas almashtirishi amalini bajarmay, ko‘p uchraydigan funksiyalarning tasvir originallari hisoblangan jadvaldan foydalanish qulay.


    Nazorat savollari

    1. Laplas almashtirish nima?

    2. Uzatish funksiyasi deb nimaga aytiladi?

    3. Laplas almashtirishning asosiy xossalarini sanang?

    4. Nima uchun ART ni hisoblashda chastotali usuldan foydalaniladi?

    5. Operator nima?

    Download 0.6 Mb.




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Ma`ruza: Operatsion hisoblarning chiziqli avtomatik rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi

    Download 0.6 Mb.