Antik davrdagi maktablar, Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlari. Yunon faylasuflari qarashlari




Download 0,9 Mb.
bet18/22
Sana21.01.2024
Hajmi0,9 Mb.
#142450
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
maruza 1

4.Antik davrdagi maktablar, Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlari. Yunon faylasuflari qarashlari
(Suqrot, Demosfen, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil)

Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. “Akademiya” so‘zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina yaqinidagi Akadema so‘zi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta’lim-tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta’lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan edi.


Ular notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan ta’lim oluvchilarning tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. SHu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’ati bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomillashgan davri boʼlgan. Shu sababli “Notiqlik sanʼati” qizgʼin rivojlangan. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida eʼtirof etilgan:
­ oʼquvchilarga tushuntirish (maʼlum bir mavzuni);
­ oʼquvchilar onggini uygʼotish (inson tafakkurini, onggini, maqsadini);
­ har bir tinglovchida huzur-hulovat va qoniqish uygʼotish.
Yunonistonda notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda o‘quvchilarga, ya’ni “tinglovchilarga halovat bag‘ishlash” orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo‘lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chiroyli nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar mashhur davlat arboblari bo‘lib etishganlar.
Yunon faylasuflari o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya berishda og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o‘zlashtirishlari lozimligini qat’iy talab qilganlar. SHuning uchun pedagog o‘qituvchilar o‘z fikrlari va tuyg‘ularini o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir pedagog o‘zlarining notiqlik san’ati ustida tinimsiz mashg‘ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o‘z nutqlarini mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar.
Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399) o‘quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, o‘quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi.
Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda notiqlik san’atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim Demosfen (eramizdan avvalgi 384─322) nomi bilan uzviy bog‘langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san’atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga etkazish mumkin deb ta’kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk namoyodasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.



Download 0,9 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 0,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Antik davrdagi maktablar, Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlari. Yunon faylasuflari qarashlari

Download 0,9 Mb.