• BAJARDI: PARDAYEVA SHAXNOZA QABUL QILDI: REJA
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti




    Download 283,7 Kb.
    Sana26.11.2023
    Hajmi283,7 Kb.
    #105832
    TuriReferat
    Bog'liq
    BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASVIRIY AMALIY VA HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI BO’YICHA LAYOQATLARINI RIVOJLANTIRISH


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



    BOSHLANG’ TA’LIM FAKULTETI
    ART TEXNOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
    REFERATI
    MAVZU:BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASVIRIY AMALIY VA HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI BO’YICHA LAYOQATLARINI RIVOJLANTIRISH


    BAJARDI: PARDAYEVA SHAXNOZA
    QABUL QILDI:
    REJA:

    1. Boshlang`ich sinflarda borliqni idrok etish mashg`ulotlari metodikasining o`ziga xos xususiyatlari.


    2. Boshlang`ich sinflarda badiiy-qurish yasash mashg`ulotlari metodikasining o`ziga xos xususiyatlari.
    3. Boshlang`ich sinflarda o`ziga qarab Haykal ishlash metodikasi.
    4.Boshlang`ich sinflarda Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasi.

    Boshlang`ich sinflarda tasviriy san`atni o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, avvalo bu sinflardagi ta`lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat Hamda layoqatlariga qarab belgilanadi.


    Ma`lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq niHoyatda erta boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma`lum. SHunisi xarakterliki, bolalar o`qish va yozishdan ko`ra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan rasmlarning davomiyligi juda qisqa bo`ladi, 1-2 minut, ko`pi bilan 4-5 minutda Har qanday rasmni tugallab qo`yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli bo`lmasa-da, biroq mazmunan biron-bir ko`rinishni, voqeani yoki buyumni o`z iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini tasvirlay oladilar. Bo`yoqlar bilan ishlash ularga ma`lum qiyinchiliklar tug`dirishi sababli ulardan foydalanishni aytarlik xush ko`rmaydilar. Lekin turli yorqin ranglar bilan bo`yalgan buyumlar bolalarda katta qiziqish uyg`otadi. Rasmlari yaxshi chiqmagan Holda o`z ishlaridan ixloslari tez qaytadi. Bunday sharoitda o`qituvchining bolalarga tez yordam ko`rsatishi va kayfiyatini ko`tarishga Harakat qilishi foydadan Holi bo`lmaydi.
    Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tasviriy faoliyatlarining xarakterli jiHatlaridan yana biri ularning chizadigan rasmlarini soddalashtirishga bo`lgan xarakatlaridir. Ular ayrim narsalarning oldi ko`rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfel) ayrimlarini yon tomonidan (mashina, qayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo`ng`iz v.b.) tasvirlaydilar. Bunga asosiy sabab bu yoshdagi bolalar Hali narsalarni yorug`soya, perspektiv qisqarishi va ularning qoidalarini uncha tushunib etmaganliklaridir.
    Bolalar ijodiga xos yana bir jiHat bor, u Ham bo`lsa tasvirlarni (buyumlarni) bir-birlarini to`sib turgan (yoki qisman) Holda tasvirlanmasligidir. CHunki bolalar narsalarni doimo butun Holda idrok etadilar.

    Yuqorida qayd qilingan tasviriy faoliyatlarning bu Hususiyatlari bolalar tafakkurining konkret, obrazli va emotsional tarzda bo`lishligi bilan bog`lanadi.


    Endi boshlang`ich sinflarda tasviriy san`at darslarini o`tkazish metodikasining o`ziga xos xususiyatlari Haqida to`xtaladigan bo`lsak avvalo uning quyidagi to`rt turi qayd qilinishi lozim:
    1. Borliqni idrok etish. 2. Badiiy qurish-yasash. 3. Naturaga qarab tasvirlash (naturaga qarab rasm ishlash, naturaga qarab Haykal ishlash). 4. Kompozitsion faoliyat.
    Borliqni idrok etish mashg`ulotlari 1-4- sinf dasturida aks etgan bo`lib, uning maqsadi bolalarni o`rab olgan borliq Haqida, ulardagi narsa va Hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari Haqida tasavvur Hosil qilishdir. CHunki, bolalar tevarak-atrofni, ya`ni tabiat, Hayvonlar va qushlar olami, Hashoratlar va baliqlar, odamlar, obi-Havo, predmet va buyumlar, qurilish va transport vositalari Haqida yaxshi tasavvurga ega bo`lganliklari taqdirdagina ularning rasmlarini aniq-ravshan tasvirlaydilar. Borliqni idrok etish mashg`ulotlarining mazmunidan kelib chiqqan Holda amaliyotda ularni o`rganishi kerak bo`lgan quyidagi yo`llar qo`llaniladi:
    1. Buyumni, tabiatni o`ziga qarab kuzatish orqali o`rganish.
    2. Borliq Haqida o`qituvchining suHbati orqali o`rganish.
    3. Savol-javob orqali o`rganish.
    4. Borliqni rasmini chizish orqali o`rganish.
    5. O`qituvchining pedagogik
    rasmi orqali o`rganish v.b.
    O`qituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg`ulot mavzusi bilan bog`liq Holda bo`lib, ular o`z tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari bilan sodda, tushunarli, bolalarda His-hayajon uyg`otadigan bo`lishligi maqsadga muvofiqdir.
    Eng muhimi, bunday materiallar o`quvchilarni o`ylashga majbur etadigan, bolalarni yangi tushunchalar bilan boyitadigan bo`lishligi muhim.
    Namoyish etiladigan narsalar, ularning tasvirlari haqidagi ma`lumotlarni bolalarga og`zaki etkazishda ularning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tahlil bevosita narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, ularning moHiyati haqida savol-javob tarzida o`tkazilishi maqsadga muofiqdir.
    Quyida borliqni idrok etish mavzusiga doir mashg`ulot ishlanmasi beriladi.
    Dasning mavzusi: Kuzgi tabiat manzarasini idrok etish.
    Darsning vazifalari: Kuzatuvchanlik, sinchkovlik, diqqat va xotirani o`stirish. Tabiatdagi go`zallikni ko`ra bilishga va qadrlay olishga o`rgatish. Kuzgi tabiat manzarasining o`ziga xos xususiyatlari va kuzgi ishlar bilan tanishtirish.
    Darsning jihozlanishi: Kuz fasli tasvirlangan rasm. Kuzgi ishlarga doir manzara tasviri. Tabiat qo`yniga sayoHat. Uni tashkil etishning imkoni bo`lmagani taqdirda san`at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan: O`.Tansiqboevning "Tog`da kuz", Z.Inog`omovning "Kuz", N.Karaxanning "Oltin kuz", I.Haydarovning "Oltin kuz", H.Basharovning “O`zbek kuzi. SHaftolilar", G.CHernuxinning "Farzandlar va nabiralar", Usta Mo`minning "Xirmonda" va boshqalar.
    Bu asarlarning hammasi bilan o`quvchilarni tanishtirish shart emas. Ulardan ayrimlari (o`z xoxishiga ko`ra) tanlab olinadi.
    Darsning mazmuni. Mashg`ulot asosan ikki yo`nalishda olib boriladi. Birinchisi, kuzgi tabiat manzarasining xarakterli xususiyatlarini estetik idrok etish, ikkinchisi kuzgi ishlarning o`ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida o`qituvchi shunday ob`ektni tanlashi lozimki, bu ob`ekt ham kuz, ham kuzgi ishlar uchun xarekterli ko`rinishda bo`lsin.

    Dars o`quvchilarni maktab bog`i yoki dalaga sayohatga olib chiqish va u erda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Sayohat jarayonida o`qituvchi bolalar e`tiborini chiroyli kuz manzarasiga jalb etadi. Ularga kuz fasli va bu vaqtdagi o`zgarishlar haqida so`zlab beradi: "Bolalar, mana hozir kuz fasli. U niqoyatda chiroyli, chunki, kuzda havo soviy boshlaydi, natijada daraxtlarning barglari o`z rangini o`zgartiradi. Ba`zi barglar qizg`ish tusga kiradi. O`t-maysalar sarg`aygan bo`ladi, qisqasi, ular oltin rangga burkanadilar. Osmonda engil parcha-parcha bulutlar paydo bo`ladi. Ertalab kuzgi ekin va o`tlarning usti oppoq qirov bilan qoplanadi. Erga to`kilgan daraxt barglari oyoq ostida shitirlaydi. Oktyabr oyida kech pishar mevalar terib olinadi va tokdagi shirin-shakar uzumlar uziladi. Yong`oq qoqiladi. Kechki kartoshka, sabzi, piyoz, lavlagi kabi savzavotlar yig`ishtirib olinadi. Bunday ishlarni amalga oshirishda o`quvchilar ota-onalariga, maktab bog`ida esa maktab jamoasiga yordam beradilar. Kuzda shahar va qishloqlarda ko`chat o`tkazish oyligi boshlanadi. Bu ishlarda ham bolalar kattalar bilan bir qatorda qatnashadilar. Kuzgi yig`im-terim ishlari nihoyatda zavqlidir. Sayohat jarayonida o`qituvchi emotsional-estetik vaziyat hosil qilish maqsadida bolalarga kuz va kuzgi ishlar haqidagi she`rlardan namunalar o`qib beradi.


    She`r o`qib bo`lingandan so`ng, tabiatning ko`rinishi bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida kuzatilayotgan manzara yuzasidan bolalarga savollar beriladi. Bu savollar quyidagicha bo`lishi mumkin:
    -kuzda tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
    - qarshingizdagi manzarada qanday daraxt turlarini ko`ryapsiz?
    -daraxtlarning o`lchovi bir xilmi?
    -daraxtlarning shakli bir-biridan qanday farq qilib turibdi?
    - e`tibor bering, daraxt shoxlarining yo`g`onligi bir xilmi?
    -daraxtlarning tanasi va shox-shabbalarining tuzilishi qanday?
    -osmonga Ham razm soling, uning rangi qanday?
    Oʻzbekiston hududida yara-tilgan Xorazm, Sugʻd, Baqtriya yodgorliklari, Tuproqqalʼa, Varaxsha, Af-rosiyob, Xolchayon, Dalvarzintepa, Quvaning mahobatli haykal va boʻrtma tasvirlari, mayda haykalchalar, amaliy sanʼat buyumlarini bezashda ishlangan turli badiiy shakllar davrning boy madaniyatidan dalolat beradi.
    Antik davrda voqeband relyef, portret oʻz rivojining yuqori bosqi-chiga koʻtarildi, odamning ruhiy hola-tini ifodalash borasida katta yutuqlarga erishildi. Yunoniston va qis-man qad. Rimda yaratilgan H. asarlarida insoniy tuygʻular, uning kamoloti yetakchi oʻrinni egalladi, tasvirlashda haqqoniylik hukm surdi, jismoniy baquvvat va maʼnaviy goʻzal inson obra-zini yaratish yunon H.ning bosh maqsadi boʻldi (Fidiy va Miron, Poliklet va Praksitel). Rim haykaltaroshlari portret sanʼatida katta yutuqlarga erishdilar, ularning asarlarida in-sonning murakkab kechinmalari kuchli realizmda tasvirlandi, shaxsning jismoniy va maʼnaviy holati ochiq koʻrsatildi; Rimda ilk bor otliq qoʻmondon haykali ishlandi, boʻrtma tasvirda ham katta yutuqlarga erishildi: muhim tarixiy voqealarga bagʻishlab oʻrnatilgan ustun va zafar toqilari voqeband boʻrtma tasvirlar bilan bezatildi.
    Oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida H. hamma joyda bir xil rivojlanmadi. Janubiy, janubi-sharqiy Osiyo mamla-katlari (Hindiston, Indoneziya va Hindixitoy mamlakatlari)da maho-batli, ishlanishi nafis ajoyib yodgorliklar yaratilgan boʻlsa, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H. amaliy bezak sanʼatining H. bilan chatishib ketgan tosh oʻymakorligi, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, zargarlik va kandakorlik asarlarida oʻz ifodasini topdi, roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar tayyorlashda, binolar bezagi (namoyoni)da keng qoʻllandi. Yevropa mamlakatlarida xristian dini H.ni rivojlantiruvchi asosiy kuch boʻldi: soborlar qoshida H. ustaxonalari tashkil etildi, bu yerda boʻlajak haykal-taroshlar tayyorlandi, ibodatxonalar uchun dumaloq haykal va relyeflar yaratilib, ular diniy gʻoyalarni targʻib qilishga xizmat qildi. Haykaltaroshlik - asviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi.
    Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H.ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.
    Haykaltaroshlikda bajaradigan vazifasi va mazmuniga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: monumental haykaltaroshlik, bezak haykaltaroshligi, dastgoh (qarang Dastgoh sanʼ-ati), mayda haykaltaroshlik turlari oʻzaro yaqin aloqada rivojlanadi hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega. Meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental H.ka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, H. ansambllari kiradi, ular oʻzida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega; biroq H.ning bu turi bevosita muhit, meʼmoriy insho-otlar hamda tabiat bilan uygʻun boʻlishi lozim, bu unga yanada ulugʻvorlik va taʼsirchanlik baxsh etadi. Monumental H.ka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlash-dir. Monumental H. asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin.
    Antik davrda voqeband relyef, portret oʻz rivojining yuqori bosqi-chiga koʻtarildi, odamning ruhiy hola-tini ifodalash borasida katta yutuqlarga erishildi. Yunoniston va qis-man qad. Rimda yaratilgan H. asarlarida insoniy tuygʻular, uning kamoloti yetakchi oʻrinni egalladi, tasvirlashda haqqoniylik hukm surdi, jismoniy baquvvat va maʼnaviy goʻzal inson obra-zini yaratish yunon H.ning bosh maqsadi boʻldi (Fidiy va Miron, Poliklet va Praksitel). Rim haykaltaroshlari portret sanʼatida katta yutuqlarga erishdilar, ularning asarlarida in-sonning murakkab kechinmalari kuchli realizmda tasvirlandi, shaxsning jismoniy va maʼnaviy holati ochiq koʻrsatildi; Rimda ilk bor otliq qoʻmondon haykali ishlandi, boʻrtma tasvirda ham katta yutuqlarga erishildi: muhim tarixiy voqealarga bagʻishlab oʻrnatilgan ustun va zafar toqilari voqeband boʻrtma tasvirlar bilan bezatildi.
    Oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida H. hamma joyda bir xil rivojlanmadi. Janubiy, janubi-sharqiy Osiyo mamla-katlari (Hindiston, Indoneziya va Hindixitoy mamlakatlari)da maho-batli, ishlanishi nafis ajoyib yodgorliklar yaratilgan boʻlsa, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H. amaliy bezak sanʼatining H. bilan chatishib ketgan tosh oʻymakorligi, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, zargarlik va kandakorlik asarlarida oʻz ifodasini topdi, roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar tayyorlashda, binolar bezagi (namoyoni)da keng qoʻllandi. Yevropa mamlakatlarida xristian dini H.ni rivojlantiruvchi asosiy kuch boʻldi: soborlar qoshida H. ustaxonalari tashkil etildi, bu yerda boʻlajak haykal-taroshlar tayyorlandi, ibodatxonalar uchun dumaloq haykal va relyeflar yaratilib, ular diniy gʻoyalarni targʻib qilishga xizmat qildi.
    H. roman va gotika uslubida qurilgan binolar kompozitsiyasining ajral-mas qismiga aylandi. 13-asr 2-yarmi — 14-asr boshlarida Yevropa realistik H. namu-nalari koʻzga tashlana boshladi (N.Pi-zano va boshqalar), dunyoviy gʻoyalar (yorqin insoniy xarakterlar, hayotga muhabbat ruhi)ni aks ettirish H.ning bosh vazifasiga aylandi (Donatello, A.Verok-kʼo va boshqalar), koʻp planli relyeflar yara-tildi; bronzadan haykal quyish sanʼ-ati mukammallashdi, mayolika (koshinkorlik), kandakorlik amaliyotda keng ishlatila boshlandi. Mikelanjelo ijodi Uygʻonish davri sanʼatining yuksak bir choʻqqisi boʻldi. 17—19-asrlar H. ham boy va rang-barang; bu davr Yevropa H.da barokko, klassitsilm, realizm uslublari raqobatda boʻldi. Uygʻonish davri H.ga xos xotirjamlik, salobatlilik oʻrniga barokko uslubi bilan shijoat, joʻshqinlik kirib kelgan boʻlsa, klas-sitsizm aksincha yana Uygʻonish davri xotirjamligiga qaytishga, hamma narsani aql bilan tartibga solishga harakat qildi. Oʻz mavqeini mustahkamlab borgan realizm uslubi borliqni toʻlaqonli aks ettirishga, inson his-tuygʻularini chuqurroq ifodalashga intildi (L.Bernini, A.Kanova, J. Gudon va boshqalar). 19-asr 2-yarmidan H.da demokratik tamoyillar ortib bordi, maishiy hayot, mehnat mavzusi sanʼatkorlarni oʻziga jalb etdi. Yevropa H.da turli naturalistik oqim va yoʻnalishlar shakllandi, avvalgi sanʼatlar sintezidan chekinish yuzaga keldi; bu davrda impressi-onizm, simvolizm oqimlari ham H.da oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi H. rivojiga davrning yangi oqimlari taʼsir etdi. Bu jarayonda fransuz haykaltaroshi O.Roden ijodi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning taʼsirida nafaqat fransuz, balki koʻpgina zamonaviy yevropalik va boshqa haykaltaroshlar ijodi shakllandi. 20-asr H. sanʼati qarama-qarshi omillarga asoslangan.
    Bir tomondan realistik sanʼat yoʻnalishi oʻz badiiy koʻlamini kengaytirishga, ifoda vositalarining taʼsirchanligini oshirishga intilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan avangard sanʼati oʻz imkoniyatlarini keng namoyon eta bordi. 20-asr badiiy uslublari (kubizm — P.Pikasso, A.Ar"xipenko, A.Loran; konstrukti-vizm — A.Kolder; popart va avangardning boshqa vakillari) taʼsirida H. yangi koʻrinish va anʼanaviy boʻlmagan uslub va materiallar bilan boyidi. 19-asr oʻrtalarida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H.da jonlanish boshlandi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda ham H. asarlari yaratila boshladi, uning dumaloq va boʻrtma tasvir-relyef turida asarlar paydo boʻldi. Favvoralar ishga tushdi, bezak H. asarlari bilan dam olish va xor-diq chiqarish maskanlari, xiyobonlarni bezatish odati kengaydi. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher va boshqa haykallar bir qancha (Toshkent, Buxoro kabi) joylarni bezab turibdi. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosadagi marmardan ishlangan sher haykallari, islimiy, girih naqshlar, chiroyli yozuvlar bilan oʻyib jilo berilgan suv novlari diqqatga sazovor. Tosh va marmar oʻymakorligi namunalari Xiva meʼmoriy yodgorliklarida koʻp uchraydi (jumladan, relyefli tosh va marmar poyus-tunlar). roman va gotika uslubida qurilgan binolar kompozitsiyasining ajral-mas qismiga aylandi. 13-asr 2-yarmi — 14-asr boshlarida Yevropa realistik H. namu-nalari koʻzga tashlana boshladi (N.Pi-zano va boshqalar), dunyoviy gʻoyalar (yorqin insoniy xarakterlar, hayotga muhabbat ruhi)ni aks ettirish H.ning bosh vazifasiga aylandi (Donatello, A.Verok-kʼo va boshqalar), koʻp planli relyeflar yara-tildi; bronzadan haykal quyish sanʼ-ati mukammallashdi, mayolika (koshinkorlik), kandakorlik amaliyotda keng ishlatila boshlandi. Mikelanjelo ijodi Uygʻonish davri sanʼatining yuksak bir choʻqqisi boʻldi. 17—19-asrlar H. ham boy va rang-barang; bu davr Yevropa H.da barokko, klassitsilm, realizm uslublari raqobatda boʻldi. Uygʻonish davri H.ga xos xotirjamlik, salobatlilik oʻrniga barokko uslubi bilan shijoat, joʻshqinlik kirib kelgan boʻlsa, klas-sitsizm aksincha yana Uygʻonish davri xotirjamligiga qaytishga, hamma narsani aql bilan tartibga solishga harakat qildi.
    Oʻz mavqeini mustahkamlab borgan realizm uslubi borliqni toʻlaqonli aks ettirishga, inson his-tuygʻularini chuqurroq ifodalashga intildi (L.Bernini, A.Kanova, J. Gudon va boshqalar). 19-asr 2-yarmidan H.da demokratik tamoyillar ortib bordi, maishiy hayot, mehnat mavzusi sanʼatkorlarni oʻziga jalb etdi. Yevropa H.da turli naturalistik oqim va yoʻnalishlar shakllandi, avvalgi sanʼatlar sintezidan chekinish yuzaga keldi; bu davrda impressi-onizm, simvolizm oqimlari ham H.da oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi H. rivojiga davrning yangi oqimlari taʼsir etdi. Bu jarayonda fransuz haykaltaroshi O.Roden ijodi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning taʼsirida nafaqat fransuz, balki koʻpgina zamonaviy yevropalik va boshqa haykaltaroshlar Yevropa H.da turli naturalistik oqim va yoʻnalishlar shakllandi, avvalgi sanʼatlar sintezidan chekinish yuzaga keldi; bu davrda impressi-onizm, simvolizm oqimlari ham H.da oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi H. rivojiga davrning yangi oqimlari taʼsir etdi. Bu jarayonda fransuz haykaltaroshi O.Roden ijodi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning taʼsirida nafaqat fransuz, balki koʻpgina zamonaviy yevropalik va boshqa haykaltaroshlar ijodi shakllandi. 20-asr H. sanʼati qarama-qarshi omillarga asoslangan. Bir tomondan realistik sanʼat yoʻnalishi oʻz badiiy koʻlamini kengaytirishga, ifoda vositalarining taʼsirchanligini oshirishga intilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan avangard sanʼati oʻz imkoniyatlarini keng namoyon eta bordi. 20-asr badiiy uslublari (kubizm — P.Pikasso, A.Ar"xipenko, A.Loran; konstrukti-vizm — A.Kolder; popart va avangardning boshqa vakillari) taʼsirida H. yangi koʻrinish va anʼanaviy boʻlmagan uslub va materiallar bilan boyidi. 19-asr oʻrtalarida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H.da jonlanish boshlandi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda ham H. asarlari yaratila boshladi, uning dumaloq va boʻrtma tasvir-relyef turida asarlar paydo boʻldi. Favvoralar ishga tushdi, bezak H. asarlari bilan dam olish va xor-diq chiqarish maskanlari, xiyobonlarni bezatish odati kengaydi. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher va boshqa haykallar bir qancha (Toshkent, Buxoro kabi) joylarni bezab turibdi.
    Buxorodagi Sitorai Mohi Xosadagi marmardan ishlangan sher haykallari, islimiy, girih naqshlar, chiroyli yozuvlar bilan oʻyib jilo berilgan suv novlari diqqatga sazovor. Tosh va marmar oʻymakorligi namunalari Xiva meʼmoriy yodgorliklarida koʻp uchraydi (jumladan, relyefli tosh va marmar poyus-tunlar).
    20-asr boshlaridan xalq anʼanaviy amaliy sanʼati usullari keng qoʻllandi hamda rivojlantirildi: Muqimiy teatri (1943) hamda Navoiy teatri (1948) binosi va boshqa H.ning boshqa turlari ham keng rivojlana boshladi. Anʼ-anaviy mayda haykaltaroshlik ham yangi mazmun va mavzular bilan boyidi (U.Joʻraqulov, X.Rahimova, A.Muxto-rov va boshqalar). Shu davrdan realistik H.ning hamma turlarida dastlabki namunalari yaratildi. Monumental va bezak H.gi bevosita meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq holda rivoj topdi: E.Rush, Ya.Kuchis, Ya.Strazdin, O.Korjinskaya asarlari shu sanʼatining dastlabki namunalari edi. Dastgoh H.gida port-ret va janrli kompozitsiyalar paydo boʻldi (A.Ivanov, F.Grishchenko va boshqalar). Oʻzbek haykaltaroshligining yangi bos-qichi 20-asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Bu davrga kelib haykaltaroshlar safi kengaydi. H.da akademik tizim shakllandi. A. Boymatov, A. Ahme-dov, D.Roʻziboyev, A.Shoymurodov, E.Aliyev, H.Hus-niddinxoʻjayev, Ya.Shapiro, L.Ryabsev, D. Ryabichev va boshqa H.ning barcha tur va janrlarida ijod qilib, uning ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
    Monumental va monumental-bezak H. borasida qator asarlar yaratishda tosh, metall, shamot, sopol va boshqa qat-tiq materiallardan keng foydalaniddi. Oʻzbekistondagi har bir meʼmoriy majmua sanʼatlar sin-tezi zaminida shakllantirilishi H. rivojida muhim oʻrin egalladi. Toshkent shahri, viloyatlar va tumanlar markazlarida bosh maydon, yirik xiyo-bon, koʻchalar va boshqa markazlarda maydonlar tashkil etildi, ularda davlat va fan, madaniyat arboblariga yodgorliklar oʻrnatildi: Toshkentdagi Pushkin (M.Anikushin), Samarqanddagi Alisher Navoiy va Jomiy (H.Husnid-dinxoʻjayev va V.Lunev) hamda Mirzo Ulugʻbek (M.Musaboyev) va boshqa haykallar. Bezak H.da afsonaviy ajdaho, kiyik va qoʻzichoqlar haykallari yaratilib, madaniy, maʼmuriy binolarning may-donlariga oʻrnatildi (Toshkentdagi Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Markaziy koʻrgazmalar zali oldidagi haykallar va boshqa, Samarqand muzeyi oldidagi ajdaho, Buxoro Inturist mehmonxonasi uchun ishlangan relyef va haykallar), favvoralarda Haykaltaroshlik koʻrinishlari oʻz ifodasini topdi.
    Haykaltaroshlik - asviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H.ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.
    Haykaltaroshlik bajaradigan vazifasi va mazmuniga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: monumental haykaltaroshlik, bezak haykaltaroshligi, dastgohH. (qarang Dastgoh sanʼ-ati), mayda haykaltaroshlik turlari oʻzaro yaqin aloqada rivojlanadi hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega. Meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental Haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi, ular oʻzida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega; biroq haykaltaroshlikning bu turi bevosita muhit, meʼmoriy insho-otlar hamda tabiat bilan uygʻun boʻlishi lozim, bu unga yanada ulugʻvorlik va taʼsirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlikka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlash-dir.
    Monumental Haykaltaroshlik asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin.
    Bezak H.ga istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va bogʻlar, shuningdek, meʼmoriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan boʻrtma tasvirlar, amaliy sanʼat buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panja-ra, badiiy darvozalar ham shu H. ning koʻrinishidir.
    Dastgoh Haykaltaroshlikga mustaqil mazmunga ega boʻlgan, sanʼatning boshqa turlariga tobe boʻlmagan asarlar kiradi; ular koʻrgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qoʻyish uchun moʻljallanadi. Bu tur asarlarda voqelik oʻzining butun borligʻi bilan aks ettiriladi hamda inson ruhiyatidagi nozik uzgarishlar, uning ichki kechin-malari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta. Dastgoh Haykaltaroshlik asarlari byust (belgacha boʻlgan portret), tors, haykal (odam gavdasining natural kat-talikda ishlangan koʻrinishi), haykalcha (natural kattaligidan kichik boʻlgan haykallar), koloss (haddan ortiq kattalikda ishlangan haykallar, mas, Rodos kolossi), janrli haykal (muayyan muhitda tasvirlangan odam yoki odamlar guruhi) va boshqa koʻrinishda boʻladi. Kichik shakllar Haykaltaroshlikgi oʻz xarak-teriga koʻra amaliy bezak sanʼatiga yaqin turadi. Bunga stol ustiga qoʻyiladigan sopol, chinni va boshqa xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng koʻp tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash sanati va gliptika ham shu turga mansub.
    Download 283,7 Kb.




    Download 283,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Download 283,7 Kb.