• Materialvajihozlar: Qo‟llanmalar, topshiriqlikartochkalar, mavzugaoidmanbavaadabiyotlarko‟rgazmasi, rasmlar, doska, bo‟r. I . Tashkiliyqism
  • II.Otilgan ma’ruza mavzusini takrorlash
  • 12-mavzu. Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Maqsad




    Download 218.12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana12.04.2023
    Hajmi218.12 Kb.
    #50776
      1   2
    Bog'liq
    12-семинар
    halol-kasb-hunar-qut-baraka-keltirar[1], FIRE PROTECTION AND FIRE SAFETY, В.И. Бараз, geokniga-dengub-vm-edinicy-velichinslovar-spravochnik, 11-mavzu. Shaxsga yo’naltirilgan axborot psixologik, diniy va madaniy tahdidlar, 6-10, DASTUR LASH ASOSLARI 1-qism, 1-ma\'ruza, 4-Maruza.Shifratorlar va deshifratorlar analog, seminar 1, seminar 3, seminar 4, 1-Amaliy mashg\'ulot, 2-Amaliy mashg\'ulot, Lobarotoriya ishi-1


    12-mavzu.Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. 
    Maqsad: Talabalarda mavzu bo‟yicha teran tushunchalar hosil qilish. 
    Kutilayotgan natija: Talabalar o„tilayotgan mashg„ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu 
    doirasida mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish.
    Materialvajihozlar: 
    Qo‟llanmalar, topshiriqlikartochkalar, mavzugaoidmanbavaadabiyotlarko‟rgazmasi, rasmlar, doska, 
    bo‟r. 
    ITashkiliyqism: Talabalarni mashg‟ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta ichida 
    ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
    Talabalarning yurtimizda ro„y berayotgan voqea-o„zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. 
    II.O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
    Ilgarigi o‟tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so‟rab – bilish -blitz yoki mavzu bo‟icha savol va 
    topshiriqlarni talabalarning og‟zaki javoblarini tinglash shaklida o‟tkaziladi. 
    III. Yangi mavzu rejasi: 
    1. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
    rivojlantirish kontseptsiyasining mohiyati va amaliyoti. 
    2. Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning siyosiy islohotlardagi 
    ahamiyati. 
    3. Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo„nalishlari. 
    4. Ma‟naviy taraqqiyotni ta‟minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish. 

     
     
     
     Yangi mavzu bayoni: 
    2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi 
    bo„yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari.
    Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo„nalishlari:
    – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar 
    davlat barpo etish.
    – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur 
    shartiga aylantirish.
    – milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o„sish sur‟atlarini ta‟minlash.
    – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish.
    – ma‟naviy taraqqiyotni ta‟minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish.
    – milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish. 
    – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi 
    siyosat olib borish.
    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O„zbekistonni 
    rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib 
    borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga 
    mo„ljallangan bo„lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini 
    boshlab berdi. Undan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli 
    bo„lsin. 
    Prezidentimiz taklifi bilan 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlandi. 
    Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o„yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida 
    Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun Vatanimizda har bir kun 
    inson manfaatlarini ta‟minlash, fuqarolar haq-huquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash 
    va mehnat sharoitlarini yaratish yo„lidagi sa‟y-harakatlar bilan o„tmoqda. 


    Prezidentimiz saylovoldi uchrashuvlarida odamlarning fikri-o„ylari, hayotimizdagi mavjud 
    muammolar, olis qishloqlarda yashayotgan aholi turmushi bilan qiziqdi, ulardan hol-ahvol so„radi. 
    Keyingi yillarda aholi va ijtimoiy tarmoqlarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan 
    ta‟minlashda uzilishlar bo„layotgani, kamchiliklar mavjudligi ayon bo„lib qolgandi. Bu joylarda aholi 
    bilan bo„layotgan ochiq muloqotlarda bоt-bоt tilga olina boshlandi. 
    Davlatimiz rahbari uchrashuvlarda mamlakatimizda elektr uzatish tizimi eskirganligi, bu tizimni 
    tubdan isloh qilish va tamoman yangilash vaqti kelganini ta‟kidladi.Aholini uy-joy bilan ta‟minlash 
    masalasi ham jiddiy muammoga aylangan edi. Qurilayotgan yangi namunaviy uylar aholiga ma‟qul 
    bo„layotgan bo„lsa-da, uy-joy qurish sur‟atlari aholining tabiiy ko„payishiga nisbatan ancha ortda 
    qolayotgandi. 
    Harakatlar strategiyasining to„liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila munosib yashash 
    sharoitlariga ega bo„ladi, aholining uy-joy, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan 
    ta‟minlanish darajasi tubdan o„zgaradi. 
    Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarni jadal rivojlantirish, 
    ma‟naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda tutadi.Bozor iqtisodiyotining o„zgaruvchan tabiati 
    mamlakatimiz shahar va hududlariga ham o„z ta‟sirini o„tkazdi. Kichik shaharlardagi yuzlab ishlab 
    chiqarish obyektlari turli sabablarga ko„ra o„z faoliyatini to„xtatdi. Minglab ishchilar, mutaxassislar o„z 
    kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o„zgartirishga majbur bo„ldi. 
    Harakatlar strategiyasida hududlarni manzilli rivojlantirish, har bir shahar va tumanni maqsadli 
    barqaror taraqqiy ettirish, bo„sh yotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon 
    bag„ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta‟minlash masalasi ilgari surilmoqda. 
    Mamlakatimizda qishloq xo„jaligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eski turdagi 
    xo„jaliklarning tugatilishi va ularning o„rniga zamonaviy fermer xo„jaliklarining tashkil etilishi muhim 
    tarixiy voqea bo„ldi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko„pi yashaydigan qishloq aholisi hayotida 
    ham jiddiy o„zgarishlar yuz berdi. Istiqbolli fermer ho„jaliklari tashkil etildi. Natijada ilgari 1000 gektar 
    yerda band bo„lib kelgan 1500-2000 odam o„rniga fermer xo„jaligining 50-100 a‟zosi bemalol oldingi 
    darajadan kam bo„lmagan, balki ko„proq mahsulot tayyorlay boshladi. Minglab odamlar dehqonchilik, 
    yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug„ullanish imkoniyatiga ega bo„ldi. Ammo ayrim yoshlar stixiyali 
    tarzda xorij davlatlariga ish izlab ketishni ma‟qul ko„rdi. Buning oqibatida ular tili, dini, ma‟naviyati va 
    siyosati o„zgacha bo„lgan muhitga tushib qoldi. 
    Harakatlar strategiyasida ana shunday ijtimoiy asoratlarni bartaraf etish, qishloq hayotini normal 
    izga tushirish, bandlikni ta‟minlash, chet elga maqsadsiz ketib qolgan yoshlarni Vatanga qaytarish va 
    ular uchun munosib hayot va faoliyat tarzini yaratish vazifalari qo„yilgan.Shu kunlarda mamlakatimizda 
    yuritilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o„rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlarining 
    bitiruvchilarini ish bilan ta‟minlashga oid davlat siyosatining zamirida odamlarning bandligi, shu asosda 
    xalqimiz farovonligiga erishish turibdi.Bu Harakatlar strategiyasining yo„nalishlariga mosdir. 
    Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda 
    insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning 
    barqaror taraqqiyoti uchun mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o„z 
    faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas‟uliyat va tashabbuskorlik 
    fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy mas‟uliyat, tashabbuskorlik hamda 
    fidoyilik fazilatlari Vatanni chin dildan sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi. Shu boisdan 
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “har qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi 
    tashkil etadi”, deb alohida qayd etdi. 
    Harakatlar strategiyasi nafaqat tashqi investitsion siyosatni faollashtirish, balki inson ichki 
    imkoniyatlarini yanada to„laroq ro„yobga chiqarish ishlariga alohida e‟tibor qaratadi. “Bu siyosatning 


    asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har qanday fuqaroga o„zining kuch va imkoniyati, qobiliyat va 
    salohiyatini ro„yobga chiqarish uchun keng sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz zarur”, deb 
    ta‟kidladi Prezidentimiz. 
    Bugun taraqqiyotning makroiqtisodiy ko„rsatkichlari mikroiqtisodiy natijalar hamda jamiyat 
    turmush tarzi bilan moslashmoqda. Odamlarning orzulari ularning imkoniyatlariga mos bo„lmoqda. 
    Arzon uy-joylar, tibbiy, farmatsevtik, ijtimoiy xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda. 

    Download 218.12 Kb.
      1   2




    Download 218.12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-mavzu. Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Maqsad

    Download 218.12 Kb.
    Pdf ko'rish