|
1-mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari Reja
|
bet | 7/22 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #142450 |
Bog'liq maruza 1Pedagogik mahorat (A.S.Belkin, V.I.Zagvyazinskiy, N.P.Lebednik, L.A.Zyazyun, T.F.Kuzmina, N.V.Kuxarev, S.B.Yelkanov, A.K. Markova);
Pedagogik ijod (V.V.Belich, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.D.Nikandrov, A.K.Markova, T.V.Frolova, T.Kaloshina, G.F.Poxmelkina, S.Yu.Stepanov);
Novatorlik (V.I.Zagvyazinskiy, A.K.Markova);
Kasbiy bilimdonlik (I.A.Zyazyun, N.P.Lebednik, A.K.Markova);
Faoliyat uslubi (A.K.Markova);
Innovatsion faoliyat (E.P.Morozov, P.I. Pidkasistiy, N.V.Yusufbekova);
Pedagogik texnologiya (N.Ye.Shurkova, V.Yu.Pityukov, .A.Osipova);
Mahorat (N.V. Kuzmina, T.V.Frolova, T.Yu.Kaloshina, G.F.Poxmelkina, S.Yu.Stepanova).
Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma’no va mazmun tomonlariga ega.
Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta’rifining yo‘qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko‘p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta’riflarda urg‘u shaxsga beriladi va shu tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
I.A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial yetukligi va kasbiy mahoratining o‘zaro bog‘liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial yetuklikka yerishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich yegallanadi. Sotsial yetuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo‘ladi.
Bo‘lg‘usi pedagogning sotsial yetuklik komponentlariga ushbular kiradi:
• sotsial o‘z-so‘zini belgilash - o‘zining pedagogik qobiliyatlari va e’tiqodini namoyon qilish;
• sotsial faollik — odamlar bilan ishlay olish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
• sotsial masuliyat - o‘qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
Pedagogik mahorat komponentlari. N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, I.A.Zyazyun, V.I.Zagvyazinskiy, G.I.Xozyainov, T.F.Kuzina, A.I.Myashenko, N.P.Lebednik, T.Noyner, Yu.K.Babanskiy, N.V.Kuxarevlarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. Ular pedagogik mahoratning asosiy yo‘nalishlarini muayyan mantiqiy izchillikda belgilab berdilar.
Pedagogik mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka yo‘nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi, pedagog shaxsi taalluqlidir.
|
| |