• TATU Nurafshon filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, PhD S.O.Mahmudov
  • Hozirgi kunda yurtimizda yoshlar orasida intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda




    Download 35,5 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi35,5 Kb.
    #232791
    Bog'liq
    diplom taqriz


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    O‘rolov Shohjahon Ilhomjon o‘g‘lining


    Zakovat” klubining iOS ilovalarini ishlab chiqish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
    T A Q R I Z
    Hozirgi kunda yurtimizda yoshlar orasida intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Bunga sabab hukumatimiz tomonidan bunday o‘yinlar va musobaqalarga nisbatan rag‘batlantirishning kuchayib borayotganligidir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi ““Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarorida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratishga, yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar o‘tkazishga va intellektual o‘yinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual o‘yinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borishga e’tibor qaratilgan.
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundan iboratki, “Zakovat” intellektual o‘yinining yurtimiz hududida ommalashishi barcha hududiy klublarni tizimlashtirishni taqozo qiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Zakovat” intellektual klubining barcha hududiy klublarini tizimlashtiruvchi mobil ilova haqida so‘z boradi.
    Bitiruv malakaviy ishining 1-bobida mobil ilovalarni ishlab chiqishdagi asosiy omillar va ularning texnik asoslari yoritilgan.
    Bitiruv malakaviy ishining 2-bobida intellektual o‘yin bilimdonlari uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot va klublar ishini tizimlashtirish masalalari haqida so‘z boradi.
    Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida ilovaning ishlab chiqilishi uchun texnologiya tanlash hamda “Zakovat koordinatori” ilovasining ishlab chiqilishi, undan foydalanish yoritilgan.
    Bitiruv malakaviy ishining 4-bobida hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya masalalari yoritilgan.
    Ushbu bitiruv malakaviy ishining barcha bo‘lim va tuzilishini to‘liq ko‘rib chiqilgan holda mobil ilovalarning ishlab chiqishdagi imkoniyatlarning yoritilganligi va kross-platforma uchun ilova yozishning qulay yo‘llari taklif qilinganligi alohida e’tiborga loyiq. Bitiruv malakaviy ishining kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

    • tizimlashtirishdagi ba’zi masalalarga to‘liq yondashilmaganligi;

    • dastur kodlarida bir qancha qismi optimallashtirilmaganligi;

    Ushbu kamchiliklar bajarilgan bitiruv malakaviy ishini baholashga ta’sir qilmaydi. Bitiruv malakaviy ishi 5330500-Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi, bitiruvchi O‘rolov Shohjahon Ilhomjon o‘g‘li bakalavr darajasini olishga loyiq.


    TATU Nurafshon filiali
    Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha
    direktor o‘rinbosari, PhD S.O.Mahmudov
    Download 35,5 Kb.




    Download 35,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi kunda yurtimizda yoshlar orasida intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda

    Download 35,5 Kb.