O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija




Download 1,39 Mb.
bet86/109
Sana25.01.2024
Hajmi1,39 Mb.
#145749
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109
Bog'liq
Mажмуа соҳаданики

14-MAVZU:

Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo`lgan nutq ko`rinishidir.
1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnga savollar tuzing.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi.
Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.

Uslub –
so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir.

Shu yo`l bilan ayni bir jumlada qo`shimcha uslubiy (modal) mazmun ham ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Bu jumlada so`zlovchi suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o`z mehribonligini ham ko`rsatmoqchi.

Uslubshunoslik uslub, sinonimiya, so`z, so`z birikmasi va gapning ana shu qo`shimcha (modal) ma’nosini o`rganadi.


Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so`zlar va h.k.) orqali ifodalanadi. Hamma so`z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma’lum bir nutq uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daraxt va shunga o`xshash so`zlar o`z asl ma’nosida biror uslubga betaraf so`zlardir.Ular nutqning biror turini tashkil etishi uchun ko`chma ma’noda qo`llanishi kerak. Qalami o`tkir. Hasratim bir kitob bo`ladi. Daraxt bir joyda ko`karadi kabi. Tilimizda barcha uslublarda teng qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so`zlar ham mavjud.



Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo`ladi: har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o`z nutq uslubi bo`ladi. Shunga ko`ra, uslub, avvalo, so`zlashuv va yozma nutq uslublariga bo`linadi.


Download 1,39 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109




Download 1,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija

Download 1,39 Mb.