6.5.2-rasm. Adobe Flash dasturining uskunalar satri.
173
6.5-jadval. Adobe Flash dasturining uskunalar satri instrumentlari vazifasi
174
Adobe Flash
dasturining jihozlar panelida tasvirlarni chizish va
ularga rang berish hamda matnli ma’lumotlarni yozish uchun mo`ljallangan
uskunalar joylashtirilgan bo`lib, u to`rt qismdan iborat:
1.
Tools
- bu qismda to`g`ri chiziq, egri chiziq, aylana, ellips, to`rtburchak chizish,
matn yozish, belgi va shakllarni belgilash, chizilgan shakllarni o`chirish ishlarini
amalga oshirish mumkin.
2.
View
- bu qismda ishchi sohadagi tasvirlarni ko`rish va boshqarish mumkin.
3.
Colors
- bu qismda chizilgan shakllar chegarasi va sohalariga rang
berish mumkin.
4.
Options
- bu qismda ba’zi bir tanlangan jihozlar uchun qo`shimcha
parametrlarni o`rnatish elementlari joy lashtirilgan.
Qo`shimcha parametrlar bo`lmagan uskunalar uchun Options maydoni
bo`sh qoladi.
Adobe Flash
dasturida grafik obyektlarning qo`shimcha
imkoniyatlarini tahrirlash uskunasining Properties bo`limida amalga oshirish
mumkin.
Adobe Flash
dasturida yaratilgan web-sahifalarga tayyor rasmlarni
joylashtirish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
File
—>
Import
—>
Import to stage...
yoki
Ctrl+R
tugmalarni bosish orqali
rasm joylashtirilgan joy tanlanadi va kerakli rasm belgilanib,
Открыть
tugmasi
bosiladi. Rasmning o`lchamlari Properties bo`limining
W:
va
H:
qatoridan
foydalanib o`zgartiriladi.
Adobe Flash
dasturida har xil belgi, qo`shimcha tugmalar
va
web-sahifaga
kalendar
joylashtirish
uchun
Windows
—>
Components
ketma-ketlik tanlanadi.
Web-sahifalarga mo`ljallangan animatsiyalar yaratishda
Adobe Flash
dasturidan foydalanish samarali hisoblanadi.
Adobe Flash
dasturida eng sodda
animatsiyalar yaratishni bir nechta bosqichlarda amalga oshirish mumkin.
Murakkab animatsiyalar yaratish uchun sizdan biroz vaqt talab etiladi.
Animatsiyalar yaratishda qavat
Layer
va kadrlar
Frame
dan foydalaniladi.
|