|
Piksel
— kompyuter ekrannining eng kichik nuqtasi.
Uy sahifasiBog'liq Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanmaPiksel
— kompyuter ekrannining eng kichik nuqtasi.
Uy sahifasi
— brauzer tomonidan dastur yuklangandan so`ng terminalda paydo
bo`ladigan web-sahifaning, portalning, majmuaning birinchi sahifasi.
Elektron katalog
— mijozlar va hamkorlar uchun mahsulot hamda xizmatlar
haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olgan axborot tizimi. Ishlab chiqaruvchilar va
xaridorlar orasida qo`shimcha axborot almashuviga imkon beradi. Elektron
kataloglar elektron savdo tizimida keng qo`llaniladi.
Elektron jurnal
— Internet tarmog`i orqali tarqatilayotgan turli mavzudagi nashr.
Monoxromatik nur
— spektri birgina to`lqin uzunligi mos kelgan bitta chiziqdan
iborat bo`lgan nurlanish.
Lazer
— monoxromatik nurlanishning ancha sifatli manbayidir. Xuddi shu sababli
uning nurini fokusda yig`ish oson kechadi.
Mengamer ranglar
— spektrlari har xil, ammo bir xil rang beruvchi nurlar.
Kolorimetriya
— rang va uni o`lchash bilan shug`ullanadigan fan.
Fraktal
— lotincha Fractus so`zidan olingan va «qismlardan tuzilgan» ma’nosini
anglatadi.
Fraktal grafika
— bu grafika vositasida shakllangan tasvirlar ham xuddi vektorli
grafika kabi matematik hisoblurga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida hech
qanday obyekmi saqlamasligi bilan undan farq qiladi. Tasvir tenglama (yoki
tenglamalar tizimi) bo`yicha quriladi. Shuning uchun formulalardan boshqa hech
narsani saqlash kerak emas.
Vektorli grafika
— bu grafika vositasida shakllangan tasvir sodda grafik obyektlar
to`plamidan tuzilgan bo`lib, uning tipik elementiga mos keladi. Vektorli tasvirning
asosiy elementi chiziq bo`lib hisoblanadi.
Rastrli grafika
— bu grafika vositasida shakllangan tasvir asosan elektron va
poligrafiya nashriyotlarida qo`llaniladi. Rastrli tasvir ikki o`lchovli massiv
(matritsa) ko`rinishdagi nuqtalar to`plamidan iborat bo`lib, ular piksellar deb ataladi.
Rastrli tasvirning eng kichik elementi peksildan iborat.
|
| |