Web-sayt statistikasi — saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo`limlar
eng ko`p mashhur bo`lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi.
Web-sayt tuzilmasi — web bog`lamasi sahifalari orasidagi aloqalar to`plami.
Web-sahifa — Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy
birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web saytlar esa o`z navbatida sahifalardan
iborat deyish mumkin. Fizik nuqtai nazardan u HTML fayldir.
Web-hujjat — odatda maxsus HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat.
Web-hujjat Umumjahon tarmog`i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat
bo`lib, foydalanuvchiga ajratib ko`rsatilgan so`z yoki jumlaga qaratib,
ma’lumotlarni o`qish. hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan giperhavola
yordamida bog`langan boshqa web-hujjatga o`tish imkonini beradi. Web-hujjat,
shuningdek, matn, tasvir. tovush, videolarni mujassamlovchi gipermuhit
ma’lumotni ham o`z ichiga olishi mumkin.
Video ma`ruza — interfaol bo`lmagan video material ko`rinishida taqdim etilgan
o`quv materiali ko`rinishi.
Gipermedia — turli ma’lumotlarni kompyuterda ifodalash. Bunda ajratilgan
tushunchalar, obyektlar va bo`limlar orasidagi ma’noli bog`lanishlar avtomatik
tarzda quvvatlanadi. Barcha turdagi axborotlami ifodalash texnologiyasi. Ifoda
o`zaro assotsiativ bog`langan, nisbatan katta bo`lmagan bloklar shaklida bo`ladi.
Gipermedia gipermatnga o`xshash. ammo, bogianadigan bloklar sifatida matn
parchalari emas, balki ixtiyoriy formatdagi ma’lumotlar, grafik tasvirlar,
videokliplar, tovush fayllari va shu kabilar bo`lishi mumkin.
Giperhavola — bir elektron axborot obyektidan boshqasiga havola (masalan,
matndan eslatmaga yoki adabiyotlar ro`yxatiga, bitta entsiklopedik maqoladan
boshqasiga).
Gipermatn — hujjatlar o`rtasidagi aloqa (giperhavola) yordamida ma’lumotni
taqdim etish usuli. Unda o`quv materiali elektron shaklda interfaol matn sifatida
giperhavolalar bilan bog`lanadi.
Dasturiy kod — bu kompyuter dasturi bo`lib, belgilangan dasturlash tilida tegishli
pedagogik va texnologik ssenariy asosidagi algoritm bo`yicha yoziladi. Dyuym
185
(niderlandcha duim — katta barmoq) - yevropaning metrli bo`lmagan o`lchov
tizimlarida ishlatiladigan o`lchov birligi. Tarixdan esa dyuym — katta erkak
kishining katta barmog`i enini bildiradi. Bugungi kunda kompyuter grafikasidagi
o`lchov birligi hisoblanib, 1 dyuym 2,54 santimetrga teng.