|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. ZaripovBog'liq Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanmaIchki web-sayt
— tashkilot doirasida yaratilgan va faqat o`sha tashkilot ichki
tarmog`idan foydalanish mumkin bo`lgan web-sayt.
Interaktiv dastur
— interfaol dasturiy modul (test o`tkazish, modellash,
imitatsiya).
Kompyuter grafikasi
— kompyuterlar yordamida tasvirlarni yaratish va ishlov
berish texnologiyasi. Hisoblash texnikasidan grafik tasvirlarni yaratish, ularni turli
vositalar orqali aks ettirish (masalan, monitor ekranida va joyini, shaklini
o`zgartirish maqsadida foydalanish) sohasi. Kompyuterlar, tasvirlarning sintezi
hamda real dunyodan olingan vizual axborotga ishlov berish uchun ishlatiladigan
faoliyati turi. Ushbu faoliyatning mahsuloti ham kompyuter grafikasi deb ataladi.
Korporativ portal
— ichki foydalanish uchun mo`ljallangan korporativ websayt.
U kompaniya xodimlariga korporativ axborotga, elektron tijorat maydonchalariga
(ta’minotchilar. mijozlar bilan o`zaro harakat va boshqalar), hamda cheklangan sonli
tashqi veb-saytlardan foydalanishni taqdim qiladi.
Kompyuter testlash tizimi
— bir tomondan bilim oluvchining o`zini-o`zi nazorat
qilish imkonini bersa, ikkinchi tomondan esa joriy, oraliq va yakuniy baholashga
imkon beradigan o`quv resurslardir.
Multimedia
— inglizchadan olingan bo`lib, multi — «kо`р» va media —
«tashuvchi muhit» ma’nolarni bildiradi. Axborotni turli shakldagi tashuvchilar
boimish tovush, tasvir va matnlar birikmasi. Vizual va audio effektlarning o`zaro
muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda namoyon bo`ladi. Odatda bu
matn, tovush va grafikaning. so`nggi vaqtlarda esa animatsiya va videoning ham
birlashishini bildiradi.
Multimedia web
-bog`lamalari va ixcham disklarning tavsifi, agar eng muhimi
bo`lmasa, xususiyatli giperhavolardir. Multimedia (multimedia vosita) - turli tipdagi
matn, rasm, chizma, jadval, diagrantma. fotosurat, video va audio fragmentlar kabi
186
ma’lumotlarni raqamli ko`rinishda yaratish. saqlash, qayta ishlash va ijro qilishning
kompyuterli vositalari.
|
| |