• Blok-uchastka
  • Yon yo‘l
  • Yuk vagonlari
  • Yo‘lovchi vagonlari
  • Havo oralig‘i (izolyasiyalangan tutashish)
  • Yordamchi post
  • 5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi




    Download 37,09 Kb.
    bet1/8
    Sana27.06.2024
    Hajmi37,09 Kb.
    #265934
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    АТАМАЛАР


    5-BO‘LIM. QO‘LLANILGAN ATAMALAR

    Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi - signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida (автоматическая локомотивная сигнализация как самостоятельное средство сигнализации и связи (АЛС)). Poyezdlarning peregondagi harakati lokomotiv svetoforlari signallari orqali amalga oshiriladigan tizim, bunda blok-postlarning belgilangan chegaralari ajratilgan punktlar hisoblanadi.
    Blok-uchastka (блок-участок). Avtoblokirovka yoki signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo‘llanadigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyada o‘tish svetoforlari (blok-uchastka chegaralari) yoki o‘tish svetofori (blok-uchastka chegarasi) va stansiya bilan chegaralangan stansiyalararo peregonning bir qismi.
    Yon yo‘l (боковой путь). Harakat tarkibi bu yo‘ldan harakatlanayotganida o‘tkazuvchi strelka bo‘yicha chetga chiqadi.
    Poyezdni alohida hushyorlik bilan boshqarish (ведение поезда с особой бдительностью). Lokomotiv brigadasining poyezd harakatlanish sharoitlariga doimiy e’tiborda bo‘lishi.
    Yuk vagonlari (вагоны грузовые). Yuk tashishga mo‘ljallangan vagonlar. Ularga yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, sisternalar, yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan vagonlar: bunker turidagi vagonlar, termoslar, refrijerator vagonlar, ARV lar, don tashigichlar, transportyorlar, konteyner tashigichlar, shuningdek, yuk vagoni turidagi maxsus vagonlar kiradi
    Yo‘lovchi vagonlari (вагоны пассажирские). Yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan vagonlar. Ularga shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmatchi-texnik (xizmatchi vagonlari, klublar, sanitar, sinov, o‘lchov, laboratoriyalar va boshqa yo‘lovchi turidagi maxsus) vagonlar kiradi.
    Havo oralig‘i (izolyasiyalangan tutashish) (воздушный промежуток (изолирующее сопряжение)). Kontakt tarmog‘i qo‘shni uchastkalarining elektr izolyatsiyasi (tok bo‘linmasi) bilan tutashishi. Izolyatsiyalovchi tutashish shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibi pantografi undan o‘tayotganda, tutashuvchi uchastkalar elektrga ulanadi.
    Yordamchi post (вспомогательный пост). Yo‘l rivojlanishiga ega bo‘lmagan va faqat shahobcha yo‘lining birikish punktiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan peregondagi post.

    Download 37,09 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi

    Download 37,09 Kb.