|
Yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar harakati
|
bet | 7/8 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 37,09 Kb. | | #265934 |
Bog'liq АТАМАЛАРYo‘lovchi poyezdlarining tezyurar harakati. Yo‘lovchi poyezdlarining 141-160 va 161-200 km|soat tezlik intervallaridagi harakati.
Maxsus harakat tarkibi (специальный подвижной состав). Temir yo‘lda yuradigan yo‘ldan olinmaydigan harakatchan birliklar - qor tozalagichlar, qor kuragichlar, shag‘al tozalaydigan mashinalar, ballastyor, yo‘l yotqizgichlar, yuk ko‘tarish kranlari, drezina va hokazolar.
Uzoqqa cho‘zilgan pasayish (спуск затяжной). Tiklik va masofaning quyidagi qiymatlariga mos keladigan pasayish:
Tiklik Masofa
0,008 dan 0,010 gacha 8 km va ko‘p
0,010 dan 0,014 gacha 6 km va ko‘p
0,014 dan 0,017 gacha 5 km va ko‘p
0,017 dan 0,020 gacha 4 km va ko‘p
0,020 dan va undan tikroq 2 km va ko‘p
Yo‘naltiruvchi pasayish (спуск руководящий). Tikligi bo‘yicha eng tik pasayish bo‘lib (egrililarning qarshiligini hisobga olganda), uzunligi kamida tormoz yo‘liga teng bo‘ladi.
Stansiya (станция). Yo‘llari poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish, uchrashtirish va quvib o‘tish operatsiyalarini, yuklarni qabul qilib olish, berish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini bajarishga imkon beradigan darajada rivojlantirilgan, yo‘l qurilmalari rivojlantirilgan sharoitda esa - poyezdni tarqatish va tuzish bo‘yicha manyovr ishlarini hamda poyezdlar bilan texnik operatsiyalarni bajarishga qodir bo‘lgan alohida punktdir.
I l o v a. Qoidalar matnida yo‘l rivojlanishiga ega bo‘lgan yoki navbatchi xodimlar xizmat ko‘rsatadigan (stansiya, raz’ezd, quvib o‘tish punkti, yo‘l posti) alohida punktlar haqida gapirilganda “Stansiya” yoki "Stansiya navbatchisi" kabi umumiy atamalar qo‘llanilgan. Qaysi alohida punkt haqida gap ketayotganini aniq ko‘rsatish kerak bo‘lgan vaziyatlar bundan mustasno.
Stansiya markazlashtirish posti (станционный пост централизации). Stansiyadagi post bo‘lib, unda markazlashtirilgan strelka va signallar guruhini boshqarish to‘plangan.
Stansiya yo‘llari (станционные пути). Stansiya chegaralaridagi yo‘llar: asosiy yo‘llar, qabul qilish-jo‘natish yo‘llari, saralash, yuk ortish, tushirish, tortish yo‘llari, depo (lokomotiv va vagon xo‘jaligi) yo‘llari, birlashtirish yo‘llari (alohida parklarni birlashtiruvchi, konteyner punktlariga, yoqilg‘i omborlariga, bazalariga, saralash platformalariga, tozalash punktlariga, yuvish punktlariga olib boruvchi, vagonlarni dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi), harakatdagi tarkibni ta’mirlovchi va boshqa operasiyalarni bajaruvchi), shuningdek, nomlari o‘zlari bajarayotgan operasiyalarga muvofiq ataluvchi boshqa yo‘llar.
Strelka (стрелка). Strelka o‘tkazgichning bir qismi bo‘lib, ramali relslar, ostryaklar va o‘tkazish mexanizmidan iborat, qo‘zg‘aluvchan o‘zakli krestovina mavjud bo‘lganida strelka tushunchasiga krestovina ham kiradi.
|
| |