• Yuk ortish gabariti
  • Harakat tarkibining gabariti
  • Asosiy yo‘llar
  • Yuk poyezdining indeksi
  • Yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakati




    Download 37,09 Kb.
    bet2/8
    Sana27.06.2024
    Hajmi37,09 Kb.
    #265934
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    АТАМАЛАР

    Yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakati. Yo‘lovchi poyezdlarining 201-250 km|soat tezlik intervallaridagi harakati.
    (5-bo‘limga to‘qqizinchi abzats "O‘zdavtemiryo‘lnazorat" DI boshlig‘ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug‘iga muvofiq qo‘shilgan).
    Yuk ortish gabariti (габарит погрузки). Chegaraviy (yo‘l o‘qiga tik) ko‘ndalang o‘lcham bo‘lib, unda to‘g‘ri gorizontal yo‘lga qo‘yilgan ochiq harakat tarkibida o‘rnatilgan yuk (mahkamlanishi va o‘ralishi hisobga olinganda) chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak.
    Ochiq turdagi harakatlanuvchi tarkibda tashish mumkun bo‘lmagan nogabarit yuklar, O‘TY AJ da o‘rnatilgan nogabarit yuklarni tashish tartibiga muvofiq tashiladi.
    Harakat tarkibining gabariti (габарит подвижного состава). Chegaraviy (yo‘l o‘qiga tik) ko‘ndalang o‘lcham bo‘lib, unda to‘g‘ri gorizontal yo‘lga qo‘yilgan yukli tarkib ham, bo‘sh tarkib ham chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak.
    Qurilmalarning yaqinlashish gabaritlari (габарит приближения строений). Chegaraviy (yo‘l o‘qiga tik) ko‘ndalang o‘lcham bo‘lib, uning ichiga inshoot va qurilmalarning biror qismi kirmasligi kerak.
    Harakat tarkibi bilan bevosita tutashmada bo‘lishi uchun mo‘ljallangan qurilmalargina (ish holatidagi vagon sekinlatkichlari, mahkamlagichlari bilan kontakt simlari, suv olishda kolonkaning buriladigan qismi) bundan mustasnodir.
    Asosiy yo‘llar (главные пути). Peregonlar va stansiyalarning yo‘llari bo‘lib, yondosh peregonlarning bevosita davomi hisoblanadi va odatda, strelka o‘tkazgichlarda chetga burilmaydi.
    Stansiya navbatchisi (дежурный по станции). Stansiya boshlig‘ining almashib turadigan yordamchisi bo‘lib, stansiyaning asosiy va qabul qilish-jo‘natish yo‘llarida (manyovr dispetcheri yo‘q yo‘llarda qolgan yo‘llar bo‘yicha ham) harakat tarkibining harakatlanishi, poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborish bo‘yicha yakka o‘zi harakat qatnashchilariga buyruq beradi.
    Yuk poyezdining indeksi (индекс грузового поезда). 10 raqamdan iborat, barcha yuk poyezdlarini shakllantirish stansiyalarida beriladi. Birinchi to‘rt raqam poyezd tuzilish stansiyasining yagona tarmoq belgilanishi (ESR), keyingi ikki raqam - ushbu stansiyada tuzilgan tarkibning tartib raqami, oxirgi to‘rt raqam - poyezdning etib borish stansiyasining yagona tarmoq belgilanishini bildiradi.

    Download 37,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakati

    Download 37,09 Kb.