|
3-Amaliy mashg’ulot Elektr apparatlar kontaktlari tuzilishining tuzilishi bilan tanishish
|
bet | 1/3 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 146,84 Kb. | | #132831 |
Bog'liq 3-amaliy
3-Amaliy mashg’ulot
Elektr apparatlar kontaktlari tuzilishining tuzilishi bilan tanishish.
Qo’lda va avtomatik boshqarilganda elektr zanjirlarn uchirib- yoqish uchun muljallangan kommutatsion va elektro mexanik elementlarda asosiysi kontakt uzel hisoblanadi. Kontakt uzellar ishonchliligi xar bir kommutatsion apparaturalar ishini belgilaydi.
Kontakt uzel xarakatchan va xarakatlanmaydigan kontaktlardan tashkil topgan. Ushbu kontaktlar yopik va ochik xolatda bo’lishi mumkin. Kontakt uzellarining ishonchligi xar qanday kommutatsion apparatlarning ishlash kobiliyatini belgilaydi. Yopik xolatda kontaktlar orasidagi qarshilik kuchsiz bo’lishi kerak. Ushbu qarshilik kontaktni o’tishning qarshiligi deb ataladi. Kontaktli o’tishni kichik qarshiligini taьmirlash uchun kontaktlar tutashuv maydonini kamaytirish lozim. Ammo kontaktlar yuzasini kanchalik silliqlamaylik baribir kichik chukurchalar buladi.(rasm. 1). SHuning uchun real kontaktdagi yuzaning maydoni kontaktlar maydonidan kichik. Real kontaktdagi yuzani kengaytirish uchun kontaktlarni bir biriga sikadigan kuch bo’lishi kerak. Birinchi vaqtda kontanklar yakinlashganda ular fakat bir nuktada tutashadi. (rasm 1,a), uning maydoni juda kichik, kontaktli o’tish qarshiligi yukori. Siqish kuchi F, kichik maydonda katta solishtirma bosimni xosil qiladi, bu esa kontakt materiollarini pachoklanishiga tutashish maydoni kengayishiga va boshqa yangi tutashish nuktalari xosil bo’lishiga olib keladi. (rasm. 1,b)
a) b) v)
Rasm.1 Rejim kuchiga karab kontaktli o’tish karshligini o’zgarishi.
Solishtirma bosim kamayadi va bu bosim material pacholklanishga chidamlilik nuktasiga tenglashganda kontaktlar yakinlashuvi va material pachoklanish jarayoni tuxtaydi. Kontaktli o’tishni RK solishtirma kontakt bosimiga Fyd (rasm. 1) bog’liqligi shuni kursatadi Fyd oshishi maьlum doiragacha mumkin, bunda Rk tutashuv kontakt materiallarini minimal darajada elektr utkazishga yakin bo’lsa. Yo’piq kontaktlar orkali tok utadi, ular ajraltb chikadigan issiqlik kontaktli o’tishdagi quvvatning yukolishiga (kamayishiga) muvofik buladi: Rk = I2RK. SHunig uchun kontaktlar orkali utadigan ruxsat etilgan darjadagi tok kontaktlarining termik chidamliligi va issiqlik kaytarish sharoitlariga bog’lig buladi, ya’ni kontaktlarning tuzilishi va ulchamlariga bog’liq.
Ochik xolatda kontaktlar qarshiligi cheksizlikka intilishi kerak, bu yesa kontakt orlaigi va kontaktlar orasidagi masofadgi muxitni ximoya qiladi. Ochik xolatda kontaktlar atrof muxitga kimyoviy taьsir kursatadi, ya’ni korroziyagi uchraydi.Bu korroziya oksid (xavo kislorodi taьsirida) va sulьfid ( xavo kislorodi taьirida ) va sulьfid (xavo oltingugurt taьsirida) plyonka xosil qilishidan iborat. Ayrim materiallarda (masalan misda) ushbu plyonka katta qarshilikka ega, bu esa kontaktlar yonilganda kontaktli o’tish qarshiligini oshishiga olib keladi.
Kontaktlani eng kiyin ishlash rejimi elektr zanjirlar ochilishi btlan bog’liq, chunki bunda kontaktlar ochilganda ular orasida yelektr yoy xosil buladi. SHunday kilib, kontaktlar shu jarayonida mexanik yemirilishiga, kimyoviy korroziyaga va elektrik erroziyaga uchraydi. Ushbu nojuya taьsirini kamaytirish uchun kontaktlar va ularning materiallarini tugri tanlash lozim.
|
| |