|
Poyezdlarning o‘ta jadal harakati
|
bet | 4/8 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 37,09 Kb. | | #265934 |
Bog'liq АТАМАЛАРPoyezdlarning o‘ta jadal harakati (особо интенсивное движение поездов). Grafik bo‘yicha yo‘lovchi va yuk poyezdlarining harakatlari (jami) miqdori bo‘lib, ikki yo‘lli uchastkalarda bir kecha-kunduzda 100 juftdan va bir yo‘lli uchastkalarda 48 juftdan ortiqroq miqdorga to‘g‘ri keladi.
Alohida yo‘l belgilari (особые путевые знаки). Temiryo‘l uchun ajratilgan joy chegaralari, strelka raqami ko‘rsatkichi, yo‘lovchi binosining o‘qi belgisi, tarmoq yo‘l binolaridagi belgilar, aylana egrilarining boshi va oxirgi reperlari, shuningdek, o‘tish egriliklarining boshi, o‘rtasi va oxirgi reperlari, tuproq ko‘tarmaning ko‘rinmaydigan qurilmalari, suvning eng yuqori gorizonti va to‘lqinning maksimal balandligi.
Muhofaza strelkasi (охранная стрелка). Poyezdlarni qabul qilish yoki jo‘natish marshrutini tayyorlashda, harakat tarkibining tayyorlangan marshrutga chiqish ehtimolining oldini olish vaziyatiga o‘rnatiladigan strelka.
Yo‘lovchilarga mo‘ljallangan to‘xtash punkti (пассажирский остановочный пункт). Yo‘l rivojlanishiga ega bo‘lmagan peregondagi yo‘lovchilarni tushirish va chiqarishga mo‘ljallangan punkt (alohida punkt hisoblanmaydi).
Peregon (перегон). Temir yo‘lning qo‘shni stansiyalar, raz’ezdlar, o‘zib o‘tish punktlari yoki yo‘l postlari bilan chegaralangan qismi.
Pereezd (переезд). Temir yo‘lning bir sathda avtomobil hamda tramvay yo ‘llari bilan kesishib o‘tgan joyi.
Harakat tarkibi (подвижной состав). Lokomotivlar, vagonlar va motorvagonli harakat tarkibining umumiy nomi.
Itaruvchi lokomotiv (подталкивающий состав). Ayrim peregonlarda yoki peregonning bir qismida yetakchi lokomotivga yordam berish uchun jo‘natiladigan lokomotiv (poyezd oxiridan).
Shahobcha yo‘llar (подъездной путь). Alohida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar (zavodlar, fabrikalar, shaxtalar, konlar, yog‘och-torf ishlab chiqaruvchilar, elektr stansiyalari, tortish nimstansiyalari va hokazolar) ga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan, uzluksiz temir relslar bilan temir yo‘llarning umumiy tarmog‘iga ulangan, temir yo‘lga yoki korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga tegishli yo‘llar.
Poyezd (поезд). Vagonlarning tuzilgan va tirkalgan tarkibi, bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotivi yoki motorli vagonlari, belgilangan signallari bo‘ladi. Peregonga jo‘natiladigan vagonsiz lokomotivlar, motorli vagonlar, avtomotrisalar va yo‘ldan olinmaydigan turdagi drezinalar ham poyezd deb qaraladi.
|
| |