|
5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi
|
bet | 5/8 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 37,09 Kb. | | #265934 |
Bog'liq АТАМАЛАРYuk-yo‘lovchi poezdi (поезд грузо-пассажирский). Poyezd kam yuradigan uchastkalarda yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun yuk va yo‘lovchi vagonlardan tuziladi.
Uzun tarkibli yuk poyezdi (поезд грузовой длинносоставный). Bunday poyezdning uzunligi (shartli vagonlar hisobida) shu poyezd o‘tadigan uchastkada harakat grafigiga ko‘ra belgilangan eng katta me’yordan ham ortib ketadi.
Og‘irligi oshirilgan yuk poyezdi (поезд грузовой повышенного веса). Og‘irliga 6 ming tonnadan ortiq yuk poyezdi, tarkib boshida, o‘rtasida va oxirida hamda tarkibning oxiridan uchdan bir qismida bir yoki bir nechta ishlab turgan lokomotivi bo‘ladi.
Uzunligi oshirilgan yuk poyezdi (поезд грузовой повышенной длины). Uzunligi 350 o‘q va undan ortiq bo‘lgan yuk poyezdi.
Birlashtirilgan yuk poyezdi (поезд грузовой соединенный). O‘zaro tirkalgan bir yoki bir necha yuk poyezdlaridan tuzilgan bo‘lib, har qaysi poyezd boshida ishlab turgan lokomotivlari bo‘ladi.
Og‘ir yukli yuk poyezdi (поезд грузовой тяжеловесный). 100 tonna va undan ortiq og‘irlikka mo‘ljallangan tegishli rusumdagi lokomotivlar uchun og‘irligi shu poyezd o‘tadigan uchaskalardagi harakat grafigida ko‘rsatilgan og‘irlikdan ortib ketadigan poyezd.
Odam tashish poyezdi (поезд людской). Yuk poyezdi bo‘lib, unda odamlar band qilgan o‘nta va undan ortiq vagonlari bo‘ladi.
Yo‘lovchilar poyezdi (поезд пассажирский). Yo‘lovchilar, bagaj va pochta tashish uchun mo‘ljallangan, yo‘lovchi parki vagonlaridan tuziladi. Yo‘lovchi poyezdlari qatnaydigan yo‘li bo‘yicha uzoqqa qatnaydigan (700 km va undan ortiq), mahalliy (700 km gacha) va shahar atrofiga qatnaydigan (150 km gacha) poyezdlarga bo‘linadi.
Uzun tarkibli yo‘lovchilar poyezdi (поезд пассажирский длинносоставный). Uzunligi ayni poyezdni turish sxemasida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi.
Uzunligi oshirilgan yo‘lovchilar poyezdi (поезд пассажирский повышенной длины). Tarkibida 20 dan ortiq vagonli yo‘lovchi poyezdi.
|
| |