• Poyezd signallari
  • Yo‘l belgisi
  • Maxsus yo‘llar
  • Raz’ezdlar
  • Manyovrlar rahbari
  • Signal belgisi
  • 5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi




    Download 37,09 Kb.
    bet6/8
    Sana27.06.2024
    Hajmi37,09 Kb.
    #265934
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    АТАМАЛАР

    Birlashgan yo‘lovchilar poyezdi (поезд пассажирский соединенный). Ikkita yo‘lovchi poyezdidan tuzilgan, o‘zaro tirkalgan, ikkala poyezd boshida ishlab turgan lokomotgivlari bo‘lgan poyezd.
    Pochta-bagaj poyezdi (поезд почтово-багажный). Asosan pochta va bagajni tashish uchun mo‘ljallangan yo‘lovchi vagonlari, shuningdek, ayrim yo‘lovchi vagonlaridan tuziladi.
    Poyezd signallari (поездные сигналы). Poyezdlar, lokomotivlar va boshqa harakatlanadigan birliklarni belgilashda qo‘llanadi.
    Muhofaza berk yo‘li (предохранительный тупик). Harakat tarkibining poyezdlarning yurish marshrutiga chiqib ketishining oldini oladigan berk yo‘l.
    Yo‘l belgisi (путевой знак). Temir yo‘l liniyalarining profilini va uzunligini bildiruvchi doimiy ko‘rsatkich.
    Yo‘l posti (путевой пост). Temir yo‘l liniyalardagi yo‘li rivojlanmagan alohida punkt (yarim avtomatik blokirovkalashdagi blokpost, ikki yo‘lli qo‘ymali bir yo‘lli peregondagi yondosh post, temir yo‘l uzeli atrofidagi post va h.k.)
    Maxsus yo‘llar (пути специального назначения). Peregon va stansiyalarda muhofazalash berk yo‘llari va shahobcha yo‘llar.
    Alohida punkt (раздельный пункт). Temir yo‘l liniyalarini peregon va blok-uchastkalarga bo‘luvchi punkt.
    Raz’ezdlar (разъезды). Bir yo‘lli liniyalardagi alohida punkt bo‘lib, poyezdlarning uchrashuvi va quvib o‘tishi uchun mo‘ljallangan rivojlangan yo‘lga ega bo‘ladi.
    Refrijeratorli poyezd (рефрижераторный поезд). Refrijeratorli vagonlardan tuzilgan poyezd.
    Manyovrlar rahbari (руководитель маневров). Manyovrda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning harakatlariga bevosiga rahbarlik qiluvchi xodim, manyovrni o‘tkazayotgan mashinist uning ko‘rsatmasi bo‘lmasa, lokomotivlarni harakatga keltira olmaydi.
    Ishlar rahbari (руководитель работ). Mas’uliyatli shaxs, unga temir yo‘llarda, inshoot va qurilmalarda ishlarga rahbarlik qilish topshirilgan bo‘ladi.
    Signal (signal). Shartli ko‘rinadigan yoki tovushli signal bo‘lib, uning yordamida ma’lum buyruq beriladi.
    Signal belgisi (сигнальный знак). Shartli ko‘rinadigan belgi bo‘lib, uning yordamida xodimlarning ma’lum toifasiga buyruq beriladi. Signal belgilariga chegara ustunchalari, stansiya chegarasini ko‘rsatuvchi belgi, hushtak chalinishi, tok uzilishi yoki ulanishini ko‘rsatuvchi belgilar va b. kiradi.

    Download 37,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi

    Download 37,09 Kb.