|
5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi
|
bet | 3/8 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 37,09 Kb. | | #265934 |
Bog'liq АТАМАЛАРPoyezdlarning jadal harakati (интенсивное движение поездов). Yo‘lovchi va yuk poyezdlarining grafik bo‘yicha bir kecha-kunduzda ikki yo‘lli uchastkalarda 50 juftdan ortiq va bir yo‘lli uchastkalarda 24 juftdan ko‘p harakatlanish miqdori (jami).
Kontakt tarmog‘i (контактная сеть). Elektr energiyasini tortish nim stansiyadan elektr bilan harakatlanadigan tarkibning pantografiga uzatishni ta’minlovchi elektr simlar, tuzilmalar, jihozlar majmui.
Lokomotivlar (локомотивы). Elektrovozlar, teplovozlar, gazturbovozlar, parovozlar, motovozlar.
Lokomotiv brigadasi (локомотивная бригада). Lokomotivlar, shuningdek, motorvagon poyezdlarga xizmat ko‘rsatish uchun tayinlanadigan xodimlar.
Kam ishlaydigan uchastkalar (малодеятельные участки). Yo‘lovchi va yuk poyezdlari grafik bo‘yicha (jami) bir kecha-kunduzda ko‘pi bilan 8 juft miqdorda o‘tadigan uchastkalar.
Manyovr tarkibi (маневровый состав). Manyovrlarni amalga oshiruvchi lokomotiv bilan o‘zaro ulashtirilgan vagonlar guruhi.
Postlararo peregon (межпостовой перегон). Yo‘l postlari yoki yo‘l posti va stansiya bilan chegaralangan peregon.
Stansiyalararo peregon (межстанционный перегон). Stansiyalar, raz’ezdlar va quvib o‘tish punktlari bilan chegaralangan masofa.
Motorvagonli harakat tarkibi (моторвагонный подвижной состав). Motorli va tirkama vagonlar bo‘lib, ulardan motorvagonli poyezdlar (elektr poyezdlar, dizel-poyezdlar), shuningdek, avtomotrisalar tuziladi.
Neytral qo‘yma (нейтральная вставка). Ikki havo oralig‘idagi (tutashmalarni izolyatsiyalovchi) kontakt osma uchastkasi bo‘lib, unda kuchlanish bo‘lmaydi. Neytral qo‘yma shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibining pantograflari undan o‘tayotganda tutashuvchi uchastkalarning izolyasiyasi ta’minlanadi.
Quvib o‘tish punkti (обгонный пункт). Ikki yo‘lli liniyalardagi alohida punkt bo‘lib, yo‘llari soni ko‘p bo‘ladi va shu sababli poyezdlarning quvib o‘tishini va zarur bo‘lib qolganda, poyezdni bir asosiy yo‘ldan ikkinchi yo‘lga o‘tishini ta’minlaydi.
«Okno» (darcha). Ta’mirlash, qurilish ishlarni olib borish uchun peregon bo‘yicha, peregonning yoki stansiyaning alohida yo‘llarida poyezdlar harakati to‘xtatiladigan vaqt oralig‘i.
|
| |