Mavzu: Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish




Download 467,52 Kb.
bet1/7
Sana12.02.2024
Hajmi467,52 Kb.
#155260
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dachiklar


Mavzu: Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish.
Reja;

  1. Kirish

  2. Datchiklar, ishlash prinsiplari, xususiyatlari
    va tavsiflari

  3. Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi datchiklar.

  4. Yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish

  5. Xulosa

  6. . Foydalanilgan adabiyotlar





1.Kirish
Zamonaviy temir yo‗l transporti ishida uchastkadagi poyezdlarning harakatini shiddatkorona oshirishni avtomatika va telemexanika qurilmalarini qo‗llamasdan tasavvur qilish, ya‘ni, tashish va yo‗lning o‗tkazish qobiliyatini oshirish bilan birga, harakatlanuvchi poyezdlarning xavfsizlik darajasini ko‗tarish, xizmatchi xodimlar mehnatiga qulaylik yaratish hamda ishlab chiqarishning unumdorligini oshirish mumkin emas.
Harakatni tashkil etuvchi va boshqaruvchi zamonaviy xodim avtomatika tizimini, uning imkoniyatini, ishlash tamoyillarini va ekspluatatsiya xususiyat- larini bilishi zarur. Poyezdlar harakatini boshqarish uchun, harakat xavfsiz, iqtisodli va samarali bo‗lishini ta‘minlaydigan, texnik vositalarni ishlatishni bilishi kerak.
Temir yo‗l paydo bo‗lishi bilan birgalikda poyezdlarning harakat xavfsizligini ta‘minlash zaruriyati ham paydo bo‗ldi. Dastlab poyezdlarning harakat jadvaliga qat‘iy rioya etish va tezligini chegaralashga o‗tdilar. Keyinchalik poyezdlar harakatini tartibga solish telegraf va telefon aloqalari orqali amalga oshirildi.
Harakatlanayotgan poyezdga har xil topshiriq va buyruqlar o‗tkazish ehtiyoji, temir yo‗llarda ilk bor boshqarish qurilmalar sifatida maxsus signallar ishlatilish- ning asosi bo‗ldi. Boshidan oddiy signal qurilmalari sifatida semafor qo‗llanildi, keyinchalik svetofor joriy qilindi, qaysiki temir yo‗lda asosiy signal bo‗lib qoldi.
Transport, signallashtirish va signal asboblarining rivojlanishi bilan birga- likda, strelka va signallar orasidagi o‗zaro bog‗lanishlarni hisobga olgan holda, bir joydan boshqarish uchun qurilmalar tuzildi. Bunday qurilmalar strelka va signal- larni markazlashtirish qurilmalari deyiladi.
Dastlab paydo bo‗lgan mexanik markazlashtirgich borgan sari oshib borayot- gan tashish hajmini ta‘minlay olmadi va shuning uchun releli apparaturada quril- gan birmuncha samarali va mukammal bo‗lgan elektr markazlashtirgichga almash- tirildi.
Yo‗l uchastkasining bir joyidan (punktdan) poyezdlar harakatini boshqarish uchun dispetcherli markazlashtirish tuzildi. Bunday boshqarish bir yo‗llik liniya- larda ayniqsa samarali, chunki ikkinchi yo‗l qurilmasa ham uchastka o‗tkazish qobiliyati oshib boradi.
Hozirgi vaqtda 300 km gacha va undan ortiq masofali uchastkalarda harakat- lanayotgan poyezdlarni boshqarishga, juda ishonchli va tez ishlaydigan temir yo‗l dispetcherlik markazlashtirgich tizimi imkon beradi.
Temir yo‗l uchastkalarida o‗tkazish qobiliyatini oshirish uchun stansiya va oraliq yo‗llardagi (peregondagi) poyezdlar harakatini boshqarish uchun avtomatik tizimlar kerak bo‗ladi, shuning uchun markazlashtirgich tizimlari bilan bir vaqtda band bo‗lgan peregondagi uchastkani qayd qilishni va to‗sishini ta‘minlash hamda shu bilan poyezd harakatining xavfsizligini ta‘minlaydigan yo‗l blokirovkasi tizimini shakllantirdi.
Oddiy blokirovka tizimlariga elektr jezlli va yo‗l yarim avtomatik blokirovka taalluqli hisoblanadi. Lekin bu tizimlar peregon o‗tkazish qobiliyatini sezilarli darajada oshirishga yo‗l qo‗ymaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda shiddatli hara- kat bo‗lgan uchastkalarda faqat avto to‗xtatgich bilan avtomatik lokomotivli signa- lizatsiya qo‗shimcha qurilmasi bo‗lgan avtomatik blokirovka qo‗llanmoqda.
Bu qurilmalarning keng qamrovli rivojlanishi 60-yillardan boshlandi. Stan- siyalardagi elektr markazlashtirgich va peregonlardagi avtomatik blokirovka quri- lishi shiddatli olib borildi.
Avtomatik lokomotivli signalizatsiya keng joriy qilindi. Mexanizatsiya va saralash tepachasining avtomatlashtirilishi keng yoyildi. Hozirgi vaqtda dispetcher- lik markazlash va respublika barcha temir yo‗llaridagi poyezdlar harakatini dispet- cherlik boshqaruv tizimlari keng qamrovda tashkil etilgan. Yaqin kelajakda temir yo‗l avtomatika va telemexanika qurilmalarini mikroprotsessor va mikroelektron element bazalari asosida qo‗llanishi va joriy etilishi nazarda tutilgan.



Download 467,52 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 467,52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish

Download 467,52 Kb.