|
Mavzu: Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish
|
bet | 5/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 467,52 Kb. | | #155260 |
Bog'liq dachiklar2.9-rasm. Magnitaviy tepki
Shunday qilib, NA holatiga qarab yo‗l
bo‗lagining bo‗sh yoki bandligi haqida fikr yuritish mumkin.
2.9-rasmda tasvirlangan magnitaviy datchik yo‗lning ma‘lum nuqtasidan vagonlarning skat (g‗ildirak) lari o‗tishligini qayd etadi. Bunday datchik kontaktsiz
magnitaviy tepki deb atladi, hamda DM doimiy magnitdan, Ch cho‗lg‗amdan, va NA nazoratchi apparatdan iborat bo‗ladi. Tepkini rels yaqiniga joylashtirishadi. Tepkiga g‗ildirak yaqinlashib kelganida DM magnit apparatidagi magnit maydon parametrlari o‗zgaradi.
Natijada Ch cho‗lg‗amda elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil bo‗lib, undan tok oqa boshlaydi, buni esa NA qayd etadi.
3. Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi datchiklar.
Datchiklar yordamida obyektlarni aniqlash usullarining tasniflanishi. Aniq- lash tizimlari turli mezonlar bo‗yicha tasniflanishi mumkin. Harakat tarkibini hisobga oluvchi datchiklar uchun obyektni aniqlash muhim mezon hisoblanadi. Bu obyektlar quyidagilar bo‗lishi mumkin:
Harakat tarkibining alohida g‗ildiragi yoki g‗ildirak juftligi;
Harakat tarkibining kuzov birligi;
Harakat tarkibining boshqa passiv qismlari, masalan tramvay pantografi;
Harakat tarkibida o‗rnatilgan aktiv rasmiy talab etuvchi yoki javob beruv- chi qurilmalar.
Bortdagi kommunikatsion qurilmalarni qo‗llovchi tizimlar, identifikatsiyalash (aynan o‗xshatish) raqamini yoki poyezdning boshqa identifikatsiya belgilarini biluvchilarga va tarmoq bo‗yicha poyezdlar anonim (nomini yashirib) harakat- lanuvchilarga bo‗linishi mumkin.
Obyektlarni aniqlash uchun texnik tarkibiy qismlar quyidagilarga bo‗linadi:
Yo„l datchiklari (aktiv elementlar). Ushbu kategoriyaga (toifaga) ko‗pgina aniqlash tizimlar taalluqli;
Bortdagi datchiklar (aktiv elementlar). Bu kategoriyaga, masalan, sputnik yordamida poyezd turgan joyni aniqlash tizimi va poyezdning oxirgi vagonini hisobga olish tizimilari taalluqli.
Qurilmalar ta‘sir etish hududlari bo‗yicha quyidagi kategoriyalarga bo‗linadi:
Nuqtali aniqlash;
Bir o‗lchamlik (chiziqli) aniqlash;
Ikki o‗lchamli (hududiy) aniqlash;
Uch o‗lchamlik (fazoviy) aniqlash.
Nuqtali ta‟sir etuvchi g„ildirak datchiklari. Nuqtali yo‗l datchiklari nafaqat yo‗lning ma‘lum nuqtasidan o‗tgan poyezdni aniqlaydi, balki o‗qlarni hisoblash tizimida uchastkaning bo‗shligini ham nazorat qilishga ishlatsa bo‗ladi. Ular relsli yo‗lda harakat tarkibining harakatini yo‗naltirilganlik xususiyatini qo‗llaydi va tashqi obyektlarni emas balki, harakat birligining g‗ildiragini aniqlaydi.
Mexanik datchiklar. Mexanik datchiklar azalgi qurilmalar hisoblanadi. Odatda ularni relsning ichki yoki tashqi tomonlariga o‗rnatiladi (2.10 va 2.11- rasmlar).
|
| |