|
Datchiklar, ishlash prinsiplari, xususiyatlari va tavsiflari
|
bet | 2/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 467,52 Kb. | | #155260 |
Bog'liq dachiklar2.Datchiklar, ishlash prinsiplari, xususiyatlari va tavsiflari
Avtomatika va telemexanika tizimlarida datchiklar boshlang‗ich yoki o‗lcha- gich element vazifalarini bajarishadi. Ular yordamida avtomatik tizimlar tashqi axborotni olishadi. Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishining tegishli asosiy ko‗rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta‘sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda be
shikastlikka, kichik o‗lcham va og‗irlikka, hamda past narxga ega bo‗lishlari kerak.
Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorining o‗zga- rishiga ta‘sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o‗zgartiradi. Bu miqdor, shunga o‗xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So‗ng- ra esa, bu datchikni ijrochi qismiga ta‘sir etib, chiqish y signalini shakllantiradi. Kirish x miqdorining fizikaviy tarkibiga qarab – elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar – tok, kuchla- nish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar harorat va issiqlik miqdo-rini; mexanik datchiklar – kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar – nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar – tovush kuchi, uning chastotasini, quv- vatini; suyuqlik va gaz datchiklari – bosim va tezlikni o‗lchashadi.
Har bir turdagi datchiklarni, o‗z navbatida, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo‗yicha ham tasniflashadi, ya‘ni guruhlarga bo‗lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va fotomexanik guruhlarga bo‗lisha- di. Datchiklarning boshqacha ya‘ni chiqish turi bo„lib, uning miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. Chiqish miqdori – elektr bo‗lgan datchiklar, ya‘ni qarshilik, induktivlik, sig‗im, tok, kuchlanish, faza, chastota datchiklari eng ko‗p tarqalgan.
Datchiklar kirish x signalini son va turi bo„yicha o„zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o„zgartiradigan datchiklar, kirish x signalni bevosita chiqish y signaliga o‗zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o‗zgartiruvchi qismlarga hojati
x-y o‗zgartirishning ko‗rinishi bo‗yicha, datchiklar ikki guruhga: uzluksiz va diskret (uzlukli) o‗zgartiruvchilarga bo‗linadi. Uzluksiz o‗zgaradigan datchiklar o‗lchagich bo‗lib hisoblanadi. Ularda x ning uzluksiz o‗zgarishiga, y ning uzluksiz o‗zgarishi to‗g‗ri keladi. Ko‗pincha, diskret ishlaydigan datchiklar diskret obyekt- lar holatini, ya‘ni chekli holatga ega obyektlarni nazorat qilishadi. Nazorat qilinadigan ko‗pchilik obyektlar ikki pozitsiyaga ega, ya‘ni ―ulangan‖ va ―uzilgan‖ holatlarga ega bo‗lishadi. Ana shu sababli, diskret datchiklarning chiqish miqdor- lari y = 0 yoki y = 1 bo‗ladigan ikkilik axborot datchiklari hisoblanadi.
Yarim o‗tkazgichlar texnikasining rivojlanishi va hozirgi avtomatik tizimlarda mikroprotsessorlar va kompyuterlarning keng qo‗llanishi tufayli, datchiklar taraq- qiyotida yangi g‗oya va yo‗nalishlar paydo bo‗ldi. Bu rivojlanish xususiyatlari, datchiklarni mikroprotsessorlar va kompyuterlar bilan birga ishlashini belgila- moqda. Ana shu sababli, zamonaviy datchiklarning muhim sifati bo‗lib, integral bajarilgani hamda kichik o‗lchamlarga egaligi hisoblanadi. Ushbu xususiyatlari
tufayli, bitta korpusda bir nechta datchiklarni joylashtirish va bu bilan bir vaqtning o‗zida bir nechta fizikaviy miqdorlarni o‗lchaydigan birikma datchik yaratish imkoni tug‗ildi.
Bevosita o„zgartiradigan datchiklar. Bevosita o‗zgartirgich datchikka misol bo‗lib, tenzodatchik (2.4-rasm, a) hisoblanadi. Ular detallar yuzasidagi deforma- tsiyalar va mexanik kuchlanganliklarni o‗lchashga ishlatiladi.
Tenzodatchikni П shaklida yuqori solishtirma qarshilikka va kichik diametrga (0,006…0,020 mm) ega (konstantan) sim S dan tayyorlashadi. Simni zich va teng sirtmoq ko‗rinishida, ingichka qog‗oz varaqlari orasida joylashtirib, ularni yelimla- shadi. Sim uchlari mis simlarga payvandlanib, ular yordamida tenzodatchik o‗lcha- gich sxemaga ulanadi.
Tenzodatchik detal yuzasiga mahkam yopishtiriladi va u bilan birga deforma- tsiyalanadi. Qarshilikning nisbiy o‗zgarishi R/R, deformatsiyaga l/l va detal yuzasini kuchlanganligiga proporsionaldir,
R k l
R l
undagi k – o‗zgarmas miqdor. Demak, tenzodatchikda mexanik kattalik (deforma- tsiya), bevosita elektr (qarshilik) miqdorga aylantiriladi.
|
| |