• Strelkali o‘tkazgich
  • Strelkali post
  • Yo‘ldan olib qo‘yiladigan qo‘zg‘aluvchan birliklar
  • Xizmatchi tormozlash
  • Tormozlash yo‘li
  • Tutib qoluvchi berk yo‘l
  • 5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi




    Download 37,09 Kb.
    bet8/8
    Sana27.06.2024
    Hajmi37,09 Kb.
    #265934
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    АТАМАЛАР

    Markazlashtirilmagan strelka (стрелка нецентрализованная). Ostryaklari o‘tkazish mexanizmlari yordamida, bevosita strelka yonida o‘tkaziladigan strelka.
    Markazlashtirilgan strelka (стрелка централизованная). Ostryaklari (qo‘zg‘aluvchan o‘zakli krestovina bo‘lganida o‘zak ham) bitta markaziy punktdan turib boshqariladigan maxsus qurilma yordamida o‘tkaziladigan strelka.
    Strelkali o‘tkazgich (стрелочный перевод). Harakat tarkibini bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga o‘tkazuvchi qurilma. Strelka o‘tkazgichlar strelka, krestovina va ular orasidagi birlashtiruvchi yo‘llardan iborat bo‘ladi. Krestovinalarning o‘zaklari qo‘g‘zaluvchan va qo‘zg‘almas bo‘lishi mumkin.
    Strelkali post (стрелочный пост). Markazlashtirilmagan boshqarishdagi bitta yoki bir nechta strelkali o‘tkazgichlar bo‘lib, ularga strelkali postning bitta navbatchisi xizmat ko‘rsatadi.
    Strelka rayoni (стрелочный район). Qo‘shni strelkali postlar guruhidan iborat bo‘lib, strelka postining bitta katta navbatchisi nazoratida turadi.
    Yo‘ldan olib qo‘yiladigan qo‘zg‘aluvchan birliklar (съемные подвижные единицы). Temir yo‘ldan olib qo‘yiladigan drezinalar, elektrlashtirilgan uchastkalardagi ta’mirlash minoralari, yo‘l vagonchalari, yo‘l o‘lchagichlar, defektoskop va boshqa aravachalar hamda qo‘zg‘aluvchan birliklar bo‘lib, ular xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan qo‘lda ko‘tarib olib qo‘yilishi mumkin.
    Xizmatchi tormozlash (торможение служебное). Oldindan belgilangan joyda poezdni to’xtatish yoki tezlikni kamaytirish uchun har xil kattalikdagi bosqichlar bilan tormozlash.
    Shoshilinch tormozlash (торможение экстренное). Poyezdni zudlik bilan to‘xtatish talab etiladigan hollarda qo‘llaniladigan tormozlash, bunga magistralni shoshilinch ravishda razryadlash, yani ichidagi havo bosimini keskin pasaytirish yo‘li bilan erishiladi, bunda eng katta tormozlash kuchiga erishiladi.
    Tormozlash yo‘li (тормозной путь). Mashinist kranini yoki shoshilinch tormozlash kranini tormozlash vaziyatiga o‘tkazgan paytdan poyezd to’liq to‘xtagunga qadar bosib o‘tgan masofa. Tormozlash yo‘llari tormozlash turiga ko‘ra (xizmatchi, to‘liq xizmatchi va shoshilinch tormozlash) farqlanadi.
    Qiyalik (уклон). Temir yo‘l bo‘ylama profilining elementi bo‘lib, gorizontal chiziqqa nisbatan qiy joylashgan bo‘ladi. Pastki nuqtadan yuqori nuqtagacha qarab harakatlanayotgan poyezd uchun qiyalik “ko‘tarilish” deb, yuqori nuqtadan pastki nuqtaga qarab harakatlanayotgan poyezd uchun “pasayish” deb yuritiladi.
    Tutib qoluvchi berk yo‘l (улавливающий тупик). Uzoqqa cho‘ziladigan qiya yo‘l bilan tushishda boshqaruvni yo‘qotgan poyezd yoki poyezdning bir qismini to‘xtatib qolish uchun mo‘ljallangan berk yo‘l.
    Download 37,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-bo‘lim. Qo‘llanilgan atamalar avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi

    Download 37,09 Kb.