|
4-mavzu. Matn turlari va tarkibi. Matn tahlili va tahriri
|
bet | 1/3 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 33,06 Kb. | | #125512 |
Bog'liq 4-mavzu. Matn turlari va tarkibi. Matn tahlili va tahriri
4-mavzu.Matn turlari va tarkibi.
Matn tahlili va tahriri
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa,narsa
Buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn tuzilishi 2 xilbo‘lib, ular mikro matn va makro matndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan,mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikro matnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makro matn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea -hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir.Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2)adabiy–badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasirivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarashmumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davriva Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
D
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
ialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi.Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillarbilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
|
| |