• II. BOB. UCHUNCHI SINF MАTЕMАTIKА DARSLIKLARI MAZMUNINI O`RGANISHNING AMALIY METODLARI
  • Mavzu: Uchinchi sinfda o'tiladigan tarkibli masalalar turlari va ular ustida ishlash Reja: kirish I bоb. Boshlang`ich sinflarda mаtеmаtikаni o`qitishning ilmiy jihatlari




    Download 36,98 Kb.
    bet1/9
    Sana18.12.2023
    Hajmi36,98 Kb.
    #122394
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Uchinchi sinfda o\'tiladigan tarkibli masalalar turlari va ular ustida ishlash


    Mavzu: Uchinchi sinfda o'tiladigan tarkibli masalalar turlari va ular ustida ishlash
    Reja:
    KIRISH
    I BОB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MАTЕMАTIKАNI O`QITISHNING ILMIY JIHATLARI
    1.1. Ta`lim jarayonida matematika faning o`rni
    1.2. Uchunchi sinflarda matematika fani bo’yicha o’quv reja va dasturlarining hozirgi holatini o’rganish
    1.3. Uchunchi sinfda to`rt xonali sonlarni o’qitish tizimi
    II. BOB. UCHUNCHI SINF MАTЕMАTIKА DARSLIKLARI MAZMUNINI O`RGANISHNING AMALIY METODLARI
    2.1. Hisoblashning qulay usullarini o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi
    2.2. III sinfda o'rganiladigan murakkab masalalar tizimi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    KIRISH
    Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan masala hisoblanadi. Hozirgi davrda yangilanayotgan talim tizimida yakuniy natija, bevosita talim-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan o’qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga borib taqalaveradi. Talim zimmasiga qo’yilayotgan ulkan vazifalar esa talim berishga munosabatni, yondoshuvni o’zgartirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat va yondoshuvni o’zida mujassam etishi lozim bo’lgan yangi pedagogik texnologiya xususida bir qancha maqsadlar elon qilindi. Shu sababli ham birinchi navbatda umumtalim maktablarida talim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasini kiritish g’oyasi kun tartibi qo’yildi.
    Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
    O’qituvchining kasb mahorati, quruq andozalardan kechib, davr talablari darajasida ishlay olishi, ma’naviy yetuklik darajasi xalq ta’limi oldiga ulkan vazifalarni hal etishda yordam beradi. Har tomonlama ma’naviy etuk shaxs vatanimiz istiqloli mohiyatini chuqur his etadi, uni mustahkamlash, Vatan millati shuhratini olamga etish uchun bor kuch va bilimini ishga soladi.
    O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. Chunonchi, bu borada Respublikamiz birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yosh аvlоdni bilimli kоmil insоn qilib tаrbiyalаsh to’g’risidаgi, kеlаjаk yosh аvlоd qo’lidа ekаnligi ular bir necha jihatga ega bo`lish lozimligini ta`kidlaydi, ya`ni: “ - o`z haq-huquqini taniydigan bo`lsin, buning uchun kurashsin; - o`z kuchi va inkoniyatlariga tayanadigan bo`lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko`rsin degan fikrlarni aytib o`tgan
    Ayniqsa, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi dars samaradorligini oshirish ustida tinimsiz ishlashi, o’quvchilardagi qobilyaT.: layoqat nishonalarini va uni o’stirish yo’llarini izlash zurur deb o’ylayman. Bizning fikrimizcha, boshlang’ich sinfdan boshlaboq o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, yangiliklar yaratishga o’rgatish lozim. Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan har bir fanlarni hayot bilan bog’liq, hayotiy muammolarni yechishga o’rgatadigan bo’lsa, o’quvchida ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantiradi.
    Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g`urur va iftixor bag`ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan ta`lim-tarbiya bo`yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur”.


    Download 36,98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 36,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Uchinchi sinfda o'tiladigan tarkibli masalalar turlari va ular ustida ishlash Reja: kirish I bоb. Boshlang`ich sinflarda mаtеmаtikаni o`qitishning ilmiy jihatlari

    Download 36,98 Kb.