II. BOB. UCHUNCHI SINF MАTЕMАTIKА DARSLIKLARI MAZMUNINI O`RGANISHNING AMALIY METODLARI




Download 36,98 Kb.
bet6/9
Sana18.12.2023
Hajmi36,98 Kb.
#122394
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uchinchi sinfda o\'tiladigan tarkibli masalalar turlari va ular ustida ishlash

II. BOB. UCHUNCHI SINF MАTЕMАTIKА DARSLIKLARI MAZMUNINI O`RGANISHNING AMALIY METODLARI
2.1. Hisoblashning qulay usullarini o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi
Ming ichida yozma qo’shish va ayirishni o’zlashtirish bu amallarni istagan kattalikdagi sonlar ustida muvaffaqiyatli bajarish shartidir, Agar o’quvchilar ming mavzusidagi materialdan yozma qo’shish va ayirishning to’liq bilim hamda, malakalarini egallashsa, u holda keyinchalik ularni mustaqil ravishda yangi sharoitlarda — ko’p xonali sonlar bilan amallar bajarishda qo’llana oladilar.
Yozma qo’shish va ayirish ketma-ket o’rganiladi.
Yozma qo’shishni (ustun qilib) bajarishda avval ikki xonali sonlarni qo’shish bir qator qilib bajariladi, keyin ustun shaklida bajariladi.
Faraz qilaylik, doskada 32+45 misoli yozilgan bo’lsin. Bu sonlarning yig’indisi qanday topiladi? O’quvchi bunday mulohaza yuritadi: 32 ga 45 ni qo’shish kerak. 32— bu 30 bilan 2, 45 esa 40 bilan 5. O’nliklarni qo’shamiz (30+ 40=70), keyin birliklarni qo’shamiz (2+5=7), umumiy yig’indini topamiz (70 + 7=77), ya’ni u amalda yig’indini yig’indiga qo’shish amalini bajaradi: 32+45=(30+2)+(40+5)=(30+40)+(2+5)=70+7= =77.
Mulohazalar o’tkazgandan so’ng shu misol ustun shaklida yechiladi:
Amalni ustun shaklida bajarib, bolalar birliklarni birliklarga, o’nliklarni o’nliklarga qo’shish qulay ekani haqida bemalol xulosa chiqarishadi.
+32
45
77
O’qituvchi doskaga yangi 532+145 misolini yozadi va uni ham avvalgi misol kabi (32+45) yechish mumkinligini tushuntiradi.
532+145=(500+30+2)+(100+40+5)=(500+100)+(30+40)+(2+5) =600+70+7=677.
Bu yerda yuzliklarni yuzliklar bilan, o’nliklarni o’nliklar bilan, birliklarni birliklar bilan qo’shilganini tushuntirib, o’qituvchi bu misolni ustun shaklida yozishni taklif etadi. Avval birinchi qo’shiluvchini yozamiz. Unda nechta yuzlik bor? Nechta o’nlik bor? Nechta birlik bor? Uning ostiga ikkinchi qo’shiluvchini yozamiz. Ikkinchi qo’shiluvchini birinchi qo’shiluvchi ostiga qanday yozamiz?
Albatta, yuzliklarni yuzliklar ostiga, o’nliklarni o’nliklar ostiga birliklarni birliklar ostiga yozamiz. Qanday qo’shamiz? Albatta, birliklarni birliklar bilan, o’nliklarni o’nliklar bilan, yuzliklarni yuzliklar bilan qo’shamiz. 2 birlikka 5 birlikni qo’shamiz, 7 birlik hosil bo’ladi. Chiziqcha ostidagi yig’indida birliklar o’rniga 7 ni yozamiz. 3 ta o’nlikka 4 ta o’nlikni qo’shamiz. 7 ta o’nlik hosil
+532
145
677
bo’ladi. Yig’indida o’nliklar o’rnida 7 ni yozamiz. 5 ta yuzlikka 1 ta yuzlikni qo’shamiz, 6 ta yuzlik hosil bo’ladi. Yig’indida yuzliklar o’rnida 6 ni yozamiz: yig’indi 677 ga teng.
Bolalar bunday misollarning ustun shaklida yozilishini va ularning yechilishini birlashtirishni (562+416, 2 birl.+b birl.=8 birl; 6 o’nl. + 1 o’nl.=7 o’nl., 5 yuzl.+4 yuzl.=9 yuzl. yig’indi—978) o’zlashtirishadi, yozma qo’shish birliklardan boshlanishini yozishadi.
Keyingi darsda bolalar o’nlikdan o’tmasdan uch xonali sonlarni ayirish bilan tanishadilar.
__ 679
434
9 birlikdan 4 birlikni ayiramiz, 5 birlik chiqadi. 4 ni chiziqcha ostida ayirmada birliklar o’rniga yozamiz. 7 o’nlikdan 3 o’nlikni ayiramiz. 4 o’nlik chiqadi. Ayirmada o’nliklar o’rniga (xonasida) 4 ni yozamiz, 6 yuzlikdan 4 yuzlikni ayiramiz, 2 yuzlik hosil bo’ladi. Ayirmada yuzliklar o’rniga 2 ni yozamiz. Ayirma 245 ga teng bo’ladi.
Uch xonali sonni ikki xonali songa qo’shishga katta ahamiyat beriladi. Masalan: 52+931. Bu yerda bolalarni sonlarni to’g’ri yozishga o’rgatish muhimdir.
\



Download 36,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 36,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. UCHUNCHI SINF MАTЕMАTIKА DARSLIKLARI MAZMUNINI O`RGANISHNING AMALIY METODLARI

Download 36,98 Kb.