|
I BОB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MАTЕMАTIKАNI O`QITISHNING ILMIY JIHATLARI
|
bet | 2/9 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 36,98 Kb. | | #122394 |
Bog'liq Uchinchi sinfda o\'tiladigan tarkibli masalalar turlari va ular ustida ishlashI BОB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MАTЕMАTIKАNI O`QITISHNING ILMIY JIHATLARI
1.1. Ta`lim jarayonida matematika faning o`rni
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi demokratik davlat sifatida shakllana boshlagach, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy, ma’daniy va ma’rifiy sohalarning barchasida tub o’zgarishlar yuz berdi. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosini yoshlar ta’lim – tarbiyasi belgilashi islohotlarning ustuvor yo’nalishini tashkil etadi. Shuning uchun mamlakatimiz aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etar ekan ularning ma’naviy komolotini ta’minlaydigan uzluksiz ta’lim tizimi mutloqo yangicha fikrlaydigin, faol, tashabbuskor, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lgan, har bir narsa hodisa jarayon to’g’risida erkin fikrlay oladigan barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek qator me’yoriy hujjatlarda va O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni , Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da turli fanlarni jumladan matematika fanini o’qitishning sifatini oshirish bilan birga o’quvchilarning tafakkurini, shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirish masalalari belgilab berilgan. Boshlang’ich sinflarda har qanday o’quv predmeti kabi matematika predmeti ham ta’limiy, tarbiyaviy, amaliy vazifalarni hal qilishi kerak. Matematika o’qitishning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda hasoblash, o’lchash va grafika ko’nikmalarining ma’lum aniq tizimini hosil qilishdan iborat
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, Shu bilan birga odatda, ular bir qiymatli echimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyati uchun eng yaroqli echimini tez topa olishi uchun bu soxada etarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lishi talab etiladi.
Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi)
2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim olish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak) ya`ni, o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak?
4.O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish)
5.Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish).
|
| |