• XULOSA III.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Kirish
  • Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish




    Download 42,42 Kb.
    bet1/11
    Sana17.06.2024
    Hajmi42,42 Kb.
    #264165
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish


    Mundarija


    KIRISH
    Asosiy qism
    I.O‘quv jarayonlarini tashkil qilish.
    I.1.O‘quv dasturining tuzilish printsiplari.
    I.2. Kimyo fanining ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan dasturlari.
    I.3. O‘quv qo‘llanmalar, o‘quv ishini rejalashtirish, yillik reja.
    I4.Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakllari.
    II.XULOSA
    III.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


    Kirish
    Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilimlar va kasb – hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi.
    Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug` ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, Xudo xohlasa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bo`ladi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev
    “2017 – 2021 – yillarda oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko`rsatish va moliyalashtirishning qo`shimcha manbaalarini izlashda oliy o`quv yurtlarining vakolatlarining kengaytirish yo`li bilan ularning mustaqilligiga bosqichma – bosqich rivojlantirilib boriladi”.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev. “Ta`lim sohasida olib borilayotgan ishlar” yuzasidan yig`ilishi 8.10.2017
    Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “2017 – 2021 yillarga mo‘ljallangan Нarakatlar strategiyasi” da «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan, sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish», «prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish» va «mamlakatda oziq-ovqat havfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish»ga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan.[1]
    “Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq to‘lashni belgilash tizimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi topshirildi.
    Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda iqtidorli yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan o‘tishini, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada o‘qishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan takliflar kiritish topshirilmoqda.
    Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida korxonalarning buyurtmasiga asosan, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiradigan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan, yagona soliq to‘lovidan, maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lov va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi.
    Ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi — ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.
    Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

    Download 42,42 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 42,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish

    Download 42,42 Kb.