|
Tipik dars uchta asosiy qismga
|
bet | 7/11 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 42,42 Kb. | | #264165 |
Bog'liq Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilishTipik dars uchta asosiy qismga - kirishi qismi, asosiy qism va xotima qismga bo‘linadi.
Darsning kirish qismini ko‘pincha o‘qituvchining o‘quvchilar bilan salomlanshish, davomatni tekshirish, kimyo o‘quv kabineti darsga tayyorgarligi, zarur asbob-uskunalar bor-yo‘qligini tekshirish o‘quvchilarning ish joyida umumiy tartib o‘rnatish, o‘quvchilar e’tiborini oziga jalb etish va boshqalar tashkil etadi. Darsning kirish qismini tashkiliy qism yoki sinfni o‘quv ishiga tayyorlash deb atash mumkin.
Darsning asosiy qismiga o‘quvchilardan so‘rash, yangi mavzuni bayon etish, umumlashtirish va puxtalash kiradi.
O‘quvchilardan so‘rashga uyga berilgan topshiriqlarini, oldingi darsda o‘tilganlarni tekshirib ko‘rish kiradi. Ko‘pgina hollarda, uyga berilgan vazifani frontal suratda, butun sinfni bir vaqtda tekshirib chiqish kerak bo‘ladi. Shunda xar xil usullardan foydalanib o‘quvchilarni hamma vaqt e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilish kerak. Ba’zan, murakkab uy topshiriqlarini o‘qituvchi vaqtni tejash maqsadida o‘quvchilardan yig‘ib, darsdan keyin tekshiradi, va keyingi darsda oz mulohazalarini va qo‘ygan baholarini.
Yangi mavzuni bayon qilish qismi xilma-xil bo‘ladi, uning xarakteri konkret materialga va bu materialga to‘g‘ri keladigan o‘qitish usullari va vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Bayon etish jarayonida darsning asosiy ta’lim - tarbiyaviy vazifasi hal qilinadi. Ko‘pincha, darsning bu qismida o‘quvchilarga tayyor bilimlarni berish bilan chegaralanmay, balki o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ozlariga tajriba, kuzatish, darslik bilan ishlash qildiriladi.
Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash darsning alohida qismini tashkil etadi, chunki yangi mavzuda eng muhim narsani ajratib ko‘rsatishga va bu muhim narsani, qolgan vaqtga qarab, mahsus tarzda mustahkamlashga imkon beradi.
Uyga topshiriq darsning yakuniy (xotima) qismida beriladi. To‘g‘ri tashkil etilgan uy topshiriqlari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakalarini hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
S’Hunday qilib, tipik dars sxemasi quyidagicha yoziladi:
Sinfni o‘quv ishiga tayyorlash
So‘rash
Yangi mavzuni bayon etish
Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash
Uyga topshiriq berish.
Albatta, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan darsning sxemasi birdan-bir sxema emas. Yangi mavzuning xarakteriga, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kimyoviy asbob-uskunalarni bor-yo‘qligiga, o‘qituvchining imkoniyati va individual hususiyatlariga va bir qator boshqa omillarga qarab darsning tuzilishi ozgartirib turiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir, shuning uchun kozlangan maqsad va mavzuning mazmuniga qarab darslar ham xar xil bo‘lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan dars bir qator vazifalarni hal qilishga qaratilagan - o‘qituvchi bu darsda yangi materialni tushuntirib beradi, o‘tilgan mavzuni chuqurlashtiradi, yangi bilimlarni tekshirib ko‘radi va puxtalaydi, o‘quvchilarning umumiy ozlashtirishini tekshirib boradi va hokazo. Kombinatsiyalangan yoki, boshqacha qilib aytganda, aralash dars deb ataladigan bu dars eng ko‘p qullaniladi.
Kimyo o‘qituvchilarni aralash dars bilan bir qatorda, o‘quv ishining maqsadi va asli mazmuniga qarab, ko‘pincha, quyidagi maxsus darslarni ham o‘tkazadilar:
Yangi mavzuni o‘rganish darslari (kirshi darsi, o‘rganiladigan fanning mavzu bahsi bilan tanishtirish darsi, laboratoriya darsi, ekskursiya darsiya, kino darsi va boshq.).
Amaliy o‘quvlar hosil qilish darsi (amaliy mashg‘ulot darsi, eksperimental masalalar yechish darsi).
Bilimlarni sekin-asta chuqurlashtirish darslari (umumlashtirish darsi, obzor tarzida takrorlash darsi).
Olingan bilim va malakalarni tadbiq etish darslari (mashqlar darsi, kimyoviy masalalar yechish darsi, asboblar loyihalash darsi).
Kontrol darslar (so‘rash darsi, kontrol ish o‘tkazish darsi).
Yangi mavzuni o‘rganish darsi.
Bunday maxsus darslarning oziga xos xususiyati shuki, bu darslarda vaqtning qariyib hammasi o‘quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirishga ketadi. Bu darslarda zarurat tug‘ilishining sababi kimyo kursida navbatdagi barcha mavzularga asos bo‘ladigan va o‘quvchilarga xali hech narsa ma’lum bo‘lmagan masalalar borligidir. Bunday masalalar jumlasiga, masalan:
Kimyoning mavzu bahsi.
Moddalar va ularning ozgarishi, atomlar, kimyoviy elementlar, valentlik, organik moddalar,D. I. Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy jadvali, atomlarning tuzilishi,moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi, elektrolitik dissotsialanish nazariyasi asoslari va boshqalar kiradi.
Yangi mavzuni o‘rganish darslari oz tuzilishi jihatidan olganda odatdagi aralash darsdan ancha farq qiladi. Bu darslarda, odatda, rasmiy so‘rash va bayon etilgan mavzuni mahsus puxtalash qismlari qariyib bo‘lmaydi. Bu daslarda, bayon etishning ozi, asosan sozlab berish yo‘li bilan (yoki yuqori sinflarda lektsiyalar o‘qish yo‘li bilan) o‘tkaziladi, bunda ko‘rsatmallikning mumkin bo‘lagn hamma vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda ko‘rsatmalilik shu qadar katta rol o‘ynaydiki, hatto, yangi materialni o‘rganish darslarining ko‘rsatmalilik bilan bog‘liq alohida turlari ham bo‘ladi. O‘qituvchining yangi mavzuni bayon etishiga o‘quvchilarning tajriba qilishi ham qushilgan hollarda ish laboratoriya darsi xarakterini oladi. Agar o‘quv ishi sinfda emas, balki o‘rganiladigan ob’ektning ozida (ishlab chiqarishda, tabiatda, muzeyda va shu kabilarda) olib borilsa, o‘quvchilar bilan qilinadigan butun mashg‘ulot ekskursiya darsi sifatida tashkil etiladi.
Yangi mavzuni o‘rganish darslarining barcha turlaridan diqqatga alohida sazovar bo‘lganlari kirish darslari bilan dastlabki darslar.
Kirish darslari, masalan, quyidagi masalalar yuzasidan o‘tkaziladi:
Kimyo nimani o‘rganadi.
Moddallar.
Metallar.
Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar.
Organik moddalar.
Bu darslarning asosiy vazifasi - o‘quvchilarga kimyo kursining navbatdagi hamma masalasini yoki butun bir bo‘limini muvaffaqiyat bilan o‘rganishda tayyorlanadilar. O‘qituvchilar bunday darslarda juda yaxshi tayyorlanadilar: eng qiziqarli material, ko‘pdan-ko‘p ko‘rsatma qo‘llanmalar, eng yorqin, qiziqtiradigan tajribalar tanlaydi.
Kimyodan o‘tkaziladigan kirish darslari singari, dastlabki darslar ham yangi mavzuni bayon qilish darslarining boshqa hamma turlaridan shu bilan farq qiladiki, bu darslarda butun kimyo kursini muvaffaqiyat bilan o‘rganishni ko‘p daraja belgilab beruvchi poydevor qo‘yiladi.
O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida ayni darsda bayon etilgan muhim nazariy qonun-qoidalarni aniqlashga qaratilgan laboratoriya ishlarini mustaqil suratda bajaradigan dars laboratoriya darsi deb ataladi.
Laboratoriya darsining asosi quyidagi nazariy masalalar: moddalarning xarakteristikasi, kimyoviy jarayonlarning mohiyati, kimyodagi tushuncha va qonuniyatlardir.
Laboratoriya darsida har bir tajriba taxminan quyidagi tartibda bajariladi: a) ayni tajriba to‘g‘risida shundan oldingi darslardan o‘quvchilar bilgan ma’lumotlar suhbat yo‘li bilan aniqlanadi; b) tajribani bajarish rejasi; v) bajarilishi kerak bulgan ishning to‘g‘risida shundan oldingi darslardan o‘quvchilar bilgan ma’lumotlar suhbat, so‘rash yo‘li bilan aniqanadi; b) tajribani bajarish rejasi; v) bajarilishi kerak bo‘lgan ishning ayrim murakkab usullari texnikasi o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi; g) o‘quvchilarning qilinadigan ishini tushunganligini tekshiriladi; d) o‘quvchilarning mustaqil ishi; ye) o‘tkazilgan ishga yakun yasash; j) umumiy hulosa va yozma hisobot.
Nisobotda: a) darsning mavzusi; b) bajarilgan kuni; v) ishning nomi; g) rasmlari: d) ishning asosiy bosqichlari; ye) kuzatilgan hodisalar; j) reaktsiya tenglamalari; z) xulosalar ko‘rsatiladi.
O‘quvchilarni ishchi kasbiga tayyorlash uchun ishlab chiqarishlarni o‘rganish darslari ajratilgan. O‘quvchilarda zarur nazariy tayyorgarlik bo‘lgandagina ular ishlab chiqarish jarayonini tushunishlari va uning ilmiy asoslarini bilib olishlari mumkin.
O‘quv materialini umulashtirish kimyo o‘qitish jarayonining eng muhim bosqichidir. Kimyo kursini muvaffaqiyatli suratda ozlashtirish uchun yangi o‘quv materialinigina emas, balki ilgari o‘tilgan barcha o‘quv materialini ham umumlashtirish kerak bo‘ladi.
Umumlashtirish - ma’lum bo‘lgan o‘quv materialini shunchaki takrorlash emas; bu-bilimning sifat jihatidan yangi bosqichi, ma’lum bo‘lgan barcha narsani tushunib olishga chuqurlashtirishga aniqlab imkon beradigan bosqichdir.
O‘quvchilar bilimi ortib borishi bilan umumlashtirish darslari ham murakkablashtiriladi. Umumlashtirish darslari yetuklik attestati imtihonlari oldindan kimyo kursini takrorlab obzor qilish jarayonida ayniqsa keng o‘tkaziladi. Bu darslarni o‘tkazish va o‘quvchilarning qisqacha axborot berish bilan bir qatorda, laboratoriya ishlari, eksperimental masalalar, darslik bilan mustaqil ishlash va shu kabilardan foydalaniladi.
Umumlashtirish darsidan kozda tutiladigan asosiy maqsad o‘tilgan o‘quv materialiga aniqliq kiritish, uni sistemaga solish va o‘quv materialini yuqori nazariy darajaga ko‘tarishdan iboratdir.
O‘quvchilarni o‘tilgan material doirasida dasturda ko‘rsatilgan bilim va amaliy malakalarni qanchalik ozlashtirganliklarini bilib olishda ozlashtirishini hisobga olish darslari o‘tkaziladi.
Kimyo o‘qitish jarayonida oziga xos bu tipik darslardan foydalanish juda muhimdir.
Nozirgi vaqtda darsda o‘quvchilarni tashkil qilish usullari keng tarqalmokda. O‘quvchilarni o‘quv faolligini tashkil qilish shakllari quyidagicha: a) lektsiya darsi; b) seminar darsi; v) anjuman tarzida o‘tkaziladigan darslar; g) o‘quvchilarni o‘yinlari bilan o‘tadigan kimyo darslari; d) kimyodan yetuklik attestati imtixonlariga tayyorlanish darslari.
Kimyo o‘qituvchisi oldida o‘quvchilarning xozirgi zamon kimyo asoslarini ongli suratda va puxta ozlashtirishga erishish, o‘quvchilarda amaliy xayetda kerak bo‘ladigan o‘quv va malakalar xosil qilish kabi muxim ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni fakultativ kurslarda ochib berishi mumkin. O‘quvchilarning kimyodan bilimlarini kengaytirish, fanga bo‘lgan qiziqishni orttirish, fanlararo bogni amalda ko‘rsatish, ilmiy-materialistik duneqarashini shakllantirish - kimyo fakultativ kurslarning maqsadidir. Fakultativ kurslar o‘quvchilar bilan ishlashning aloxida tashkiliy shakli bo‘lib, ularga o‘quvchilar oz xoxishlariga ko‘ra qatnashadilar.Fakultativ kurslarning xar xil turlari mavjud: qo‘shimcha boblar, maxsus kurslar, praktikumlar. qo‘shimcha boblarga murakkab bo‘lgani uchun dasturga kirmagan mavzular, ayrim maxsus masalalar kiradi. Maxsus kurslarda Kimyo sanoatda, Kimyo qishloq xo‘jaligida va boshqa mavzular ko‘rib chiqiladi. Kimyoviy analiz asoslari, Agrokimyodan praktikum maxsus praktikumlarida ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha tajribaviy mashgulotlar olib boriladi.
Kimyodan sinfdan tashqi mashgulotlar ta’lim-tarbiyaviy jarayenining muxim tashkiliy shakllaridan biri. Bu mashgulotlarda o‘qituvchining shaxsi, uning duneqarashi, nazariy va ma’naviy barkamolligi o‘quvchilarga ko‘proq ta’sir qiladi. Sinfdan tashqi mashgulotlarning mazmuni ma’lum talablarga javob qilishi kerak:
Ilmliylik.
Tushunishi osonlik.
Aktuallik va xayetga bogliklik.
qiziq, maroqli o‘tkazilishi.
Sinfdan tashqi mashgulotlar nixoyatda xilma-xil bo‘ladi. Maktablarda sinfdan tashqi mashgulotlarning uch xilidan : gurux bo‘lib ishlash, yalpi ishlash, yakka-yakka ishlashlaridan foydalaniladi. Gurux bo‘lib ishlash shakliga - kimyo to‘garagi, devoriy gazeta chiqarish stendlar tayerlash va xkz. Kiradi. Yalpi ishlar kimyoviy kecha, olimpiada, kimyo xaftaligi ( o‘n kunligi, oyligi), viktorina, kimyoviy soat, kontsert-ma’ruza, konferentsiya, ekskursiya, kimyoviy jamiyat va boshqa turlaridan iborat.Yakka-yakka ishlash turlariga adabiyet bilan ishlash, ma’ruza, referat tayerlash, kimyoviy kabinetni jixozlash kiradi.
|
| |