IV.Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakllari




Download 42,42 Kb.
bet6/11
Sana17.06.2024
Hajmi42,42 Kb.
#264165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish

IV.Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakllari.
Dars o‘qitishning asosiy shakli ekanligini ko‘rsatish, chunki kimyodan o‘quv dasturi faqat darsda amalga oshadi. O‘quv ishini tashkil qilishning boshqa shakllari va ularni maksadlari bilan tanishtirish.
Dars – maktabdagi o‘quv ishining tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘kituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi (sinf) bilan qat‘iy jadval bo‘yicha shug’ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib , o‘quv dasturiga muvofiq o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
Eng yaxshi o‘qituvchilarning tajribalarini umumlashtirish va pedagogika fanining yutuqlari darsga qo‘yiladigan quyidagi didaktik talablarni belgilash imkonini berdi.
1. Darsning asosiy didaktik vazifalari va asosiy elementlarining aniqligi va muqarrarligi.
2. Ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi.
3. O‘qitishning butun dars va uni har bir qism vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan , o‘quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta‘minlaydigan eng ratsional metodlarini tanlash.
4. Mashg’ulotlarning turli shakllari: umumsinf, gruppaviy va individual shakllarini ratsional birga qo‘shib olib borish.
5. O‘quvchilar bilish faoliyatining faolligini o‘qituvchining rahbarlik roli bilan birga qo‘shib olib borish.
6. Darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog’lanishi.
7. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
8. Darsda o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish.
Didaktik vazifa va strukturaga ko‘ra darslar quyidagi tiplarga bo‘linadi:
1) kombinatsion darslar (o‘qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, nazorat qiladi);
2) yangi materialni o‘rganish darslari;
3) bilim , ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash darslari;
4) mashqlar va Amaliy ishlar darslari;
5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6) laboratoriya darslari;
7) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari;
Darsga tayyorlanish o‘qituvchidan katta mehnat talab qiladi, bu ijodiy jarayondir. Nar bir zamonaviy darsda o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kerak.
O‘qituvchini darsga ijodiy yondashi shundan iboratki - har bir darsda o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini kozda tutgan holda dars rejalarini ishlab chiqish, darsni olib boradigan usullarni tanlash, o‘quv vositalarini, kimyoviy tajribalarni tanlab olish kerak.
Ma’lumki, xar bir ijodiy faoliyat bir namunaviy bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun o‘qituvchi maktab dasturiga asoslanib, darslik, metodik qo‘llanma, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanadi. Ozining boshidan o‘tkazmasdan, birovning tajribasini ozi uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
Darsning muffaqiyatli o‘qitish uchun o‘qituvchi oldindan tematik rejalarga tayanib ayni darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘laydi.
Darsning hal qiluvchi sharti uning maqsadidir. Aniq qo‘yilgan maqsad o‘qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni to‘g‘ri tanlab olishga imkon beradi.

Download 42,42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 42,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV.Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakllari

Download 42,42 Kb.