|
Ta`lim olishning noan`anaviy shakllari
|
bet | 10/11 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 42,42 Kb. | | #264165 |
Bog'liq Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilishTa`lim olishning noan`anaviy shakllari:
Ta`lim olishning noan`anaviy turlarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin:
1. Modellashtirilgan dars;
2. Hamkorlikda o`rganish;
3. Tadqiqot – izlanish.
Bu modelga asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, uni o`quvchi markazda turgan ta`lim modellari, deb ham atashadi.
Modellashtirilgan dars hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metodlar majmuidir.
Hamkorlikda o`rganish – o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metodlar majmuidir.
O`rganishning tadqiqot – izlanish modeli – o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltiradigan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zdatutuvchi metodlar majmui hisoblanadi.
O`quvchiga markazlashgan o`quv jarayonining maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
1. O`quvchining o`qishga bo`lgan ishtiyoqini oshirib borish;
2. Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
3. O`qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
4. O`quvchi tashabbusi va majburiyatini qo`llab – quvvatlash;
5. Amaliyot orqali o`rganish;
6. Ikki tomonlama fikr – mulohazalar bilan ta`minlash;
7. O`qish jarayonini to`g`ri yo`lga qo`yish;
8. O`qituvchi – o`quvchilar uchun o`quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs;
9. O`quv jarayonini baholash;
Noan`anaviy ta`lim modellarning afzalliklari va kamchiliklari:
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi;
O`z vaqtida qayta aloqalarning ta`minlanishi;
Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi;
Turli o`qitish usullaribibg taklif etilishi;
Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi;
O`tilgan materialning yazshi eslab qolinishi;
Muloqotga kirishishko`nikmasini takomillashishi;
O`z – o`zini baholashning o`sishi;
O`quvchilarning mavzu mazmuniga, o`qitish jarayoniga ijobiy munosabati;
O`quvchining mustaqil fikrlay olishi;
Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi;
Muammolarni yechish ko`nikmalarining shakllanishi;
|
Ko`p vaqt talab etiladi;
O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi rolining past bo`lishi;
O`qituvchining o`zidan yaxshi rivojlangan fikrklash qobilyatiga va muammolarni yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi;
|
|
| |